Maximilian Arnold (;) — nemis futbolchisi, Volfsburg klubi yarim himoyachisi.

Klubdagi faoliyati Germaniyaning Ries shahrida tugʻilgan Arnold oʻzining rivojlanish davrida mahalliy BSV Strehla va SC Riesa jamoalarini harakat qilganhttp://www.goal.com/en/news/1717/editorial/2014/02/15/4619470/meet-max-arnold-the-wolfsburg-wunderkind-wanted-by-juventus. 2006-yilda, 12 yoshida u Rizani tark etib, Drezdenning „Dinamo“ akademiyasiga o‘tgan va keyingi to‘rt yilni „Volfsburg“ga o‘tkazdi. „Volfsburg“ning yoshlar jamoalaridagi faoliyati davomida u klubga 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Germaniya chempionatida ikki marotaba 2009 va 2011-yillarda gʻalaba qozonishga yordam berganhttps://web.archive.org/web/20140508224515/http://www.bundesliga.com/en/liga/news/2013/0000285719.php.

Arnold 2011-yilning 26-noyabrida Feliks Magat bilan birinchi jamoadagi debyutini o‘tkazgan, o‘shanda u „Augsburg“da 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan o‘yinda zahiradan maydonga tushgan. U 17 yosh, 5 oy va 30 kunligida klubning eng yosh debyutantiga aylangan. Biroq, u mavsumning koʻp qismini 19 yoshgacha boʻlganlar safida oʻtkazgan va mavsum oxirigacha faqat bir marta kattalar jamoasida maydonga tushgan.

Yoshlar jamoasida oʻzini koʻrsatishda davom etgan Arnold 2013-yilda yangi murabbiy Diter Xekking qoʻl ostida asosiy jamoaga qaytgan. 13-aprel kuni u oʻzining birinchi professional golini „Xoffenxaym“ga qarshi uyinda (2:2) kiritgan. Bu bilan u klubning eng yosh toʻpurariga ham aylangan. U keyingi haftada „Verder“ ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, „Volfsburg“ning besh o‘yinlik magʻlubiyatsiz seriyasi amalga oshirishga yordam bergan. Oltita oʻyinda ikkita gol urganidan soʻng, Arnold klub bilan uzaytirilgan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.

2016-yilning 6-aprelida u Chempionlar ligasidagi ilk golini „ Real“ darvozasiga kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati Maximilian Germaniyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan, hozirda u Germaniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi.

2014-yilning 13-may kuni Germaniya terma jamoasining asosiy tarkibida Polsha bilan o‘yinda (0:0) debyut qilgan terma jamoaning asosoiy oʻyinchilaridan biriga aylangan.

Statistika

Klub Klub Mavsum liga Kubok Yevro kuboklar Jami Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Volfsburg 2011/2012 2 0 0 0 — — 2 0 2012/2013 6 3 1 0 — — 7 3 2013/2014 28 7 3 0 — — 31 7 2014/2015 21 4 3 0 7 0 31 4 Jami 57 14 7 0 7 0 71 14 Karyerada jami 57 14 7 0 7 0 71 14

Xalqaro Jami: 3 ta oʻyin / 0 ta gol; 2 gʻalaba, 1 durang, 0 magʻlubiyat.

Yutuqlari Germaniya terma jamoasi (21 yoshgacha)

UEFA yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati : 2017-yil

"Volfsburg"

Futbol boʻyicha Germaniya kubogi : 2014/15 Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati (kumush): 2014/15 Germaniya Superkubogi : 2015-yil Futbol boʻyicha Germaniya chempionati (19 yoshgacha) : 2012/13

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar