Karl Anders Teodor Starfelt (1995-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Shvetsiya terma jamoasida harakat qiladigan professional futbolchi, Shotlandiya Premer -ligasining " Celtik " klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Starfelt oʻz futbolchilik faoliyatini mahalliy Brommapojkarn jamoasida boshlagan va 2014- yilning 30-martida Shvetsiyaning bayroqdor klublaridan biri Kalmar FF jamoasiga qarshi Allsvenskan doirasidagi o'yinda debyut qilgan. U 2018-yilgi Allsvenskan mavsumi oldidan IFK Göteborg jamoasi tarkibiga borib qoʻshilgan.

2019-yilning 13-iyulida u Rossiya Premer-ligasi klubi „Rubin Qozon“ jamoasi bilan to‘rt yillik professional shartnoma imzolagan va rus klubi safiga borib qo'shilgan.

2021-yilning 21-iyulida Starfelt Shotlandiya Premer -ligasining „ Celtik“ klubi bilan to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan va oradan biroz o'tib Shotand klubiga qo'shilgan.

Xalqaro faoliyati 2014-yilda Shvetsiya U19 terma jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazganidan so‘ng, Starfelt 2020-yil 30-sentabrda birinchi marta Shvetsiya terma jamoasiga 2020-yil oktabr oyida Rossiya terma jamoasi, Xorvatiya terma jamaosi va Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yinlari oldidan terma jamoaga chaqiruv olgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2020-yil 8-oktabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va o'rtoqlik oʻyini davomida toʻliq 90 daqiqa Sebastyan Xolmen bilan markaziy himoyada terma jamoasi mudofa chizig'ini mustahkam himoya qilishgan. Shvetsiya terma jamoasi bu oʻyinda 2:1 hisobida Rossiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozongan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIF Brommapojkarna2013Allsvenskan0000——002014Allsvenskan20020—402602015Superettan16040——2002016Divizion 122110——2312017Superettan27150——321Jami85212000401012IFK Göteborg2018Allsvenskan30040—003402019Allsvenskan14100—00141Jami441400000481Rubin Kazan2019-20RPL10010—001102020-21RPL29320—00313Jami393300000423Celtic2021-22Shotland Premiership290303090440Karyerada jami1976220301302356

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoa YilOʻyin Gol Shvetsiya 2020 2 0 2021 2 0 2022 1 0 Jami 5 0

Yutuqlar Celtic

Shotlandiya Premer-ligasi : 2021-22 Shotlandiya liga kubogi : 2021-22

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:IF Brommapojkarna futbolchilari Turkum:IFK Göteborg futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Celtic F.C. futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari