Laura Rogule (; 1988-yil 5-fevralda Riga shahrida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega.
2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida FIDE Grand Women ayollar oʻrtasidagi Shveysariya turnirida 34-oʻrinni egalladi.
Biografiyasi Laura Rogule 1988-yil 5-fevralda Sovet Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Latviya SSR ning markazi (hozirgi kunda poytaxti) Riga shahrida dunyoga kelgan.
Shaxmatdagi faoliyati Laura oʻz faoliyati davomida oʻn ikki marotaba chempionlikka erishadi, jumladan, 2003, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015, 2016, 2020, 2021Latvijas 2021. gada čempionāts šahā sievietēm va 2022-yillarda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritganLatvijas 2022. gada sieviešu čempionāts. Shuningdek, 2002-yilda u 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi. 2003-yilda u FIDE tomonidan xalqaro shaxmatchi usta ayol unvonini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Laura Rogule Varshavada boʻlib oʻtgan blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionati va shaxmatning Rapid yoʻnalishi (tezkor shaxmat yoʻnalishi) boʻyicha ham Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikka munosib koʻrildi.
Laura Rogule oʻzining eng yaxshi natijasini 2010-yilning noyabr oyida namoyish etgan boʻlib, FIDE reytingi 2362 ballga teng edi.
Laura Rogule Shaxmat Olimpiadalarida Latviya nufuzi uchun dona surdi, jumladan:
2004-yilda Kalvia shahrida oʻtkazilgan 36-shaxmat Olimpiadasida uchinchi taxtada (+5, =1, −5); 2006-yilda Turin shahrida oʻtkazilgan 37-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+7, =2, −3); 2008-yilda Drezdendagi 38-shaxmat Olimpiadasida birinchi doskada (+3, =4, −3); 2010-yilda Xanti-Mansiyskda oʻtkazilgan 39-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+5, =1, −3); 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan 40-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+5 −2 =2); 2014-yilda Tromsodagi 41-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi oʻrinda (+6 −2 =2); 2016-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+4 −2 =4); 2018-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 43-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada oʻz yurishlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi (+3 −3 =3).
Laura Rogule shaxmat boʻyicha 4-jamoaviy Yevropa chempionatida (ayollar toifasida) Latviya terma jamoasi safida oʻz oʻyinlarini olib bordi. Quyida Lauraning natijalarini koʻrishingiz mumkin:
2001-yilda Leondagi zaxira taxtada dona surdi (+3, =2, −1); 2015-yilda Reykyavik shahrida shaxmat boʻyicha 20-Yevropa jamoaviy chempionatida (ayollar toifasida) ikkinchi taxtada oʻynadi (+4 −2 =3); 2019-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 22-jamoaviy shaxmat (ayollar toifasida) yevropa chempionatida ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi (+4, =1, −4).
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar