Xusanova Xosiyatxon Ergashovna (1969-yil; Andijon, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2011).

Faoliyati Xosiyatxon Xusanova 1969-yilda Jalaquduq tumanida tavallud topgan. 1995-yildan buyon Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelyapti. 2011-yili "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Xosiyatxon Xusanova Milliy teatr sahnasida I.Sodiqovning „Afandining besh xotini“da Tamanno, H.Muhammadning „Xotinlar gapidagi chiqqan hangoma“da Bonu, H.Rasulning „Boshi qotgan oshiqlar“ida Yulduz, E.Xushvaqtovning „Chimildigʻ“ida kelin, „Qalliq oʻyin“ida Jumagul, „Andishali kelinchak“da Kupaysin, S.Ahmadning „Ufq“da xonanda, A.Oripovning „Sohibqiron Temur“da kanizak, „Muhabbat sultoni“da kanizak, „Usmon Nosir“da Sofiya, „Daraxatlar tik turib jon beradi“da Felisa, „Ayolgʻu“da Ayol, „Yorugʻlik va yovuzlik“da Yalmogʻiz, „Jodugar kanizak“da Oqilon, „Sehrli tanbur“da Asalari, „Omonat dunyo“da Latofat, „Antiqa qudalar“da Oʻgʻiloy, „Uch kunlik dunyo“da Anora, „Oltin qiz“da Barno, „Bir koshona sirlari“da Hamshira, „Uvaysiy“da Sovchi, „Shayton va farishta“da Shayton, „Oʻtgan zamon xangomalari“da Kanizak, „Neksiya“da Norbuvi kabi bir qator obrazlarini yaratgan.

Badiiy film va videofilmlarda koʻzga koʻringan rollar oʻynadi. „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Oʻgʻiloy, „Charxpalak“da ona, „Koʻngil koʻchalari“da bozorchi, „Qismat“da Xanifa, „Lafz“da Zubayda, „Olovuddinning sarguzashtlari“da Sotti, „Nomus“da Xalima, „Yangi oy chiqqan kecha“da Gulchexra, „Shahzoda va Kanizak“da Kanizak, „Muhabbatimsan“da Ona, „Mohinur“da Pochtalyon, „Taqdir“da Gul sotuvchi, „Dev va Pakana“da Saidaxon, „Afyun girdobi“da Hanifa, „Sehrli uzuk“da Singil, „Kelgindi kuyov“da Yoʻlovchi, „Zabarjad“da Ayol va boshqa koʻplab rollarni ijro etgan. Shoʻx, xarakterli obrazlarni meʼyoriga yetkazib ijro etadi.

Filmografiya +Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh2005Kelgindi kuyovYoʻlovchiBegona hayot2007Boyvachcha2009UqubatOʻzimdan oʻzimgachaUylanishHolida: Javohirning onasi2010Adashgan sovchilar2011Xizmat doirasidan tashqaridaEr bermoq jon bermoqOʻxshatmasdan uchratmasOling quda bering quda2012YolgʻizginamSuper qaynonaIjarachilarAndijonlik mehmonMehribonim2013Janob qorovulNovdaQudamni koʻrmadingizmi?Xazina operatsiyasiOsiy bandaHasan ibn HusanAna xolosSevgi farishtasi 2Ajab boʻlibdi

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Jalaquduq tumanida tugʻilganlar Turkum:Jalaquduq tumani