Lilya Rustemovna Budjurova (, ; 1958-yil 1-noyabrda Toshkent viloyati Angren shahrida tugʻilgan) — qrim-tatar shoirasi va jurnalisti. Ukrainada xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2005-yil)Указ Президента України від 30 листопада 2005 року № 1677/2005 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди річниці підтвердження всеукраїнським референдумом Акта проголошення незалежності України 1 грудня 1991 року» .

Biografiyasi

Lilya Budjurova 1958-yil 1-noyabrda O‘zbekistonning Angren shahrida tug‘ilgan. 1979-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetininingЛИЛЯ БУДЖУРОВА: «КАЖДЫЙ ИЗ НАС ОДНАЖДЫ СПРАШИВАЕТ СЕБЯ, КТО Я: ЖУРНАЛИСТ ИЛИ ЧЕЛОВЕК ИЗ ОБСЛУГИ?» filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-1991-yillarda rus va xorijiy til adabiyoti fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Ijodiy faoliyati 1989-yilda Lilya birinchi „Nekuplenniy bilet“, keyinchalik „Kogda mi vernyomsya“ samizdat to‘plamlarini nashr ettirgan. 1991-yilda u Qrimga ko‘chib o‘tgan. 1991-yildan 1997-yilgacha shoira Qrim-tatar gazetasining siyosiy nashri hisoblangan Avdetga bosh muharrirlik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Mustafo Jemilyevni (ukrainalik siyosatchi)tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilganЛиля Буджурова: Правда стоит сломанных рук .

Budjurova 1991-yildan 2011-yilgacha Qrim-tatar tahririyati muharriri, so‘ngra „Qrim“ davlat teleradiokompaniyasining yetakchi muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Yillar davomida u bu yerda „Ona-yurt“, „Xavfli hudud“, „Bosh muharrir“ kabi qator mualliflik dasturlarini yo‘lga qo‘ygan va efirga uzatgan. 2004-2014-yillarda „Pervaya Krimskaya“ gazetasi bosh muharriri; 1992-2009-yillarda „STB“ telekanali muxbiri; 1992-yildan shu kungacha „France Press“ axborot agentligi muxbiri lavozimida ishlab kelgan. Jurnalist tashabbusi bilan „Ukrainskaya pravda“ onlayn gazetasi chop etilgan. 1997-yildan Qrim erkin jurnalistlar uyushmasi raisi etib saylangan. 2012-yildan — „ATR“ telekanalining axborot siyosati bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari; „Gravitatsiya“ siyosiy-ijtimoiy teleko‘rsatuvi muallifi. Budjurova bu lavozimni 2015-yil 1-aprelda telekanal yopilishi munosabati bilan tark etgan. 2015-yil avgust oyidan — „Qara Deniz production“ ishlab chiqarish studiyasi direktori o‘rinbosari; Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan „Sanlı ses“ isteʼdodli bolalar tanlovining tashkilotchilaridan biri. 2016-yilda u qrimlik musulmon mahbuslar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha „Bizning bolalarimiz“ ijtimoiy harakati asoschilaridan biriga aylangan.

Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi

Budjurova 1991-yilda Qirim-tatar xalqining II Qurultoyiga delegat etib saylangan. Qrim-tatar xalqi tomonidan ikki marta ushbu lavozimga tayinlangan(1991-yildan 1997-yilgacha aʼzo). 1994-yildan 1998-yilgacha Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. 2015-yil 2-noyabr kuni Lenur Islomovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha uyida tintuv o‘tkazilganЛиля Буджурова: не пугайте автоматами мою семью и мой народ .

Mukofotlari 1992-yilda Ikki samizdat sheʼriy to‘plami va bir qator publitsistik maqolalari uchun Ismoil Gasprinskiy mukofoti sovrindori; Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashining Faxriy diplomi (2000-yil mualliflar jamoasi tarkibida) ; 2001-yil Vasiliy Stus mukofoti laureati; 2005-yili Ukrainada xizmat ko‘rsatgan jurnalist ; 2015-yili III darajali ,,Buyuk xizmatlari uchun" ordeniУказ Президента України від 5 червня 2015 року № 313/2015 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня журналіста»; „Jurnalistikaning yuqori standartlari“ mukofoti (Ukraina, 2018-yil) — „Yuqori sifatli mintaqaviy media loyihasi uchun“ nominatsiyasida, media — Crimean Tatars sifatida eʼtirof etilgan. Manbalar

Havolalar Лиля Буджурова (Слезы народа) Кримологія

Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Angrenda tugʻilganlar