Xherdan Shaqiri (1991-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — Shveysariyalik professional futbolchi, Amerika Oliy Liga futbol klubi Chicago Fire va Shveysariya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Shaqiri SFR Yugoslaviyaning Gjilan shahrida, kosovalik alban oilasida tugʻilgan. U 1992-yilda ota-onasi va uchta ukasi bilan Shveysariyaga koʻchib kelgan. Uning akasi Arianit Shaqiri yoshlar futbol murabbiyi. Ular Augstda, Basel-Country kantonidagi kichik shaharchada, Fransiya va Germaniya chegaralariga yaqin joyda yashashadi.

Klublardagi faoliyati

FC Basel Shaqiri oʻz faoliyatini oʻz shahrining „SV Augst“ klubida boshlagan va sakkiz yoshida uni „Basel“ skautlari akademiyaga taklif etishgan. „Basel“ yoshlar jamoasida oʻynab, u 15 yoshgacha boʻlgan Nike Cup 2007 musobaqasida qatnashdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bir nechta boshqa klublar uni qoʻlga kiritishga urinishiga qaramay, u „Basel“da qolishga qaror qildi. U yerda 2007-yildan 2009-yilgacha Shveysariya Liga 1da zaxira jamoada oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, Shaqiri 2009-yilning 2-yanvarida „Basel“ bilan oʻzining birinchi professional faoliyatidagi shartnomasini imzoladi, yangi shartnomaga koʻra, u Baselda 2011-yilning dekabrigacha qoldi.

Bavariya 2012-yilning 9-fevralida Basel Shaqirini 2012-13-yilgi mavsum uchun Germaniya Bundesligasining „Bavariya“ klubiga oʻtishini eʼlon qildi. Transfer narxi 11,6 million yevroga baholandi. Shaqiri nemis klubi bilan 2016-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U yarim himoyadagi oʻrin uchun Franck Ribéry, Arjen Robben, Toni Kroos va Thomas Müller bilan raqobatlashdi.

Inter Milan Shaqiri 2015-yilning 9-yanvarida Italiyaning „Inter“ klubiga 15 million yevro evaziga transfer qilindiF. C. Internazionale Milano S.p. va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi.

Shaqiri A Seriyadagi ilk golini 2015-yilning 15-fevralida „Atalanta“ klubiga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.

Stoke City 2015-yil iyul oyida Stok Shaqiri uchun 12 million funt sterling taklif qildi ammo bu taklifni Inter rad etdi. 11-avgust kuni Shaqiri uchun „Stok“ 14,5 million yevro taklif qildi va bunga Inter rozi boʻldiF. C. Internazionale Milano S.p.. Klub Shaqiri bilan besh yillik shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi.

Liverpul 2018-yilning 13-iyulida „Liverpul“ Shaqirini 13,5 million funt sterling evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi va 5 yillik shartnoma imzolandi. 12-avgust kuni oʻzining debyutida, „West Ham United“ ga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi.

Lion 2021-yilning 23-avgustida Fransiyaning „Lion“ klubi Shaqirining transferini eʼlon qildi, „Liverpul“ bu transferdan 6 million yevro ishlab oldi va 2024-yilgacha shartnoma imzolandi.

Chicago Fire FC 2022-yilning 9-fevralida Shaqiri „Chicago Fire“ klubiga qoʻshildi. Uning transferi Chicago Fire tarixidagi eng qimmat transfer boʻldi (7,5 million dollar).

Terma jamoadagi faoliyat Shaqiri 2009-yilning 11-noyabrida 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (3:1) Shveysariya terma jamoasida debyut qilgan. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 11-iyunida 2011-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatining ochilish oʻyinida Daniyaga qarshi oʻyinda urdi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub +Klub safida, mavsum va musobaqalardagi oʻyinlari va gollariKlubMavsumLeagueNational CupLeague CupContinentalBoshqaUmumiyChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBasel II2007-08Swiss 1. Liga20————202008-09Swiss 1. Liga178————178Jami198————198Basel2009-10Shveysariya Superligasi32451—102—4772010-11Shveysariya Superligasi29520—112—4272011-12Shveysariya Superligasi31940—60—419Total9218111—274—13023Bayern Munich2012-13Bundesliga26453—71103982013-14Bundesliga17631—40302772014-15Bundesliga9110—4110152Jami521194—152508117Inter Milan2014-15Serie A15121—31—203Stoke City2015-16Angliya Premyer-ligasi2731040——3232016-17Angliya Premyer-ligasi2141000——2242017-18Angliya Premyer-ligasi3681010——388Jami84153050——9215Liverpool2018-19Angliya Premyer-ligasi246101040—3062019-20Angliya Premyer-ligasi71000010301112020-21Angliya Premyer-ligasi14020115000221Jami457302110030638Lyon2021-22Ligue 111200—50—162Chicago Fire2022Major League Soccer204—00——204Faoliyatidagi umumiy natija33866286716078044180

Terma jamoadagi faoliyat +Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Shveysariya 2010-yil 9 1 2011-yil 8 3 2012-yil 7 3 2013-yil 6 1 2014-yil 12 7 2015-yil 9 2 2016-yil 8 1 2017-yil 9 2 2018 12 2 2019 2 0 2020 4 0 2021-yil 14 4 2022 6 0 Jami 106 26

Yutuqlar Basel

Shveysariya Superligasi: 2009-10, 2010-11, 2011-12 Shveysariya kubogi: 2009-10, 2011-12

Bavariya

Bundesliga: 2012-13, 2013-14, 2014-15 DFB-Pokal: 2012-13, 2013-14 DFL-Superkubogi: 2012 UEFA Chempionlar ligasi: 2012-13 UEFA Superkubogi: 2013 FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2013

Liverpul

Premyer-liga: 2019-20 UEFA Chempionlar ligasi: 2018-19 UEFA Superkubogi: 2019 FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2019 FA Community Shield 2-oʻrin sohibi: 2019

Shveysariya U21

21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2011

Shaxsiy sovrinlar Shveysariyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2012 Shveysariya Golden Player mukofoti „SFAP Golden Player“: 2012 Shveysariya Golden Player mukofoti „Eng yaxshi yosh futbolchi“: 2012 UEFA Yevropa chempionati turniring eng chiroyli goli: 2016 UEFA Millatlar ligasi finali turniri ramziy jamoasi: 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:FC Basel futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Stoke City F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Chicago Fire FC futbolchilari Turkum:Shveysariya Superligasi futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Designated futbolchilari (MLS) Turkum:Shveysariyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi