Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasi (ingl. The Academy of Motion Picture Arts and Sciences, AMPAS; Kinomatografiya akademiyasi va Akademiya nomlari ostida ham mashhur)- kinomatografiya sanʼati va fanlarini rivojlanishiga bagʻishlangan nufuzli tashkilot. Tashkilotning korporativ boshqaruvi va umumiy siyosati boshqaruv kengashi tomonidan olib boriladi. thumb|Beverli-Xillzdagi Akademiya shtab-kvartirasi (2009 yil fevral) Akademiya oʻzining yillik Academy Awards sovrini bilan dunyoda mashhurlik qozongan, hozirda rasman va ommatan Oskar nomi bilan ataladigan sovrin.

Bundan tashqari Akademiya har yili kinomatografiyadagi yutuqlar uchun "Governors Awards", talabalar uchun "Student Academy Awards" kabi taqdirlash marosimlarini oʻtkazadi.

Akademiya 2021-yil Los Angeles shahrida oʻzining kinomatografiya muzeyiga asos soladi

Tarixi Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasining gʻoyasi "Metro-Goldwyn-Mayer"(MGM)ning rahbari Louis B. Mayerga tegishli. U kinostudiyalarni rivojlanishiga va ragʻbatlanishiga hissa qoʻyuvchi tashkilot kerakligini angladi. Dastlab u bu gʻoyani aktyor Conrad Nagel, rejissor Fred Niblo va prodyusser Fred Beetson bilan maslahatlashdihttp://www.awardsandshows.com/features/academy-of-motion-picture-arts-and-48.html Academy of Motion Picture Arts and Sciences. Bu uchrashuvdan soʻng,1927-yil 11-yanvar kuni, u rasmiy ravishda sanʼatning barcha sohalaridan 36ta professional ijodkorlarni Los Angelesdagi Ambassador Hotel mehmonxonasiga bazmga taklif etadiLevy, Emanuel. And The Winner Is…. New York: Ungar Publishing, 1987 pg. 1.Shu kunda Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasiga asos solindi.Oʻsha bazmda qatnashgan oʻttiz olti kishi rasman Akademiyaning asoschilari deb hisoblanishadihttps://americanbutler.ru/en/useful/culture/oscar-academy-awards?ysclid=l5u25w3iq4920259020. 1928-yilda yetti kishidan tashkil topgan kommitet mukofotlarni 12 kategoriya asosida taqdim qilishni taklif qiladi.1929-yil 16-may sanasida Akademiya tarixida birinchi marotaba taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Akademiyaning asoschilari Aktyorlar Richard Bartelmess Harold Lloyd Konrad Nayjel Meri Pikford Milton Sills Duglas Feyrbanks Jek Xolt Prodyuserlar Fred Bitson Sid Groman Charlz X. Kristi Jessi Lui Laski M. S. Levi Luis B. Mayer Garri Rapf Irving Talberg Garri Uorner Jek Uorner Milton Xoffman Jozef M. Schenk Rejissorlar Sesil Blount DeMille Genri King Frank Lloyd Fred Niblo Jon M. Stahl Raul Uolsh

Akademiyaning Prezidentlari Prazidentlar bir yil muddatga saylanishadi va ular ketma-ket to‘rt muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Duglas Feyrbanks (1927-1929) Uilyam DeMille (1929-1931) M. S. Levy (1931-1932) Konrad Nayjel (1932-1933) J. Teodor Rid (1933-1934) Frank Lloyd (1934-1935) Frank Kapra (1935-1939) Valter Vanger (1939-1941, 1941-1945) Bette Devis (1941; ikki oydan keyin isteʼfoga chiqdi) Jan Gersholt (1945-1949) Charlz Brakett (1949-1955) Jorj Siton (1955-1958) Jorj Stivens (1958-1959) B. B. Kahein (1959-1960) Valentin Devis (1960-1961) Vendell Kori (1961-1963) Artur Freed (1963-1967) Gregori Pek (1967-1970) Daniel Taradash (1970-1973) Valter Mirish (1973-1977) Hovard V. Koch (1977-1979) Fay Kaning (1979-1983) Gen Allen (1983-1985) Robert Wise (1985-1988) Richard Kan (1988-1989) Karl Malden (1989-1992) Robert Reme (1992-1993, 1997-2001) Artur Xiller (1993-1997) Frank Pirson (2001-2005) Sid Ganis (2005-2009) Tom Sherak (2009-2012) Hawk Koch (2012-2013) Cheryl Boone Isaacs (2013-2017) Jon Beyli (2017-2019) Devid Rubin (2019 yildan hozirgacha) Havolalar Kino Akademiyasi veb-sayti Manbalar