Oleg Viktorovich Sinelobov (1962-yil 5-oktyabrda, Toshkentda tugʻilgan) — rossiyalik futbol murabbiyi va sobir oʻzbek futbolchisi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Futbolchi sifatida Klubdagi faoliyati Professional faoliyatini 1980-yilda Xalqobodning „Sohibkor“ klubi tarkibida boshlagan. 1983-yil boshida Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtadi va 1984-yilning oxirigacha shu klubda oʻynaydi. Bu vaqt ichida „Zvezda“ tarkibida 62 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. 1985-yilning birinchi yarmini „Sohibkor“ safida oʻtkazgan. 1985-yilning ikkinchi yarmida Oleg Sinelobov Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, 1989-yilning oxirigacha „Toshkent paxtakorlari“ safida toʻp surgan. Mazkur vaqt oraligʻida „Paxtakor“ safida 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urishga erishgan.
1990 va 1991-yilgi mavsumlarda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Namanganning „Navbahor“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari tarkibida oʻynagan. 1992-yilgi mavsumda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasida, Toshkentning „Paxtakor“ va Navoiyning „Zarafshon“ klublarida ijarada oʻynagan. 1993-yilda bir muddat Malayziyaning „Perliz“ jamoasi safida toʻp surgan.
1994-yil boshida Novotroitskning „Metallurg“ klubiga oʻtadi va bu klub 1995-yilda nomini „Nosta“ga oʻzgartiradi. Oleg Sinelobov 2003-yilgacha „Nosta“ safida oʻynagan va shu vaqt ichida 220 ta oʻyinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan.
Jamoadagi faoliyati 1992-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida beshta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati Sinelobov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2004-yilda Novotroitskning „Nosta“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2008-yilda „Nosta-2“ farm klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2010-yildan 2015-yil fevraligacha „Nosta“ bosh murabbiyi lavozimida ishlaganOleg Sinelobov poluchil litsenziyu kategorii „A“. 2012-yil 29-martda „Sharqiy Orenburg“ DFL prezidenti etib saylanganOleg Sinelobov — Prezident DFL „Vostochnoe Orenburje“.
Manbalar
Havolalar
Oleg Sinelobov FootballFacts.ru saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Nosta Novotroitsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari