Kathleen Elizabeth Fell (11-yanvar, 1921-yil, Manor Park, Londonda tugʻilgan — 18-yanvar, 2009-yil, Northwood, Angliyada vafot etgan) professional sifatida Kathleen Byron nomi bilan tanilgan sobiq britaniyalik aktrisa.
Yoshligi Byron Manor Parkda (oʻsha paytda Essexning bir qismi)1921 Birth records index tugʻilgan. U "ishchilar sinfining qatʼiy sotsialistli" sifatida taʼriflangan, keyinchalik Sharqiy Ham okrugining leyboristlar meri boʻlgan. Kathleen mahalliy gimnaziyada oʻqigan, shuningdek, Bristol Old Vic teatr maktabida ham tahsil olgan. Aktrisa Carol Reedning The Young Mr. Pitt (1942) kartinasida birinchi marta ovozli filmda rol oʻynagan, filmda u Robert Donatga qarshi xizmatkor obrazida boʻlganKathleen Byron obituary, The Daily Telegraph, 21 January 2009..
Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/57/Life_in_Her_Hands_%281951%29_Kathleen_Byron.png/220px-Life_in_Her_Hands_%281951%29_Kathleen_Byron.png|thumb| Kathleen Byron Ann Peters rolida 1943-yilda Byron USAAF uchuvchisi leytenant JJohn Daniel Bowenga turmushga chiqadi va AQShga koʻchib oʻtadi. Rejissor Michael Powell uni Britaniyaga qaytishga koʻndiradi va u yerda Byronning eng yaxshi esda qoladigan filmlarini suratga tushishiga sababchi boʻladi. U Michael Powell va Emeric Pressburger hamkorligidagi bir nechta filmlarda rol oʻynagan: A Matter of Life and Death (1946) filmida farishta rolida, Black Narcissus filmidagi bezovtalangan Ruth opa (1947-yilda ushbu filmdagi roli uchun aktrisa New York Film Critics' Circle tomonidan "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasiga nomzod boʻlgan) va The Small Back Room (1949) kabi kartinalar shular jumlasidandir.
Aktrisa bir muddat Michael Powell bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Michaelning Black Narcissus filmidagi muvaffaqiyati oxir-oqibat uni Hollywoodga yetaklab keladi, natijada Young Bess (1953) filmida yordamchi rolni ijro etish imkoniyatiga ega boʻladi. U bu tajribani foydasiz deb topadi va tez orada Britaniyaga qaytib keladi. Byronning keyingi davrdagi rollari asosan B filmlarida gavdalanadi. U 1957—1967-yilgi teleserial Emergency Ward 10da vaqti-vaqti bilan koʻrinish berib turgan, yaʼni, maslahatchi ginekolog Harold de la Roux (John Barron)ning piyonista xotini rolini oʻynagan.
Shaxsiy hayoti va oʻlimi 1953-yilda Byron oʻzining ikkinchi turmush oʻrtogʻi, britaniyalik jurnalist va yozuvchi Alaric Jacobga turmushga chiqqadi; Jacob oʻsha paytda BBCda faoliyat yuritar edi. Ularning bitta oʻgʻil va bir qiz farzandlari bor edi; shuningdek, Jacobning oldingi nikohidan bitta farzand hamBrian Baxter Kathleen Byron obituary, The Guardian,19 January 2009. Retrieved 21 January 2009.
Byron 2009-yilning 18-yanvar sanasida Londonning Northwood tumanidagi Denville Hall binosida koʻkrak saratoni kasalligi natijasida vafot etgan.
Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar1938Climbing HighModel on SofaAkkreditivsiz1942The Young Mr. PittMillicent GreyAkkreditivsiz1943The Silver FleetMaktab bekasi1946A Matter of Life and DeathFarishta1947Black NarcissusRuth opa1949The Small Back RoomSusanMadness of the HeartVerite Faimont1950The Reluctant WidowMme. Annette de ChevreauxPrelude to FameSignora Anne Bondini1951Scarlet ThreadJosephineLife in Her HandsAnn PetersHell Is Sold OutArlette de BalzamannI’ll Never Forget YouDuchess of DevonshireFour DaysLucienne TemplarTom Brownʼs Schooldaysxonim Brown1952My Death Is a MockeryHelen BradleyThe Gambler and the LadyPat1953Young BessAnn Seymour1954Star of My NightEve MaloneProfileMargotNight of the Silvery MoonJane1955Secret VentureRenne L’EpineHandcuffs, LondonJanet Tedford1961Hand in Handxonim OʻMalleyDesign for MurderElizabeth CarrTV Film1962Night of the EagleEvelyn Sawtelle1967Who Is Sylvia?xonim ProudpieceTV serial1968Hammerheadxonim CalvetThe Portrait of a LadyCountess GeminiTV serial1969The Confessions of Marian EvansTV filmWolfshead: The Legend of Robin HoodKatherine Locksley1971Private Roadxonim HalpernTwins of EvilKaty Weil1972The Golden BowlFanny AssinghamTV serialThe Moonstonexonim VerinderTV serial1973Nothing But the Nightdoktor Rose1974CrazeMuriel SharpThe AbdicationOna qirolichaThe Little MermaidQirolichaTV film1975One of Our Dinosaurs is MissingColonelning xotini1980The Elephant Manxonim Waddington1981Hedda GablerJuliana TesmanTV filmFrom a Far CountryTadekning onasi1996Emmaxonim Goddard1998Les MisérablesBoshliq onaSaving Private RyanQari xonim RyanDiaryQisqa metrajli film2010Cameraman: The Life and Work of Jack CardiffOʻziHujjatli film
Manbalar
Adabiyotlar
McFarlane, Brian. An Autobiography of British Cinema. London: Methuen. 1997-yil;
Havolalar
The Independent gazetasida Kathleen Byron the CinéArtistesda (fransuzcha)
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar