Divya Khosla Kumar (; 1987-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — hind filmlarida rol ijro etuvchi hind aktrisasi, prodyuseri va rejissyori. Kumar turli reklamalarda va baʼzi kliplarda suratga tushgan. Aktrisa T-Series musiqiy leybli va kino ishlab chiqarish kompaniyasining raisi va boshqaruvchi direktori Bhushan Kumarga turmushga chiqqan.
Faoliyati Divya 18 yoshida modellik qilishni boshlagan va Mumbayga koʻchib oʻtgan, soʻng Bollywoodda dam olayotganda Bhushan Kumar bilan uchrashib qolgan. U aktrisa sifatida oʻz faoliyatini 2004-yilda telugu tilida Love Today filmi bilan boshlagan. Shuningdek, u Falguni Pathak tomonidan kuylangan Aiyyo Rama pop qoʻshigʻi klipida ham paydo boʻlganIndian Express (17 December 2013). Retrieved 24 December 2015.. U oʻzining Bollywooddagi debyutini oʻsha yili Ab Tumhare Hawale Watan Saathiyo filmi bilan qilgan. Keyin Divya aktrisalikdan uzoq tanaffus olib, rejissyorlikka eʼtibor qaratgan.
Kinematografiya va montaj kursini tugatgandan soʻng, Divya Agam Kumar Nigam, Jermeyn Jekson, Tulsi Kumar va bir nechta reklama filmlari uchun musiqiy videolarga boshchilik qilgan. 20 ta musiqiy videoga rejissorlik qilganidan soʻng, Divya 2014-yilda oʻzining birinchi rejissorlik tashabbusi Yaariyanni amalga oshirgan. Divya bir filmda Baarish, Maa, Love Me Thoda Aur, Allah Wariya va Zor Lagake kabi 5 ta qoʻshiqni xoreografiyalashtirgan. Uning ikkinchi rejissorlik loyihasi 2016-yil 12-fevralda chiqarilgan Sanam Re filmi edi. Shuningdek Divya, Ranbir Kapoor rol ijro etgan 2015-yilda chiqarilgan Roy filmining produserlaridan biridir.
2021-yilda u 2021-yil 25-noyabrda chiqarilgan Satyameva Jayate 2 filmida John Abraham bilan birga rol ijro etgan.
Filmografiyasi
Aktrisa sifatida YilFilmRolIzohlarHavl.2004Love TodayParvatha VardhiniDebyut filmi; TeluguAb Tumhare Hawale Watan SaathiyoShweta Rajeev Singh2016Sanam ReMaxsus koʻrinishAkkad Bakkad, HumnePee, RakkhiHain bilan birga2017BulBulBulbulQisqa metrajli film2021Satyameva Jayate 2MLA Vidya Maurya Azad
Rejissyor sifatida Yil Film Izohlar Havl. 2014 Yaariyan Rejissyorlik debyuti 2016 Sanam Re Rejissyor
Manbalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar