„Insatiable“ () — avstraliyalik xonanda Darren Hayes ijro etgan qoʻshiq. Ashula „Savage Garden“ guruhi tarqalib ketganidan keyin Hayesning „Spin“ nomli debut albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni Hayes amerikalik musiqachi va qoʻshiqnavis Walter Afanasieff bilan hamkorlikda yozgan. Tarona AQSh radiosida 2002-yilning 7-yanvarida eʼlon qilingan. Avstraliyada esa oʻsha yilning 14-yanvarida CD singl oʻlaroq chiqarilgan.
„Insatiable“ qoʻshigʻi Hayes shuhrati yanada oshishiga turtki boʻlgan. Tarona 2002-yilning 21-aprel kuni boshlangan haftasida Yangi Zelandiya singllar xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Avstraliya xit-paradida esa uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Shvetsiya va Britaniya xit-paradlarida esa sakkizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.
Qoʻshiq uchun rejissor Alek Keshishian klip suratga olgan. Unda Hayes fikr-u xayolini egallagan aktrisa videolarini tomosha qiladi. Klip uchun Hayes sochini oʻstirib, sariqqa boʻyagan. Xonanda 2022-yil „HuffPost“ nashri uchun yozgan maqolasida AQShdagi studiyalar dastlab ashulani eʼlon qilishga oshiqqani, ammo klipning ilk versiyasini koʻrib, unda Hayes obrazi amerikaliklar uchun „oshiqcha gey“ boʻlishi mumkinligini aytib, xavotir izhor qilishganini xotirlagan.
Jamoa
Darren Hayes — qoʻshiq matni/musiqasi, vokal Walter Afanasieff — qoʻshiq matni/musiqasi, klavishlar, bas-gitara, barabanlar va ritmni dasturlash, aranjirovka Bruce Dukov — skripka Eve Butler — skripka Susan Chatman — skripka Charlie Everett — skripka Gerry Hilera — skripka Norm Hughes — skripka Peter Kent — skripka Jennifer Munday — skripka Bob Peterson — skripka Michele Richards — skripka Bob Sanov — skripka Ed Stein — skripka John Wittenberg — skripka John Hayhurst — alt Karen Elaine — alt Virginia Frazier — alt Andrew Picken — alt Larry Corbett — violonchel Suzie Katayama — violonchel, dirijorlik Paula Hochhalter — violonchel Dan Smith — violonchel John Mitchell — kontrabas klarnet David Campbell — dirijorlik va aranjirovka David Reitzas — orkestr muhandisligi Robert Conley — dasturlash va ovoz yozib olish Nick Thomas — muhandislik Chris Lord-Alge — mikslash Bob Ludwig — mastering
Manbalar
Havolalar
Turkum:Darren Hayes qoʻshiqlari Turkum:2002-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar