Arif Defri Arianto () (2002-yil 28-dekabrda tugʻilgan), professional ravishda Defri Juliant nomi bilan tanilgan, indoneziyalik estrada va dangdut (indonez folklyor musiqa sanʼatining bir janri) qoʻshiqchisi. U Indoneziyaning Indosiar telekanali tomonidan 2020-yilda namoyish etilgan Riau provinsiyasi vakili sifatidan Indoneziya Liga Dangdut uchinchi mavsumining finalchisi boʻlgach mashxurlikka erishgan. Tanlovdan soʻng Juliant albom va beshta yakkaxon qoʻshiqlarini chiqargan. Hayot va ijod yoʻli Arif Defri Arianto 2002-yil 28-dekabrda tugʻilgan. U Riau provinsiyasidagi Bangkinang shaharchasida yashovchi Julianto dan va Susilawati oilasida tugʻilgan. U musiqachilar oilasidan chiqqan, ota-onasining har ikkisi ham qoʻshiqchi boʻlib ishlaydi. Arid Defrining ikkita katta akai Andre Fikri Akbar va Nugie Riandi Jufenel va yana ikkita kichik ukasi Muhammad Haikal Julsei va Noufal Oktaviano bor. Uning ukasi Haikal 2020-yil 10-fevralda mototsikl halokatida vafot etgan. Juliant bolaligidan qoʻshiq kuylashni yaxshi koʻrgan, u 9 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan. Juliant SD Negeri 008 Langgini va SMP Negeri 2 Bangkinang Kotada tahsil olgan. SMK Negeri 1 Kuok oʻrta maktabida chuchuk suv baliqchilik agrobiznes yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan vaqtida, 2017 va 2018-yillarda Kampar Regency FLS2N kasb-hunar maktabida oʻtkazilgan qoʻshiq tanlovlarida 2-oʻrin gʻolibi boʻlgan. 2017-yilda Juliant Riau 2017-yil yoshlar elchisi etib saylangan. Shuningdek, u Kampar Regency shahridagi 2018-yilgi Bujang Dara tadbirida uchinchi oʻrin gʻolibi Bujang Kampar sifatida tanlab olingan. 2019-yilda u 2019-yilgi Liga Dangdut Indoneziya saralashidan oʻtadi, lekin faqat Video Booth bosqichigagina chiqadi va oʻsha paytda viloyat vakili boʻlishga muvaffaq boʻlmaydi. Xuddi shu yili u TVRI Riau Dangdut Star tadbirida ishtirok etadi. Juliant hozirda STISIP Persada Bundada aloqa fanlari boʻyicha tahsil olmoqda.
Diskografiyasi
Albom
Defri Juliant (2022)
Sarlavha Yil Albom Yorliq „Tiara Ku Di Pulau Batam“ 2021-yil Defri Juliant Koko Record HD „Cinta Mati“ „Seringgit Dua Kupang“ „Pemburu Harta“ „Biarkan Semua Berlalu“ 2022 Julshie Entertainment „Ibu“
Filmografiya +Televizion Yil Sarlavha Rol Tarmoq Izohlar 2019 Bintang Dangdut Oʻzi TVRI Riau 2020 Konser Bhinneka Tunggal Ika Liga Dangdut Indoneziya 2020 Oʻzi Indosiar Maxsus 2020 Liga Dangdut Indoneziya Oʻzi Indosiar 3-mavsum 2020 Kepoin LIDA ZOZO Oʻzi Indosiar Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Indoneziyalik qoʻshiqchilar Turkum:Indoneziyalik erkak aktyorlar