Marat Vazixovich Kabayev (, ; 1961-yil 27-mayda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik tatar millatiga mansub nafaqadagi futbolchi, SSSR sport ustasi. 2016-yil 11-maygacha Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yil fevral oyidan boshlab oʻzi asos solgan „Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi“ni boshqarib kelmoqda.

Biografiyasi Marat Kabayevning ota-onasi asli tatar millatiga mansub boʻlib, Oʻzbekiston hududiga Tataristondan koʻchib kelgan, Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi shahar qishlogʻida tatar oilasida tugʻilgan. Otasi Vazix Kabayev oʻz vaqtida Oʻzbekiston SSR milliy kurashi boʻyicha respublika federatsiyasining raisi boʻlgan. Biroq, Maratning oʻzi bolaligidan futbol va basketbolni yaxshi koʻrgan. Birinchi murabbiyi Vladimir Matveyev boʻlgan.

Kabayev 15 yoshida Moskva shahri va Moskva viloyatidagi Mehnat zahiralari jamiyatida oʻynagan va mashgʻulotlar olib borgan. 1979-yili Termizning „Avtomobilist“ jamoasi tarkibida oʻynay boshlagan. 1980-yilda „Paxtakor“ klubiga taklif qilingan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibidagi ilk oʻyinni 28-sentyabr kuni Toshkentda „Lvov Karpati“ jamoasi bilan oʻtkazilgan. U „Tavriya Simferopol“ga qarshi uy uchrashuvida birinchi golini urgan.

Kabayev hujum rejasida yarimhimoyachi sifatida oʻynab hujumchilar ostida harakat qilgan. U yaxshi texnik tayyorgarlik, samaradorlik va katta harakat radiusi bilan ajralib turgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng markaziy himoyachi vazifasini oʻtaganViktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 77. ISBN 978-5-604-10716-4.

1981-yilda SSSR yoshlar terma jamoasi bilan Tulon shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda ishtirok etgan. 1983-yilda SSSR Olimpiya terma jamoasi bilan norasmiy oʻyinlarda ishtirok etgan.

1986-yilda SKA (Rostov-na-Donu) birinchi liga klubida oʻynagan. 1987-yilda „Paxtakor“ga qaytadi va darhol jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

1989-yilda Yevgeniy Kucherevskiyning Dnepropetrovsk Dnepriga koʻchib oʻtish taklifini qabul qiladi va u yerda Federatsiya kubogi sohibi boʻladiViktor Xoxlyuk: "O tom, kak obozrevatel „Interfutbola“ trofei Marata Kabaeva Naxodil" // „InterFutbol“. – № 28 (496), iyul 2018. – s. 12—13.. Biroq, tez orada mashgʻulotlarning birida jarohat olib davolanish uchun biroz vaqt futboldan chetlashishga majbur boʻladi. Sogʻaygach „Metalist“ga qarshi taqvim oʻyinida qatnashdi va uchrashuvlarning birida toʻpigʻidan jarohat oladi. Kabayev ikki oyda safga qaytadi va Kucherevskiydan „Paxtakor“ga qaytarishini soʻraydi.

1989-yilda "Paxtakor"ga qaytgach u yerda ikki mavsum oʻtkazib, jamoaning katta ligaga chiqishiga yordam beradi. Biroz vaqt oʻtib Kabayev 1990-yilda Isroilga joʻnab ketadi. Birinchi oʻyinda gol urishiga qaramay jarohati qaytalangani sababli shartnoma imzolay olmaydi.

1991-yilda 2-liganing „Umid“ jamoasida oʻynagan. 1991-yilda „Traktor“ (Pavlodar) klubiga oʻtgan. Dastlab 2-ligada, SSSR parchalanishi bilan esa Qozogʻiston chempionatida oʻynagan. U yerda jamoa sardori boʻlgan. 1993-yilda Qozogʻiston chempioni va chempionatning kumush va bronza medallari sovrindori boʻlgan. Kabayev O‘zbekistonda "Navbahor" (1995-yil chempionat bronza medali sovrindori) va "Dinamo" (Samarqand) safida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini 1998-yilda yakunlagan.

2000-yildan boshlab murabbiylik faoliyati bilan faol shugʻullana boshlagan.

2011-yilda Qozonga koʻchib oʻtgan.

2014-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylangan. 2016-yil may oyida shaxsiy sabablarga koʻra ushbu vakolatlardan voz kechgan.

2016-yildan buyon 2017-yil 16-fevralda Moskvada ochilishi boʻlib oʻtgan Islom bizneslari xalqaro assotsiatsiyasini (IAIB) tashkil etishda ishtirok etgan. Tadbirda IAIB va Islom Taraqqiyot Banki (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kabayev uyushma prezidenti etib saylangan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2000—2004, 2005—2008 yillarda Toshkent shahridagi respublika futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi boʻlgan.

2004—2005-yillarda Toshkentning „Traktor“, 2008—2009-yillarda Olmaliqning Olmaliq klubi oʻrinbosarlar jamoalarida bosh murabbiyi boʻlgan.

2009-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (19 yoshgacha) bosh murabbiyi lavozimida ishlaganU rulya novoy „molodejki“ vstal bivshiy paxtakoroves. 2010-yil yanvar oyida jamoa Granatkin memorialida „Ochilish turniri“ sovrinini qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi mavsum boshidan Zarafshonning "Qizilqum" jamoasida bosh murabbiyi lavozimida ishlagan, biroq may oyidayoq 8-turning "Bunyodkor"ga qarshi oʻyinida 1:4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz xohishi bilan jamoani tark etgan. 2011-yil avgust oyida "Paxtakor" seleksiya xizmatiga rahbarlik qilish taklifini qabul qilganIzvestniy v proshlom futbolist Marat Kabaev naznachen rukovoditelem seleksionnoy slujbi „Paxtakora“.

2012-yildan 2015-yilgacha „Rubin“ (Qozon) klubining katta murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilaviy holati Oilali. Alina va Leysan ismli qizlari bor.

Ijtimoiy faoliyati 2014-yil noyabr oyida muftiy taklifi bilan Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Komil Hazrat Samigullin Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylanadi.

2015-yil 26-iyun kuni uning rahbarligida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari assotsiatsiyasi Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorlikda „Qozon Arena“ stadionida iftorlik uyushtiradi.

Iftorlikka 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. Tatariston Respublikasi davlat maslahatchisi Mintimer Shaymiyev va Tatariston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Rustam Minnixonovlar ham iftorlikda ishtirok etishadi. 2017-yildan buyon oʻzi tashkil etgan Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Yutuqlari

SSSR Futbol Federatsiyasi kubogi gʻolibi: 1989-yil Qozogʻiston chempioni: 1993-yil Qozogʻiston chempionatining kumush medal sovrindori: 1994-yil[ Qozogʻiston chempionatining bronza medal sovrindori: 1992-yil

Manbalar

Havolalar Marat Kabaev – Gazeta „Sport den za dnem“

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Surxondaryo viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FC SKA Rostov-on-Don futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Tatar sportchilari Turkum:Oʻzbekiston musulmonlari