Xamza Abilgʻazin (1919, Pavlodar viloyati, Bayanaul qishlogʻi — 1980, Olmaota shahri)—jamoat arbobi,Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, asli Qanish Satboyev.

Argʻin qabilasining Suyindik urugʻining Qarjas boʻlimidan .

1938-yilda Abay nomidagi Qozoq pedagogika institutining (hozirgi KazUPU) ishchi fakultetini tamomlagan. 1939-yilda armiyaga chaqirilgan, keyin Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, Leningrad qamalida bo'lgan. 1946-yilda armiyadan bo‘shatilgan va mamlakatga qaytib kelgan. 1946—50 yillarda Qozogʻiston SSR Vazirlar Soveti huzuridagi Badiiy ishlar boshqarmasi hayʼati aʼzosi, repertuar nazorati boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1950-yilda Qozog'iston KP OK instruktori. 1950—58 yillarda Qozogʻiston SSR Vazirlar Soveti Raisining yordamchisi, SSSR Vazirlar Soveti madaniyat guruhi katta maslahatchisi; 1958-62 yillarda Olmaota telestudiyasining direktori. 1962—64-yillarda “Qozoqfilm” kinostudiyasi direktori oʻrinbosari, 1964—72 yillarda Qozogʻiston SSR Vazirlar Soveti radioeshittirish va televideniye boʻlimi mudiri. 1972—80-yillarda Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi ishlari boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.

Urushdagi jasorati uchun “Aleksandr Nevskiy” va “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan.Қаныш Сатпаев. Энциклопедия / Бас редактор Б.Ө.Жақып. — Алматы «Қазақ энциклопедиясы», 2011 жыл. ISBN 9965-893-74-8

Manbalar