Júnior Enrique Díaz Campbell (1983-yil 12-sentyabrda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, oxirgi marta LD Alajuelense jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Kosta-Rika terma jamoasida oʻynagan. 33,8 maksimal km/soattezlik qayd etgan, u FIFA tomonidan 2014 FIFA Jahon chempionatining eng tezkor futbolchisi deb topilgan.
Klubdagi faoliyati Kosta-Rikaning Heredia shahrida tugʻilgan. Diaz faoliyatini mahalliy " Herediano "da boshlagan, 2008-yil yanvarida Polshaning " Visla Krakov " klubiga oʻtish uchun xorijga koʻchib oʻtgan. U 2010-yil sentyabrida Belgiyaning " Club Brugge " klubiga oʻtgan. va 2012-yil yozida Germaniya Bundesligasining FSV Maynts jamoasiga oʻtgan.
2015-yilda, Maynsda uch yil oʻynagach, Diaz 2015-16-yilgi mavsumda yangi koʻtarilgan jamoa boʻlgan Darmshtadt 98ga qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati Junior Dias Kosta-Rika terma jamoasi safida 2003-yil 7-sentyabrda Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Dias 2004-yilgi Amerika Kubogida bir marta maydonga tushgan va Chiliga qarshi ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan. Kosta-Rika UNCAF Millatlar Kubogi 2005 turnirida gʻolib boʻlganida u barcha toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. Dias 2005-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi finalida ham bitta oʻyinda maydonga tushgan.
Dias 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiadada Kosta-Rika terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Oʻn yil oʻtib, u 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan jamoa aʼzosiga aylangan. U Italiyaga qarshi gʻalabada muhim rol oʻynagan.U oʻsha oʻyindagi yagona gol hisoblangan Brayan Ruizning goliga assitentlik qilgan.
Shaxsiy hayoti U Kosta-Rika terma jamoasining sobiq futbolchisi Enrike Dias va Yamilet Kempbellning oʻgʻli boʻlib, uning ota onasi futbolchi 12 yoshligida ajrashishgan. Uning Jefferson va Reydel ismli ikkita ukasi bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
+KlubMavsumDomestiya LigasiDomestiya kubogiQitʼa kubogiJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHerediano2003-04PrimerDivisión361--3612004-05161-402012005-06263--2632006-07332--332Apertura 2007183--183Jami12910-4013310Wisła Kraków2007-08Ekstraklasa7190-1612008-0928252513852009-1027251203432010-1140003171Jami6651931029510Club Brugge2010-11Pro Liga1300040170Wisła Kraków (ijara)2011-12Ekstraklasa20140120361Mainz 052012-13Bundesliga18130-2112013-1420000-2002014-1519110-201Jami57240-612Karyerada jami2851827330234223
Xalqaro
+Junior Dias tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 115.10.2008 Estadio Ricardo Saprissa, San-jose, Kosta-Rika 1-0 2-0 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari Visla Krakov
Ekstraklasa : 2007-08, 2008-09, 2010-11
Alajuelense
Liga FPD : Apertura 2020 KONKAKAF ligasi : 2020
Xalqaro
UNCAF Millatlar kubogi : 2005-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar