Termofobiya (sifat so'z: termofobik ) noorganik moddalar yoki organizmlar tomonidan yuqori haroratga toqat qilmaslik holatidir. Bu atama bir qator maxsus qo'llanishlarga ega. Uning eng keng tarqalgan ma'nolaridan biri tibbiyotda qo'llanadi va bemorning issiqlikdan qo'rqish holatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Farmasevtikada 0,1% betametazon valeratdan tashkil topgan termofobik ko'pik, inson sochidagi qazg'oqni davolash uchun an'anaviy vositalar kabi samarali ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, ko'pik yog'li emas va bosh terisiga ziyon yetkazamaydi. Termofobik materialning yana bir qo'llanilishi qo'ltiq osti va kaftning giperhidrozini davolashdir: Italiyaning Mipharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Bettamousse nomli termofobik ko'pik giperhidrozni samarali davolash uchun kashf qilingan.
Biologiyada ba'zi bakteriyalar termofobikdir. Masalan, moxovni keltirib chiqaradigan mikobakteriyalar. Tirik organizmlarning termofobik reaksiyasi yuqori haroratga salbiy javob qilishlaridir.
Fizika fanida termofobiya atamasi aralashmalardagi (eritmalar, suspenziyalar va boshqalar) zarrachalarning pastroq haroratli hududlarga qarab harakatlanishi, termoforezning alohida holatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Tibbiyotda termofobiya hissiy disfunksiya>ni, g'ayritabiiy issiqlik hissini anglatadi. Ushbu jihatgipertireoz bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Yana qarang
Issiqlikka chidamlilik
Manbalar
Turkum:Fiziologiya Turkum:Fobiyalar ro'yxati Turkum:Fobiya