Autizm spektri – bu odatda, ijtimoiy munosabatlar va muloqotdagi qiyinchiliklar, takrorlanadigan xatti-harakatlar, cheklangan qiziqishlar va hissiy stimullarga gʻayrioddiy javoblar bilan tavsiflangan bir qator neyrorivojlanish xastaliklari. Bu tushuncha odatiy foydalanishda autizm, professional tashxis kontekstida autizm spektri buzilishi () deb ataladi. Ammo ikkinchi atama neyroxilma-xillik tarafdorlari, tadqiqotchilar va koʻplab autistik odamlar oʻrtasida buzilish soʻzidan foydalanilganligi va uning diagnostik kontekstdan tashqarida foydaliligi haqidagi savollar tufayli bahsli boʻlib qolmoqda.

Spektr buzilishi – bu autistik odam oʻta noodatiy tarzda amalga oshirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlar majmui: mazkur spektr buzilishi guruhiga mansub har qanday odam u bilan bogʻliq boʻlgan xususiyatlarning hammasini emas, baʼzilarini u yoki bu darajada namoyon qilishi mumkin. Turli xil autistik odamlar hayratlanarli darajada turli xil xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin va bu xususiyatlar turli vaqtlarda turlicha namoyon boʻladi. Tarixan autizm spektri turli kichik toifalarga boʻlingan, ammo bu boʻlinishlarning haqiqiyligi koʻpchilik tomonidan soʻroq ostiga olingan va hozir ingliz tilidagi asosiy diagnostika qoʻllanmalarining eng soʻnggi nashrlari, xususan, "Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasi" (DSM-5-TR, 2022-yilda nashr etilgan) va „Xalqaro kasalliklar tasnifi“ning (ICD-11, 2021-yilda chop etilgan) har ikkalasi ham ASDni yagona kasallik sifatida koʻrsatadi.

„Buzilish“ atamasining xolisligi haqidagi xavotirlarni hisobga olgan holda koʻplab manbalar „autizm“ atamasini qoʻshimcha soʻzlarsiz ishlatishni afzal koʻradilar, chunki bu turli nuqtai nazarga ega odamlar orasida eng kam bahsli atama hisoblanadi. Shuningdek, (Buyuk Britaniyada) ASD emas, balki autizm spektridagi kasalliklar () shaklidagi qoʻllanilish holatlari ham mavjud. Psixiatriya anʼanaviy ravishda autizmni neyrorivojlanish buzilishi sifatida tasniflagan boʻlsa-da, koʻplab autistik odamlar, koʻpchilik autizm advokatlari va tadqiqotchilar autizmni kuchli, farqli va zaif tomonlari bilan neyroxilma-xillik, inson tafakkuridagi tabiiy xilma-xillik va tajribaning bir qismi deb bilishadi. Autizm huquqlarini himoya qilish harakati tomonidan ilgari surilgan bu nuqtai nazarga koʻra, autizm patologik holat emas, ammo bu ularning nogiron boʻlib qolmasligini yoki yuzaga keladigan sharoitlar va inson-muhitga mos kelmasligi sababli yuqori darajada qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlmasligini kafolatlamaydi. Autizmning nisbatan ijobiy va yaxlit koʻrinishi autistik shaxslar, advokatlar, xayriya tashkilotlari, tadqiqotchilar va amaliyotchilar oʻrtasida maʼlum darajada murosaga olib keldi.

Autizmning sabablari toʻliq tushunilmagan, ammo bu holat tugʻruq paytida miya tuzilmalarining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Autizm uchun rasmiy davo chorasi yoʻq, shuning uchun koʻmak usullari turlicha, masalan, ogʻzaki nutqiy qobiliyatga ega boʻlmagan autist bilan muloqotning boshqa usullarini topish va oʻrganish ustida ishlansa, ayrim autistlarning terapiyasi juda ziddiyatli boʻlgan amaliy xatti-harakatlar tahliliga qaratilgan.

Autizm bilan bogʻliq boshqa qarama-qarshiliklar ilmiy, sotsiologik, siyosiy yoki falsafiy boʻlib, ularning baʼzilari toʻrtta jihatga ega. Birinchidan, autistik odamlarning ijtimoiy-muloqotdagi qiyinchiliklari oʻziga xos asosiy nuqsonlarmi (Qarang: Saymon Baron-Koen tomonidan ishlab chiqilgan empatiyani tizimlashtirish nazariyasi) yoki ijtimoiy muloqot uslublari, idrok va tajribalaridagi nomuvofiqlik tufayli autistik va autistik boʻlmagan odamlar oʻrtasida ikki tomonlama tushunmovchilikka olib keladigan munozarali va noaniq holatmi (autistik tadqiqotchi Damien Milton tomonidan ishlab chiqilgan ikki tomonlama empatiya muammosi nazariyasiga qarang, shuningdek, soʻnggi izlanishlar autistik odamlar boshqa autizmli odamlar bilan yaxshi hamdardlik, muloqot qilish va ijtimoiylashuv xususiyatlarini namoyon qilishini koʻrsatmoqda) yoki ikkala omilning kombinatsiyasi. Bundan tashqari, olimlar hali ham autizmning asosiy keltirib chiqaruvchi sababi nima boʻlganini aniqlashga harakat qilmoqdalar; bu asosan genetik omil bilan bogʻliq deb ishoniladi, lekin inson rivojlanishida koʻplab genlar ishtirok etadi va, shuningdek, atrof-muhit omillari ham ahamiyat kasb etishi mumkin. Nima uchun autizm odatda diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (ADHD – attention deficit hyperactivity disorder), aqliy zaiflik, epilepsiya va boshqa bir qator kasalliklar bilan yondosh shaklda uchrashi maʼlum emas. Autizm spektrining bir qismi sifatida nimani kiritish kerakligi, autizmning mazmunli kichik turlari mavjudligi va aholining keng qatlamlarida autizm bilan bogʻliq xususiyatlarning ahamiyati haqida doimiy kelishmovchiliklar mavjud. Kengroq mezonlarning uygʻunligi va mazkur mavzuda xabardorlikning ortishi autizm tarqalishining doimiy ravishda oʻsib borishi tendentsiyasiga olib keldi, bu autizm epidemiyasi yuzaga kelganligi haqidagi notoʻgʻri fikrni keltirib chiqardi va uning kelib chiqishiga vaksinalar sabab boʻlgan degan bahsli daʼvoni yuzaga keltirdi.

Tasniflanishi

Spektr modeli Autizm juda oʻzgaruvchan neyrorivojlanish buzilishi boʻlib, uzoq vaqtdan beri qoʻllab-quvvatlashga ehtiyoji yuqori boʻlgan, soʻzlamaydigan, rivojlanishida kechikishlar kuzatilgan va yondosh tashxislar qoʻyilish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslardan tortib qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlmagan, odatiy nutq tili va intellektual koʻnikmalarga ega boʻlgan, lekin gʻalati ijtimoiy/suhbat qobiliyatlari, tor yoʻnaltirilgan qiziqishlar va pedantik muloqot xususiyatlarini namoyon qilgan autizmli shaxslargacha keng spektrni qamrab oladi deb hisoblangan. Xulq-atvor spektri uzluksiz boʻlgani uchun diagnostik toifalar orasidagi chegaralar biroz noaniqdir. Autizm spektri, oʻz navbatida, baʼzida autistik boʻlmasligi mumkin boʻlgan, ammo koʻz bilan aloqa qilmaslik va stimlar kabi autistik xususiyatlarga ega boʻlgan shaxslarni tavsiflovchi kengroq autizm fenotipining (BAP) bir qismidir.

ICD Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining kasalliklarning xalqaro tasnifi (11-reviziya) ICD-11 global standart sifatida qaralib, 2018-yil iyun oyida chiqarildi va 2022-yil yanvaridan toʻliq kuchga kirdi. U ASDni quyidagicha tavsiflaydi:

ICD-11 90 ta davlatdan 55 ta davlat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan va butun dunyo boʻylab eng koʻp qoʻllanadigan maʼlumotnoma hisoblanadi. Tibbbiyot xodimlari ICD dan diagnostika va hisobot berish uchun maʼlumotnoma sifatida foydalanadilar, ammo baʼzi materiallar ICD ga kiritilmagan (ICD umumiy va ruhiy salomatlikni oʻz ichiga olgan kengroq manbadir)ligi sababli koʻpgina tadqiqotchilar, ayniqsa AQShda, ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasidan (2022-yildan DSM-5-TR, 2013-yildan DSM-5 yoki ularning oʻtmishdoshlari) foydalanishda davom etmoqdalar. Farqlar saqlanib qolmoqda, masalan, Rett sindromi DSM-5da ASD tarkibiga kiritilgan, ammo ICD-11da chiqarib tashlangan va Rivojlanish anomaliyalari boʻlimiga joylashtirilgan. ICD ham, DSM ham qayta koʻrib chiqildi va 1980-yildan boshlab (DSM-3 nashr etilgan va ICD-9 amalda boʻlgan) tarixiy tajriba oʻrniga yanada qatʼiy biologik baholashni oʻz ichiga olgan ikkalasini birlashtirish va tasniflash tizimini soddalashtirish boʻyicha hamkorlikda ish olib borildi.

DSM Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasining 2022-yilda chop etilgan Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasi, beshinchi nashr (DSM-5-TR) DSM ning joriy versiyasidir. 2013-yil may oyida chiqarilgan beshinchi nashr, DSM-5, birinchi boʻlib ASDni yagona tashxis sifatida aniqladi, bu DSM-5-TRda davom etadi. ASD Asperger buzilishi, bolalik dezintegrativ buzilishi (CDD – Childhood disintegrative disorder), PDD-NOS va autizm soʻzini oʻz ichiga olgan tashxislar qatorini oʻz ichiga oladi. DSM-5 va DSM-5-TR bu tashxislarni farqlash oʻrniga, bitta diagnostik toifadagi autistik spektr soyaboni ostidagi kasalliklarni tashxislash uchun oʻlchovli yondashuvni qoʻllaydi. Ushbu turkumda DSM-5 va DSM har bir shaxsni simptomlarning ogʻirligi darajasi, shuningdek, ular bilan bogʻliq xususiyatlar (yaʼni simptomlarga qoʻshilib keluvchi boshqa kasalliklar yoki omillar mavjudligi, ruhiy kasalliklar, aqliy zaiflik yoki til buzilishi, boshqa neyro-rivojlanish yoki alomatlar) boʻyicha farqlovchi tizimni oʻz ichiga oladi. DSM-5 dan oldin DSM ijtimoiy kamchiliklar va aloqa kamchiliklarini ikkita sohaga ajratdi. Bundan tashqari, DSM-5 erta rivojlanish davrini ilk yosh davrlariga oʻzgartirdi, bunda alomatlar ijtimoiy talablar avvalgi, masalan, 3 yoshdagi imkoniyatlardan oshib ketganda namoyon boʻlishi mumkinligi qayd etilgan. Ushbu oʻzgarishlar DSM-5-TRda davom etmoqda.

Xususiyatlari Autizm birinchi marta goʻdaklik yoki bolalik davrida paydo boʻladigan xususiyatlarga ega va odatda remissiyasiz barqaror pozitsiyani davom ettiradi. Simptomlar olti oylikdan boshlab sekin-sekin koʻrina boshlaydi, ikki yoki uch yoshga kelib mustahkamlanadi va balogʻat yoshida ham davom etadi. Atipik ovqatlanish kabi boshqa jihatlar ham keng tarqalgan, ammo ular tashxis uchun muhim emas.

ASDda namoyon boʻluvchi klinik belgilar:

ijtimoiy munosabat yoki muloqotda muntazam qiyinchiliklar cheklangan yoki takrorlanadigan xatti-harakatlar (koʻpincha „stimming“ deb ataladi) oʻzgaruvchan yoki cheklangan qiziqishlar

Bu xususiyatlar, odatda, kerak boʻlganda, quyidagilar bilan baholanadi:

ishlash, taʼlim olishni boshlash yoki davom ettirish bilan bogʻliq muammolar ijtimoiy munosabatlarni boshlash yoki davom ettirishda qiyinchiliklar ruhiy salomatlik yoki oʻrganish muammolari xizmatlari bilan aloqalar neyrorivojlanish holatlari (shu jumladan, oʻrganishdagi nuqsonlar va ADHD) yoki ruhiy salomatlik holati tarixi.

ASD bilan bogʻliq koʻplab belgilar mavjud; ularning namoyon boʻlishi turli autistik shaxslarda turlichadir. Autistik spektr buzilishining umumiy belgilari koʻz bilan aloqa qilishdan qochish goʻdaklik davrida normadan kamroq tovushlar chiqarish yoki umuman tovush chiqarmaslik qiziqishlarni ifodalashda qiyinchilikka duch kelish koʻrsatilayotgan obyektga eʼtibor qaratmaslik kechikuvchi til koʻnikmalari, masalan, tengdoshlariga qaraganda cheklanganroq soʻz boyligi yoki oʻz xohishlarini soʻz bilan ifodalashda qiyinchiliklar boshqa bolalar yoki hamrohlarga qiziqishning kamligi, buyumlarga koʻproq eʼtibor qaratish ikki tomonlama oʻyinlarni oʻynashda qiyinchiliklarga duch kelish (masalan, „adi-ku-ku“) narsalarning hidiga, tuzilishiga, tovushiga, taʼmiga yoki tashqi koʻrinishiga sezgirlikning oshishi yoki gʻayrioddiy munosabatda boʻlish odatdagi tartiblarning oʻzgarishiga nisbatan toqatsizlik (masalan, bogʻchaga borib kelish yoʻlining oʻzgarishiga) oʻyinchoqlardan takroriy, cheklangan yoki boshqa noodatiy tarzda foydalanish soʻz yoki iboralarni ularning maʼnosidan qatʼi nazar takrorlash (exolaliya) takrorlanuvchi xatti-harakatlar, stimlar oʻz-oʻziga jarohat yetkazish Bundan tashqari, autizm tashxisli kishilarning kichik bir qismi, masalan, matematikada, musiqada yoki badiiy reproduktsiyada sezilarli qobiliyatlarni namoyon qilishi mumkin, bu istisno hollarda savant sindromi deb ataladi.

Rivojlanish kursi Aksariyat ota-onalar autizm belgilarining boshlanishi hayotning birinchi yilida paydo boʻlishini aytishadi. ASD rivojlanishining ikkita mumkin boʻlgan kursi mavjud. Rivojlanishning bir yoʻnalishi tabiatan bosqichma-bosqich boʻlib, unda ota-onalar hayotning dastlabki ikki yilidagi rivojlanish tashvishlari haqida xabar berishadi va tashxis 3-4 yoshda qoʻyilishi mumkin. Ushbu kursdagi ASD ning dastlabki belgilaridan baʼzilari yuzlarga eʼtiborning pasayishi, ismi bilan chaqirilganda aniq javob bermaslik, koʻrsatish yoki ishora qilish orqali qiziqishlarni koʻrsatmaslik va kechikuvchi xayoliy oʻyinlar oʻynash qobiliyatlarini oʻz ichiga oladi