Stuart Ebbot () (1986-yil 21-iyun kuni tugʻilgan) — Shotlandiyalik proffesional futbolchi, Benks OʻDi oʻsmirlar jamoasi yarim himoyachisi sifatida faoliyat yuritadi. U oʻz faoliyatini " Dandi United " jamosida boshlagan, 2006-yilda Shotlandiya Premer-ligasida (SPL) uchta oʻyinda maydonga tushgan. U, shuningdek, Carnoustie Panmure va Lochee United jamoalari uchun ham oʻsmirlar toifasida maydonga tushgan.

Faoliyati Dandi shahrida tugʻilgan Abbot oʻz faoliyatini "Dandi United"da boshlagan va 2006-yilning aprel oyida "Inverness Caledonian Thistle " jamosida Shotlandiya Premer-ligasi oʻyinida zahiradan maydonga tushib debyut qilgan. Koʻp oʻtmay jamoa bilan yangi bir yillik shartnoma imzolashga muvaffaq bo'lgan. Abbot keyingi haftada o'z maydonida oʻzining toʻliq 90 daqiqalik debyutini oʻtkazgan, uning uchinchi oʻyini jarohat tufayli erta yakunlangan. Bu Abbotning kattalar futbolidagi soʻnggi bora maydonga tushishi boʻlgan. U sentabr oyida toʻliq shaklda universitetda oʻqishni davom ettirish uchun professional futbolni tark etgan va u „United“ bilan imzolangan bir yillik shartnomadan ozod qilingan keyinchalik mahalliy Carnoustie Panmure jamoasiga qoʻshilgan. Abbot 2008-yil iyul oyida Lochi United jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda kichik jamoalar bilan futbol o'ynashni davom ettirgan. Universitetni tugatgach, u Aberdin shahriga koʻchib oʻtgan. Abbot o'zining ilk faoliyatini boshlagan Benks OʻDi jamoasi bilan bilan mashgʻulot oʻtkagan va oʻzining jismoniy tayyorgarligini isbotlaganidan soʻng klub bilan shartnoma imzolagan hamda OʻDi safida maydonga tusha boshlagan.

Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga Kubok Lg kubogi Boshqa JamiOʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gl Oʻyin Gol Oʻyin Gol Dundee United 2003—2004 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 2004—2005 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 2005—2006 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0 Jami 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0 Karyerada jami 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar