Nabil Bahoui (1991-yil 5-fevralda tugʻilgan) — Shved professional futbolchisi, Allsvenskanda AIK futbol jamoasi vakili hisoblanadi. Ilgari u qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo hozir odatda hujumchi sifatida maydonga tushadi.
Karyera 2012-yilning 8-noyabrida Bahoui AIK jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. U birinchi navbatda jamoadan 14-raqamni tanlagan. Biroq, oʻsha paytda jamoadagi 11-raqamini kiygan yarim himoyachi Lalavélé Atakora bilan kelishuv tufayli u 14-raqamdan 11- raqamga oʻtishga majbur boʻlgan.
2014-yilning 26-avgustida Nabil Bahoui Shvetsiya futbol terma jamoasi tarkibiga Estoniya futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan va Shvetsiya terma jamoasi oʻsha oʻyinda Estoniya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratgan. Keyinchalik Nabil Bahoui Shvetsya terma jamoasining 2016-yilgi Yevropa chempionati saralashida Avstriya terma jamosiga qarshi oʻyiniga ham chaqiruv olgan va u asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Shaxsiy hayot Uning ota-onasi Marokash davlatida tugʻilgan.
Bahoui Shved uslubidagi „Nabbe“ laqabini olgan.
2020-yil aprel oyida u FIFA 20 Stay and Play Cup onlayn oʻyinlarida ishtirok etib, musobaqada yakunida gʻolib boʻlgan Mohamed Daramiga yutqazib, yarim finalda oʻz ishtirokini yakunlagan. U PSV Eyndxoven, Manchester City va Olimpique Lyon jamoasi vakillarini magʻlub etib, 12 ta gol maullifiga aylangan va 5 ta golni oʻz darvozasidan olib chiqishga majbur boʻlganStay and Play Cup.
Karyera statistikasi +KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBrommapojkarna2009Allsvenskan8210——922010Allsvenskan6010——702011Superettan13023——1532012Superettan281500——2815Jami55174300—5920Gröndals (Ijara)2010Division 1 Norra3100——31Väsby United (Ijara)2010Superettan8100——81Akropolis (Ijara)2011Division 1 Norra3000——30AIK2013Allsvenskan29742——3392014Allsvenskan26141031—30152015Allsvenskan952112—128Jami64267343—7532Al-Ahli2015-16Saudi Professional League10030——130Hamburger SV2015-16Bundesliga6000——602016-17Bundesliga1000——10Jami700000—70Hamburger SV II2016-17Regionalliga Nord10———10Grasshoppers2017-18Swiss Super League12020——1402018-19Swiss Super League17310——183Jami2933000—323AIK (Ijara)2018Allsvenskan11341——154De Graafschap2018-19Eredivisie7000—41111AIK2019Allsvenskan821041—1332020Allsvenskan17400——1742021Allsvenskan3220——52Jami2883041—359Karyerada jami22659247844126271
Yutuqlar AIK
Allsvenskan chempionligi : 2018-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar