Mahima Chaudhry hind filmlarida rollar ijro etgan hind aktrisasi va modelidir. 1990-yillarda Chaudhry bir nechta modellik va televizor reklamalarida suratga tushdi. U 1997-yilda Pardes filmida aktrisa sifatida birinchi debyutini qildi va buning uchun u „Eng yaxshi ayol debyuti“ sifatida Filmfare mukofotiga sazovor boʻldi. U Daag (1999), Dhadkan (2000), Kurukshetra (2000), Dil Xai Tumhaara (2002) kabi filmlarda bir nechta rollar bilan tanildi va Dil Kya Kare (1999) va Lajja (2001) filmlarida rollar ijrosi uchun maqtovlarga sazovor boʻldi.
Faoliyati Chaudhry Pardesda (1997) filmida qishloq qizidan boshlab turli rollarni ijro etdi. Uning boshqa rollari Daag: The Fire (1999) filmida edi, filmda u ikki personajli rol ijro etgan; Pyaar Koi Khel Naxin (1999) filmida erinining ukasiga turmushga chiqishga majbur boʻlgan beva ayol rolini oʻynadi; Dhadkan (2000) filmida u boshqa ayolga telbalarcha oshiq boʻlgan erkakning mehribon doʻsti; Deewane filmidada oʻgʻriga oshiq qoʻshiqchi rolini oʻynaydi:Kurukshetra filmida politsiyachining qaysar xotini rolini oʻynaydi: Yeh Teraa Ghar Yeh Meraa Ghar (2001) filmida u oʻz uyini hech qanday holatda tashlab ketmaydigan oʻjar ijarachi rolini oʻynaydi; Om Jai Jagadish filmida mehribon uy bekasi; Dil Xay Tumhaara (2002) filmida u singlisining baxti uchun hamma narsani qiladigan opa; Dobara filmida umidsizlikka uchragan uy bekasi; Zameer: The Fire Within filmida shol raqqosa, Film Star filmida esa oʻzini tuta olmay, susayib borayotgan aktrisa rolida suratga tushgan.
Koʻplab filmlarni suratga olishdan tashqari u koʻplab isteʼdodli aktrisalar, jumladan Kajol, Shilpa Shetti, Amisha Patel, Urmila Matondkar, Manisha Koirala, Raveena Tandon, Rekha, Preti Zinta, Tabu, Padmini Kolxapure va Hema Malini bilan ishlagan. Undan bu haqda soʻrashganida, u boshqa aktrisalar bilan ishlashni yoqtirishini aytib, javob berdi va u oʻzining sevimli aktrisasi Juhi Chavla bilan ishlash istagini bildirdi.
2010-yilda Chaudri Asad Raja rejissyori boʻlgan Knightsbridge Media Production filmi, Pusher filmida suratga tushdi. U, shuningdek, Om Puri va Sanjay Kapoor bilan birgalikda bosh rollarni ijro etgan Mumbhai — The Gangster trillerida ishlagan.
Filmografiyasi YilFilmRolIzohlar1997PardesKusum GangaNomzod — Eng yaxshi aktrisa uchun Filmfare mukofoti1999Manasulo MaataPriyaTelugu filmDil Kya KareKavita KishoreNomzod — Filmfare mukofoti eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisaDaag: The FireKajri Verma / KajalPyaar Koi Khel NahinNisha2000DhadkanSheetal VarmaDeewanePoojaKurukshetraAnjali P. SinghKhiladi 420Ritu Bhardwaj2001LajjaMaithiliYeh Teraa Ghar Yeh Meraa GharSaraswati2002Om Jai JagadishAyeshaDil Hai TumhaaraNimmi2003SaayaTanyaTere Naam"O Jaana" qoʻshigʻida maxsus koʻrinishBogʻbonArpita Alok MalhotraLOC KargilReena Yadav2004DobaraDr. Anjali Sehgal2005Zameer: The Fire WithinSupriya MaheshwariKuchh Meetha Ho JayeGulab KhanSeharAnamika KantFilm StarHeera PanditThe FilmSushmita BanerjeeHome DeliveryMayaBhagmatiBhagmati2006Souten: The Other WomanMitali 'Mitaʼ R. SinghSandwichSweet Singh / Sweety ShekarKudiyon Ka Hai ZamanaAnjaliMr 100 %ShilpaHope and a Little SugarSaloniSarhad PaarSimran2008Gumnaam — The MysteryRia2010PusherAnita2014Kaanchi: The UnbreakableMaxsus koʻrinish2015Mumbhaii — The GangsterGangsterning hotini2016Dark ChocolateIshani Banerjee2022The SignatureEʼlon qilinadiSuratga olinmoqda
Manbalar
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar