Hamid Olimjon mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan biri. Oqqoʻrgʻon, Darxon, Lashkarbegi mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi 1977-yilda Hamid Olimjon metro bekati ochilishi munosabati bilan mahallaga shu nom berilgan. 1993-yilda Yangi Darxon va Hamid Olimjon mahallalari qoʻshilib, shu nom Hamid Olimjon mahallasi deb nomlana boshlangan.
Aholisi Aholisi 3130 kishi, asosan (70 %) oʻzbeklar, boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Mahalla tuzulishi Mahalla hududida „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti, Respublika markazlashgan kardiologiya shifoxonasi va viloyat SES korxonalari bor. Mahallada akademiklar Yolqin Toʻraqulov, Gʻiyos Umarov, haykaltarosh V. Ryabsev va boshqalar yashab oʻtishgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar