O‘mer Faruk Yurtseven (1998-yil 19-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — turkiyalik basketbolchi, NBA jamoalaridan biri boʻlgan Mayami Heat jamoasida asosiy pozitsiyada oʻynaydi.

Faoliyati U 2015-yilning 5-oktabrida Fenerbahche tarkibida, Barclays Centerda Bruklin Netsga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘mer Faruk jamoasi Bruklin Netsni yutish uchun 15 daqiqa vaqt sarfladi va oʻyinni 8 ochko, 7 ribaund va 1 blok bilan yakunladi. Shu sanada u NBAning mavsumoldi oʻyinida oʻynagan eng yosh o‘yinchiga aylanadi.

U 2014 -yilda oʻtkazilgan FIBA 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa basketbol chempionatining eng yaxshi 5 taligi uchun tanlab olindi. 2015-yilning 20-martida u Fenerbahche tarkibida Emporio Armani Milanoga qarshi Yevroligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi va 2 ochko qo‘lga kiritdi. 2016-yilda u AQShga borganligi sababli ustozi Jelko Obradovich tomonidan tanqidga uchragan. 2020-yil NBA loyihasiga tanlab olinmagan. Oradan bir yil o‘tgach, 2021-yilgi NBA loyihasida ishtirok etdi va yana tanlanmadi. U NBA yozgi ligasi davomida sinov uchun NBA jamoalaridan biri bo‘lgan Miami Heat bilan shartnoma tuzdi. Yozgi ligadagi oʻyini bilan esa, u 2021-yilda Miami Heat bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar