Shirbudun saroyi — Buxoro amirlarining siyosiy qarorgohlaridan biri. Saroy Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon (1860–1885) va Amir Abdulahadxon (1885–1910) davrlarida qurib bitkazilgan.
1870-yillarda Shirbudun atrofida durezgar Abdurasul, ganchkor (gilkor) usta Rahim Hayotov va boshqa ustalar ishtirokida saroy, masjid, hovuz, tomoshagoh kabi binolar qurilgan. Bino tashqi koʻrinishida Eron va Yevropa arxitekturasi belgilarini mujassamlashtirgan. Saroydan, asosan, elchilarni kutib olish, yarmarkalar va turli xil sayllar oʻtkazilishida foydalanib kelingan.
Shirbudun saroyi Yevropa dizayniga xos mebellar hamda qandillari bilan ajralib turgan. Buxoro amiri Amir Abdulahadxon hukmronlik qilgan davrda majmua uchun qoʻshimcha xonalar va koʻngilochar zal qurilgan. Saroy bugungi kunga qadar saqlanib qolmagan.
Etimologiyasi Shirbudun soʻzi Sherbudin, Shirbadan tarzida talaffuz qilinib, bu soʻzlar maʼno jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Shirbadan soʻzi fors tilida Shir — sut, badan — tana degan maʼnoni bildiradi. Shirbudun soʻzi esa shir xalqi yoki elati maʼnolarini anglatadi. Shir, chir, sir kabi nomlar qadimgi turkiy xalqlardan birining nomlanishi boʻlib, bu Sir budun, yaʼni „sir qavmi“, „sir xalqi“ maʼnolarida keladi.
Tarixi Shirbudun saroyi Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon (1860–1885) va Amir Abdulahadxon (1885–1910) davrida qurilgan. 1870-yillarida Shirbudunda ganchkor (gilkor) usta Rahim Hayotov, durezgar Abdurasul va boshqalar ishtirokida saroy, masjid, tomoshagoh kabi binolar qurilgan. Saroy taxminan Buxoro registonidan 3 verst yoki 4 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, u Yangi Buxoro yoʻlida baland devor bilan oʻrab olingan. Amir Muzaffarxon saroyda nufuzli mehmonlar va elchilarni kutib olishdan tashqari toʻylar, xalq sayllari, turli tadbirlar oʻtkazib kelgan. Sayllarda 500 tagacha chodirlar qurilib, unda turli yarmarkalar oʻtkazilgan. Tarjimon gazetasida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 1897-yil 9–15-mart kunlari saroy bogʻida bayram tashkil etilib, u turli tomosha va oʻyinlar bilan birga kechgan.
Buxoro amirligi saroyi tarixchisi Mirza Abdulazim Somiy „Mangʻit sultonlari tarixi yoki Buxoro xonligining inqirozi“ asarida shunday yozadi:
Muhamad Ali Baljuvoniy „Tarixi Nofeyi“ asarida Buxoro amirligi hukmdorlari saroy va chorbogʻlari haqida:
Sadriddin Ayniy oʻzining „Esdaliklar“ida Shirbudun saroyi va chorbogʻi toʻgʻrisida shunday yozgan:
Shirbudun saroyiga Yevropadan mebellar, qandillar va boshqa jihozlar keltirilgan. Amir Muzaffarxondan keyingi hukmdor Amir Abdulahadxon davrida saroyni qurish bilan bogʻliq faoliyat davom ettirilgan. Buxoro amiri Amir Abdulahadxon davrida majmuada bir nechta saroy xonalari va koʻngilochar zal qurilgan.
Majmua 1920–1924-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Ziroat nozirligi ixtiyoriga oʻtkazilgan. Shirbudun saroyi va bino oʻrni bugungi kunga qadar saqlanib qolmagan. Saroy hududida bogʻ yangidan barpo etilgan va 1960-yillarda bogʻ hududida Buxoro viloyati suv xoʻjaligi binosi qurilgan. SSSR qulab Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, bogʻdagi ushbu bino mahalla fuqarolar yigʻiniga topshirilgan.
Meʼmorchiligi thumb|300px|right|Shirbudun saroyidagi amir taxti oʻrnatilgan zal. Prokudin Gorskiy tomonidan olingan rangli surat. XX asr boshlari. Shirbudun saroyi devorlari balandligi 10 metr boʻlib, u aylana shaklidagi paxsa devor bilan oʻrab olingan. U boshqa saroylar singari, tekis tomlar, atirgul butalari, mevali daraxtlar, ajoyib bogʻlardan tarkib topgan. Majmua binolarining bir qismi yogʻoch, bir qismi esa gʻisht bilan qurilgan.
Shirbudun saroyi bir qancha kichik arab-fors uslubida bezatilgan xonalardan iborat boʻlgan. Baʼzi xonalar devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy xonalarida medalyonlar ichidagi naqqoshlik namunalari sharq uslubida bezatilgan. Shuningdek, oynali xona ham mavjud boʻlib, uning balandligi 4 arsh, devorlari esa hoshiyasiz oynalar bilan oʻralgan. Xonaga fransuz gilami toʻshalgan va shiftida fransuz bronzasidan ishlangan qandil osilgan. Saroy xonasi oʻrtasidagi gumbaz arab uslubidagi naqshlar bilan bezatilgan va oltin suvi yuritilgan.
Saroyda bir nechta hovlichalar markazida oq marmardan favvorali hovuzlar boʻlgan. Qarorgohda amirning elchilarni kutib olishi uchun qabulxonasi boʻlib, turli nashqlar bilan bezatilgan va jihozlangan, xona balkoni esa yogʻoch ustunlar bilan oʻralgan. Qabulxonaning toʻrida amir taxti joylashgan boʻlib, bu taxt Rossiya imperatori tomonidan sovgʻa qilingan. Barcha xonalarga qimmatbaho gilamlar toʻshalgan.
Shirbudun saroyi turli xil bezaklar, xususan, yogʻochdan yasalgan ustunlar, verandalar va chiroyli balkonchalar bilan bezatilgan. Saroyda, shuningdek, haram, hovuz, hammomlar, keng gumbazli xonalar, favvoralar va ichki hovli atrofida bogʻlar boʻlgan.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Ilmiy adabiyotlar
Tarixiy manbalar
Esdaliklar
Ilmiy maqolalar
Turkum:Saroylar Turkum:Oʻzbekiston saroylari Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari Turkum:Oʻzbekistondagi Jahon merosi obʼyektlari Turkum:Buxoro meʼmoriy yodgorliklari Turkum:Buxorodagi bino va inshootlar