Daniel Ceballos Fernández (1996-yil 7-avgustda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liga klubi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasida markaziy hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Seballos oʻz faoliyatini Ispaniyaning „Real Betis“ klubida boshlagan va jamoasining Segunda divizionida gʻalaba qozonishga yordam bergan. U 2017-yilda „Real Madrid“ bilan shartnoma imzolab, ikki yildan soʻng Angliya Premyer-ligasining „Arsenal“ klubiga ijaraga berilgan.

Jamoalardagi faoliyati

Real Betis link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5c/Ceballos_15001.jpg/170px-Ceballos_15001.jpg|left|thumb| Seballos „Real Betis“ mashgʻulot maydonida, 2015-yil Ceballos Andalusiyaning Utrera shahrida tugʻilgan. U 2004-yilda sakkiz yoshida „Sevilya“ning yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi, ammo surunkali bronxit muammosi tufayli 2009-yilda safdan chiqdi. Keyinchalik ona shahri „Utrera“ klubida oʻynadi va 2011-yilda shartnoma imzolaganidan soʻng „Real Betis“ bilan rivojlanishini davrini yakunladi. 2014-yilning 22-fevralida hali yosh boʻlishiga qaramay, „Betis“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi.

2015-yilning 15-oktyabrida, uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Seballos „Betis“ klubi bilan shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi. U Ispaniya chempionatidagi ilk golini 2017-yil 16-aprelda oʻz uyida „Eibar“ga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan.

Real Madrid 2017-yilning 14-iyulida Sebalos La Liganing „Real Madrid“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi taxminan 18 million yevroni tashkil etgan edi. U 16-avgust kuni Ispaniya Superkubogi-2017 javob uchrashuvining 80-daqiqasida Toni Kroos oʻrniga maydonga tushdi va jamoa oʻz maydonida "Barselona" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 23-sentabr kuni „Deportivo Alaves“ ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Arsenal (ijara) 2019-yilning 25-iyulida Seballos Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi. 17-avgust kuni „Arsenal“ safida „Byornli“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyindagi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 3-oktyabr kuni Sebalos UEFA Yevropa ligasining 2019-20 yilgi mavsumi guruh bosqichida „Standart Liej“ga qarshi uy uchrashuvida 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Arsenal“ libosidagi debyut golini kiritdi. 2020-yilning 28-iyunida u Angliya kubogi 2019-20 chorak finalida 1:2 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda qoʻshib berilgan vaqtda Sheffild Yunayted darvozasiga hal qiluvchi ikkinchi golini urdi. U finalda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, „Arsenal“ "Uembli" stadionida „Chelsi“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

Real Madridga qaytish 2022-yilning 28-mayida Sebalos 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida 90-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi, bu oʻyinda „Real Madrid“ "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Terma jamoa link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1e/UEFA_EURO_qualifiers_Sweden_vs_Spain_20191015_163.jpg/170px-UEFA_EURO_qualifiers_Sweden_vs_Spain_20191015_163.jpg|thumb| Sebalos Ispaniya terma jamoasi libosida, 2019 2014-yil 5-noyabrda Sebalos Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va Germaniya, Fransiya hamda Gretsiyaga qarshi oʻyinlarda terma jamoa sharafini himoya qildi. 2015-yilning 26-martida 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi, Kartagenada Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Samu Castillejoning oʻrniga maydonga tushdi; toʻrt kundan soʻng, Leonda u Belarus ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi startini amalga oshirdi.

Seballos 2018-yilning 11-sentyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda kattalar jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Mamlakat terma jamoasi libosidagi ilk golini 15-noyabr kuni Zagrebda ayni raqibga qarshi va ayni oʻsha musobaqa doirasidagi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi.

Karyera statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalardagi ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga KubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarReal Betis2013-14La Liga1000———102014-15Segunda División33520———3552015-16La Liga34040———3802016-17La Liga30210———312Jami98770———1057Real Betis B2014-15Segunda División B40————40Real Madrid2017-18La Liga12250—40102222018-19La Liga23360—30203432021-22La Liga11020—50001802022-23La Liga0000—001010Jami465130—12040755Arsenal (ijara)2019-20Premier League240512061—3722020-21Premier League2500030120—400Jami4905150181—772Karyera boʻyicha jami19712251503014026114

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlardagi ishtiroki va gollari Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Ispaniya 2018 5 1 2019 4 0 2020 2 0 Jami 11 1

Sovrinlar Real Betis

Segunda divizioni: 2014-15

Real Madrid

La Liga: 2021-22 Ispaniya Superkubogi: 2017, 2021-22 UEFA Chempionlar Ligasi: 2017-18, 2021-22 UEFA Superkubogi: 2022 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2017, 2018

Arsenal

Angliya kubogi: 2019-20

Ispaniya U19

19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015

Ispaniya U21

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019-yil; ikkinchi oʻrin: 2017

Ispaniya Olimpiya jamoasi

Yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali: 2020

Individual

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2017 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017

Manbalar

Havolalar

Profil Real Madrid CF saytida

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Betis Deportivo Balompié futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar