Xoʻjabulgʻor koʻchasi — tarixiy shaxs nomi. Xoʻja Bulgʻor koʻchasida etikdoʻzlar, mahsidoʻzlar, kafshdoʻzlar, duradgorlar istiqomat qilgan. Rivoyatga binoan, Xoʻja Bulgʻor Volga boʻyidagi Bulgʻor shahridan Buxoroga kelgan va avliyo darajasiga koʻtarilgan. Uning qabri shu guzarda joylashgan va ziyoratgohga aylangan. Koʻcha nomi XVIII asrga oid vaqfnomalarda tilga olinadi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari