Mannu Bhandari (1931-yil 3-aprel – 2021-yil 15-noyabr) Madhya-Pradeshning Mandsaur tumanidagi Bhanpura shahrida tugʻilgan. U hind yozuvchisi, ssenariylar muallifi, oʻqituvchi va dramaturg edi. Asosan oʻzining ikkita hind romani: Aap Ka Bunty (Sizning quyoningiz) va Mahabhoj (Bayram) bilan tanilgan. Bhandari 150 dan ortiq qisqa hikoyalar, bir nechta romanlar, televidenya va kino uchun ssenariylar va teatr uchun spektakllar yozgan. U hind adabiyotidagi Nayi Kahani harakatining kashshofi boʻlib, Hindistonning yangi paydo boʻlgan oʻrta sinfi intilishlariga eʼtibor qaratgan. U oʻz asarlarida oʻrta sinf ishchi va oʻqimishli ayollarning ichki hayotini tasvirlashi bilan ajralib turadi. Uning asarlari Hindistondagi oila, munosabatlar, gender tengligi va kastalarni kamsitish mavzulariga bagʻishlangan.

Bhandarining asarlari kino va sahnaga, jumladan Doordarshan (Hindistonning ommaviy eshittirish xizmati), BBC va Hindistondagi Milliy drama maktabi uchun spektakllarga moslashtirilgan. Uning asarlari hind tillaridan boshqa tillarga, shuningdek, fransuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. U ijodi uchun Hindistonda koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, Uttar Pradesh Hindi Sansthan va Vyas Samman shular jumlasidandir. U 21-asr hind adabiyotining eng koʻzga koʻringan yozuvchilaridan biri boʻlib, Indian Express oʻlimidan soʻng uni „hind adabiy olamining doyennasi“ deya taʼriflagan.

Mukofotlari

Uttar Pradesh Hindi Sansthan (Uttar Pradesh hind instituti) Mahabhoj uchun 1980—1981 Bhartiya Bhasha Parishad (Hind tillari kengashi), Kalkutta, 1982-yil Kala-Kunj Samman (mukofot), Nyu-Dehli, 1982-yil Bhartiya Sanskrit Sansad Katha Samaroh (Hind sanskrit tilida hikoya qilish funksiyasi), Kalkutta, 1983-yil Bihar Rajya Bhasha Parishad (Bihar davlat tillari kengashi), 1991-yil Rajasthan Sangeet Natak Akademiyasi, 2001—2002 Maharashtra Rajya Hindi Sahitya Akademi (Maharashtra Shtat Hind adabiyoti Akademiyasi), 2004 Hind akademiyasi, Dilli Shalaka Samman, 2006—2007 Madhya Pradesh Hindi Sahitya Sammelan (Madxya Pradesh hind adabiyoti konferensiyasi), Bhavbhuti Alankaran, 2006—2007 KK Birla jamgʻarmasi unga 18- Vyas Samman mukofotini Ek Kahani Yeh Bhi avtobiografik romani uchun taqdim etgan.

Ijod naʼmunalari

Badiiy adabiyot

Ek Inch Muskaan (1962) (Rajendra Yadav bilan hammuallif) Aapka Bunty (1971) Mahabhoj (1979)

Qisqa hikoyalar antologiyalari

May Haar Gai (1957) Ek Plaite Sailab (1962) Yahi Such Hai (1966) Tin Nigahonki Ek Tasvir (1959) Trishanku (1978) Meri Priya Kahaniya (1973) Pratinidhi Kahaniya (1986) Srestha Kahaniya (1979) Sampurna Kahaniya (2008)

Spektakllari

Bina Deevaron Ke Ghar (1966) Mahabhoj: Dramatizatsiyalar (1981) Bina Divaron Ka Ghar (1965) Pratishodh tatha Anya Ekanki (1987)

Ssenariy

Katha-Patkatha (2003)

Avtobiografik kitobi

Ek Kahaani Yeh Bhi (2007)

Bolalar adabiyoti

Aanxon Dekha Jooth (hikoyalar antologiyasi) Aasmata (badiiy) Kala (badiiy adabiyot) Manbalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar