Celso Borges Mora () (1988-yil 27-mayda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, Liga FPD klubi "Alajuelense" va Kosta-Rika terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Dastlabki yillar Uning otasi Aleksandr Gimaras asli braziliyalik, Kosta-Rikada taʼlim olgan sobiq futbolchi va murabbiy. U Kosta-Rikaning poytaxti San-Jose shahrida tugʻilgan va oʻrta maktab yillarida Sistema Educativo Saint Clare oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda maktab jamoasida ishtirok etgan va Kosta-Rika futboli afsonasi don Juan Vareladan saboq olgan. Uning oʻqishi koʻpincha uning futbol mashgʻulotlari va mamlakat tashqarisida oʻynashi tufayli toʻxtatilgan.

Jamoalardagi faoliyati

Saprissa 18 yoshida Borges 2006-yilning 15-yanvarida Saprissa safida professional debyut qilgan. U Saprissa bilan beshta martta milliy chempionatda gʻolib chiqqan.

Fredrikstad FK 2009-yilning 18-yanvarida Fredrikstad FK sport direktori Tor-Kristian Karlsen Borges ular bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlagan va 1-iyulda Borgesning Saprissa bilan shartnomasi tugagach, kelib qoʻshilgan. Keyinchalik Fredrikstad " Deportivo Saprissa "ga 1 million kron (125 000 evro) toʻlashga rozi boʻlgan, shunda Borges zudlik bilan jamoaga qoʻshilib, Fredrikstadda mavsum boshlanganida, 14-aprelda sobiq liga chempioni Stabekka qarshi oʻynay olgan. 2011-yilning mart oyida Borges 2011-yilgi mavsum davomida yoki undan keyin Fredrikstadni tark etishini aytgan.

AIK 2012-yil 1-yanvarda Borges erkin agent sifatida Fredrikstad FKni tark etishi va Shvetsiyaning AIK Stokgolm futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashi tasdiqlagan.

U oxirgi marta Martin Kayongo-Mutumba kiygan boʻsh 10-raqamli libosni olgan.

2012-yil 1-aprelda Borges AIK uchun birinchi oʻyinini Mjällby AIFga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klub uchun oʻzining birinchi golini keyingi oʻyinda kiritgan. Kalmar FFga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan golni urgan. Mavsumning birinchi yarmida u murabbiy Andreas Alm tomonidan hujumchi sifatida foydalanilgan. Ammo yozgi taʼtildan soʻng u hujumni tashlab, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan va keyinchalik markaziy yarim himoyada jamoaning birinchi raqamli oʻyinchisi boʻlgan. U mavsumni jamoaning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.

Deportivo La Coruña 2015-yilning 14-yanvarida Borges " Deportivo La Coruña "ga qoʻshilgan va ular bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan, u ikki yilga uzaytirish huquqiga ega boʻlgan. U „Deportivo“ safidagi ilk rasmiy oʻyinida ikkita gol urgan. 30-yanvar kuni " Rayo Vallecano "ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalaba qozonib, La Ligadagi debyutini ham nishonlgan.

Xalqaro faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/62/Bras-Cos_%2821%29.jpg/220px-Bras-Cos_%2821%29.jpg|right|thumb| Borges braziliyalik Gabriel Jezusga qarshi Borges ayni damda Kosta-Rika milliy futbol jamoasi safida 153 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan holda rekordchi hisoblanadi. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 50 dan ortiq oʻyinda va 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionati finallarida himoya qilgan. U 2011 va 2013-yilgi Copa CentroamericanaCopa Centroamericana 2013 (UNCAF Nations Cup) — RSSSF hamda 2009, 2011, 2013CONCACAF Championship, Gold Cup 2013 — Full Details — RSSSF 2015, 2019 va 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi va Copa Amerika musobaqalarida oʻynagan.

U Kosta-Rika terma jamoasi uchun debyutini 2008-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Grenadaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha yilning sentyabr oyida Surinam darvozasiga birinchi xalqaro golini urgan.

Jamoaning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi omadsiz ishtirokida koʻzga koʻringanidan soʻng, Borges jamoaga 2011-yilgi Amerika Kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan, shuningdek, oʻsha yilning oxirida KONKAKAF Oltin kubogining chorak finalida ham qaatnashgan.

2014-yil iyun oyida Borges Kosta-Rika terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga chaqiruviga kiritilgan. 1/8 finalda Borges Gretsiya ustidan penaltilar seriyasida gol urgan beshta Kosta-Rika oʻyinchisidan birinchisi boʻlgan.

2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan .

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSaprissa2005—2006Kota-Rika premier Divizioni20—202006—2007352—3522007—2008250—613112008—2009245—51296Jami867—112979Fredrikstad FK2009Tippeligaen22721112592010Adeccoligaen291421—31152011Tippeligaen25857—3015Jami762999118639AIK2012Allsvenskan298—121419201324830—2782014266—30296Jami7922301519723Deportivo La Coruña2014—2015La Liga173—1732015—2016243——2432016—201734640—3862017—2018323——323Jami1071540—11115Göztepe2018—2019Süper Lig32131—3522019—202021160—271Jami53291—623Deportivo La Coruña2020—2021Segunda División B20220—222Deportivo jami1271760—13317Karyerada jami42177271027447591

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gollar Kosta-Rika 2008 7 2 2009 15 5 2010 3 0 2011 10 1 2012 5 1 2013 20 5 2014 13 5 2015 14 0 2016 11 2 2017 10 0 2018 10 0 2019 12 2 2020 1 0 2021 15 3 2022 7 1 Jami 153 27

Yutuqlari Deportivo Saprissa

Primera División de Kosta Rica : Apertura 2005, Clausura 2006, Apertura 2006, Clausura 2007, Apertura 2007, Clausura 2008, Apertura 2008

Kosta-Rika

Markaziy Amerika kubogi : 2013-yil

Shaxsiy yutuqlar

KONKAKAF Oltin kubogi barcha turnirlar jamoasi: 2009-yil KONKAKAF Oltin kubogi eng yaxshi 11lik: 2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar