Aydin Guseinov (), (1957-yil 31-avgust — 2003-yil 30-oktabr) — Ozarbayjon shaxmatchisi. 1996-yilda FIDE xalqaro ustasi, 1998-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan.

Biografiya U yoshligida „Burevestnik“ klubida shaxmat darslariga qatnay boshladi, xususan, GM Vladimir Bagirov guruhining jamoa aʼzosi edi. Bundan tashqari, u bir necha oy davomida GM Vladimir Makogonovning guruh darslarida qatnashdi. Bundan tashqari, Aydin Guseinov butun faoliyati davomida hech qachon shaxmat boʻyicha bitta ham murabbiyga ega boʻlmagan. 1978-yildan sport ustasi, 1995-yildan xalqaro usta, 1998-yildan xalqaro grossmeyster (Ozarbayjon tarixida 3-GM),199-6yilda shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Ozarbayjon jamoasi tarkibida oʻynagan.. 1991-1996-yillarda Qatar shaxmat federatsiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2003-yil 30-oktabrda 46 yoshida Bokuda vafot etdi.

Oilasi Uning olia aʼzolari ham shaxmatchilar boʻlib ular ham turli turnirlarda ishtirok etishgan. Uning rafiqasi Elmira Aliyeva shaxmat boʻyicha 13 karra Ozarbayjon milliy chempioni, xalqaro usta va sport ustasi unvoniga erishgan birinchi ozarbayjonlik ayoldir. Uning oʻgʻli Elmir Guseinov xalqaro usta unvoniga ega, oʻsmirlar oʻrtasida bir necha karra Ozarbayjon chempioni, 2007-yilda shaxmat boʻyicha Ozarbayjon chempioni.

Natijalar Aydin Guseynov Kavkaz chempionatlarida (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Butunittifoq chempionatida juda muvaffaqiyatli oʻynadi:

1982-yil — Kavkaz chempionati (Ganja), 1-oʻrin 1984-yil — Kavkaz chempionati (Tbilisi), 3-oʻrin 1983-yil — „Urojay“ Butunittifoq chempionati, 1-oʻrin 1987-yil — SSSR chempionati (Tyumen), 2-oʻrin 1988-yil — SSSR chempionati (Ujgorod), 2-oʻrin 1990-yil — SSSR chempionati (Herson), 2-oʻrin 1996-yil — Ozarbayjon chempionati, (Boku), 1-oʻrin

Xalqaro turnirlar:

1983-yil: Xalqaro turnir (Boku), 2-oʻrin (Nayjel Shortdan keyin) 1984-yil: Xalqaro turnir (Chexiya), 1-oʻrin 1988-yil: Xalqaro turnir (Polsha), 1-oʻrin 1994-yil: Xalqaro turnir (Oʻzbekiston), 2-oʻrin 1997-yil: Xalqaro turnir (Ozarbayjon, Zagulba), 1-2 oʻrin 1998-yil: Xalqaro turnir (Turkiya, Anqara), 1-2 oʻrin 1999-yil: Xalqaro turnir (Gretsiya, Afina), 2-4 oʻrinlar

Aydin Guseynov deyarli 30-yil davomida Ozarbayjonni jamoaviy turnirlarda muvaffaqiyatli himoya qilib kelmoqda:

1974-yil — SSSR Spartakiadasi (maktablar oʻrtasida), 1-chi doskada 1-oʻrin (5,5 dan 7), 2-taxtada Garri Kasparov, umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladi. 1990-yil — SSSR Spartakiadasi, 2-taxtada 1-oʻrin (9 tadan 8 tasi)

Manbalar

Turkum:2003-yilda vafot etganlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon shaxmatchilari Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari