Lolita Markovna Milyavskaya () 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Transkarpat viloyatida dunyoga kelgan. Sovet, ukrain va rus estrada xonandasi, aktrisa, teleboshlovchi, rejissyor va prodyuser. „Birinchi kanal“da efirga uzatiladigan „Lolita“ tok-shousi uchun" tok-shou boshlovchisi" nominatsiyasida"TEFI-2007" milliy televideniya

mukofoti laureati.

1963-1984-yillar: Bolalik va oʻsmirlik yillari Lolita Gorelik (qizlik familiyasi) 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Zakarpat viloyati, Mukachevo shahrida dunyoga kelgan.

2010-yildan: „Anatomiya“ va „Ranevskaya“ link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cc/Lolita_Milyavskaya_JARA17_2.jpg/200px-Lolita_Milyavskaya_JARA17_2.jpg|right|thumb|267x267px|Lolita „Jara“ festivalida. Boku, 2017-yil. 2009-yilda qoʻshiqchi yangi „Stop the Earth“ singlini oʻz ichiga olgan „Zapavshee“ xitlar toʻplamini chiqargan. 2011-yilda u Britaniyaning The X Factor loyihasining ruscha versiyasi boʻlgan Factor A hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.

2012-yil fevral oyida NTV telekanali efirida „Gospoja Prezident“ spektakli boʻlib oʻtgan va Lolita mamlakat Prezidentligiga nomzod sifatida paydo boʻlgan. Oʻsha yili qoʻshiqchi Nikolay Baskov va Andrey Danilko (Verka Serduchka) bilan birga „Rossiya-1“ telekanalida mashhur „Subbotniy vecher“ teledasturining boshlovchisi boʻlgan. 2012-yil 30-avgustda ikkinchi Xalqaro musiqa festivali Crimea Music Festda Lolita ijrochilarning qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan yosh ukrainalik qoʻshiqchi Aleksandr Onofriychukni tanishtirdi.

Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilda Lolita rossiyalik eng boy yigirmata musiqachi qatoridan joy olgan. 2014-yil mart oyida „Anatomiya“ (G. Titov — N. Kasimseva) qoʻshigʻi uchun video premyerasi boʻlib oʻtgan. 2014-yil avgust oyida „Na skoch“ (E. Bardachenko — A. Belyaev) qoʻshigʻi uchun video premyerasi omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yil 17-noyabrda Lolita Milyavskaya „Anatomiya“ albomini chiqardi.

2021-yil 24-fevralda Lolita Agafya Kuperdyagina rolida Yuriy Grimovning „Nikoh“ spektaklida debyut qilgan, teatr premerasi „Zamonaviy“ teatrida tashkil etilgan.

Ijodkor „SOKOLOV“ zargarlik brendining yuzi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Birinchi turmush oʻrtogʻi (1984-1987http://www.peoples.ru/art/music/pop/lolita/interview5.html) — Aleksandr Belyayev aktyor boʻlgan. U Lolitaning sinfdoshi hisoblanadi.

Ikkinchi eri (1987) — Vitaliy Milyavskiy. Lolitaning soʻzlariga koʻra, nikoh xayoliy uydirma boʻlgan

Uchinchi turmush oʻrtogʻi (1988 −2000) — Aleksandr Tsekalo (1961-yil 22-martda tugʻilgan). U shoumen bilan 1998-yilda unashtirilgan. 2000-yilda Lolita boshqa erkakdan homilador boʻlib qolgan va Alekksandr Tsekalo bilan ham ajrashishiga toʻgʻri kelgan. Shunga qaramay ularning oilaviy munosabatlari 12 yil davom etgan.

Qizi — Yeva Tsekalo 1998-yil 3-noyabrda dunyoga kelgan. U Kiyevda buvisi bilan yashaydi.

Toʻrtinchi eri (2004-2009) — Aleksandr Zarubin (1968-yil 6-mayda tugʻilgan) tadbirkor boʻlgan.

Beshinchi eri (2010-2020) — Dmitriy Ivanov (1975-yil 18-yanvarda tugʻilgan), tennischi, fitnes boʻyicha murabbiy, skvosh boʻyicha murabbiy. Aleksandr Tsekalo bilan ajrashgandan soʻng, u bir necha yil davomida tadbirkor Arnold Spivakovskiy bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Romantika tugaganidan soʻng, biznesmen va qoʻshiqchi doʻst boʻlib qolishgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/%D0%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B0_%D0%BD%D0%B0_%D1%88%D0%BE%D1%83_%22%D0%93%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D1%81_%D0%BA%D1%80%D0%B0%D0%B8%D0%BD%D1%8B%22.JPG/220px-%D0%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B0_%D0%BD%D0%B0_%D1%88%D0%BE%D1%83_%22%D0%93%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D1%81_%D0%BA%D1%80%D0%B0%D0%B8%D0%BD%D1%8B%22.JPG|thumb|305x305px|2011-yil. „Yurt ovozi“ koʻrsatuvi parda ortida.

Diskografiya

Studiya albomi

2000 yil — „Tsvetochki“ 2003 yil — „Shou razvedyonnoy jenщini“ 2005 yil — „Format“ 2007 yil — „Neformat“ 2007 yil — „Orientatsiya Sever“ 2008 yil — „Fetish“ 2014 yil — Anatomiya 2018 yil — „Ranevskaya“

Filmografiya

Kino rollari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f3/%D0%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B0_%D0%9C%D0%B8%D0%BB%D1%8F%D0%B2%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F.jpg/220px-%D0%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B0_%D0%9C%D0%B8%D0%BB%D1%8F%D0%B2%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F.jpg|thumb|311x311px|2013-yil. „Vaqt mashinasi“ teleport shousi toʻplamida.

1991 — Ten, ili Mojet bit, vsyo oboydyotsya 1996 — Koroli rossiyskogo siska 1996 — Umeret ot schastya i lyubvi 2001 — Vechera na xutore bliz Dikanki — Soloxa 2002 — Zolushka 2003 — Bezumniy den ili jenitba Figaro — grafinya Rozina 2005 — Popsa — Irina Pepelyaeva („Peppi“) 2005 — Eto vsyo svetochki… 2007 — Korolevstvo krivix zerkal 2007 — Krovavaya Meri 2007 — Tatyanin den — kameo 2008 — Zolotaya ribka 2010 — Morozko 2011 — Novie priklyucheniya Aladdina 2012 — Petrovich — Viktoriya Lanskaya 2012 — Krasnaya Shapochka 2015 — Savva. Serdse voina 2019 — 1001 noch, ili territoriya lyubvi 2020 — Chuma! — Korneliya

Televizion rollari

1995 — Kabare „Maski-Shou“ — kameo 1996 — Shou dolgonosikov 1997 — Starie pesni o glavnom-3 2000 — Starie pesni o glavnom. Postskriptum („Felicita“ duet s Olegom Gazmanovim)

Manbalar