Ikrom Otamurod (Otamurodov Ikrom Islomovich) – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon, 1- darajali mehnat faxriysi, Do’stlik ordeni sohibi, xalq ta’limi a’lochisi 1951-yili 5-may kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-1974-yillarda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Ufqlar orti bepoyon“ hamda „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ kabi asarlar muallifi https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/ikrom-otamurod/. 2026- yil 12-iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Toshkent shahridagi Yalong’och ota qabristoniga dafn etilgan Mehnat faoliyati 1974-1975-yillarda Oʻzbekiston ensiklopediyasi nashriyotida muharrirlik qildi. 1975-yildan to shu kunga qadar „Sharq yulduzi“ jurnalida avval adabiy xodim, soʻng sheʼriyat boʻlimining mudiri lavozimlarida ishladi https://baxtiyor.uz/ikrom-otamurod-haqida-ma-lumot/. Asarlari „Vaqt ranglari“ (1982), „Janub qushlari“ (1984), „Toʻrgʻayli manzillar“ (1985), „Ufqlar orti bepoyon“ (1987), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1987), „Sopol siniqlari“ (1994), „Sen“ (1996), „Ichkari va tashqari“ (1997), „Istarim“, „Yobondagi yolgʻiz daraxt“, „Qush“, „ Huviyyat“, „Ruhimning qaygʻusi“ (1996), „Koʻnglim oʻzing“ (2004), „Tavr“ (2005), „Tanazzul“ (2008), „Xaritaga tushmagan joy“ (2011), „Muqaddar“ (2012) https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/ikrom-otamurod-1951. Dostonlari Falastinlik shoir Muin Bsisuga bagʻishlangan „Yarador umid otlari“ (1986), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1990) https://arboblar.uz/uz/people/ikrom-otamurod. Tarjimalari Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, Oʻljas Sulaymon kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan https://milliycha.uz/ru/ikrom-otamurod-1951/.
Mukofotlari "Do‘stlik" ordeni (1999).
Ayni paytda shoirning asarlari turk, arab, bulgʻor, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan https://kh-davron.uz/yangiliklar/ikrom-otamurod-sherlar-va-doston.html. Manbalar
Turkum:Adiblar