Cafu, asl ismi Marcus Evangelista di Moraes () – braziliyalik futbolchi. Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioni (1994 va 2002). 2002 va 2006-yilgi jahon chempionatlarida terma jamoa sardori boʻlgan. Jahon chempionatlarining uchta final oʻyinida yaʼni 1994, 1998, 2002-yilgi jahon chempionatlarida oʻynagan birinchi va hozircha yagona futbolchi. „San-Paulo“ tarkibida Braziliya chempioni, Libertadores kubogi va 2 karra Qitʼalararo kubok gʻolibi."Milan" jamoasida ikki karra Italiya chempioni, Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi. 1994-yilda Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimai holi Kafu 1970-yil 7-iyunda Braziliyaning San-Paulu shahrida tugʻilgan. Bolaligidayoq yosh futbolchi turli klublar tarkibiga kirishga harakat qilgan, ammo har safar unga rad javobi berilgan. 1988-yilda „San-Paulo“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 1989-yilgi mavsumda milliy chempionatda uchta oʻyin oʻtkazdi. Asta-sekin jamoa oʻyinchisiga aylandi va 1991-yilda Braziliya chempionligini qoʻlga kiritdi.
Braziliya terma jamoasida ilk oʻyinini 1990-yil 12-sentyabrda Ispaniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi (0:3). 1991, 1993, 1997, 1999-yillardagi Amerika kubogida toʻrt bor qatnashgan. Ikki marta Amerika chempioni, bir marta kumush medal sohibi boʻlishgan.
Milliy terma jamoa tarkibida 1994-yilgi Jahon chempionatida Janubiy Amerikaning eng yaxshi oʻng qanot himoyachisi boʻldi. 1994/95-yilgi mavsumni Kafu Yevropadagi ilk klubi – Ispaniyaning „Real Saragosa“ klubida oʻtkazdi. Shu yili Yevropa kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi. Ispan jamoasida Kafu faqat bir mavsum oʻynadi, keyin Braziliyaning „Palmeyras“ klubiga oʻtdi.
1997-yilning yozida Italiyaning „Roma“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ deb laqab qoʻyishdi. Buning maʼnosi Italiyada tezyurar poyezdni bildirardi. Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ (Italiya tezyurar poyezdining nomi) laqabini berishgan.2000/01-yilgi mavsumda Fabio Capello murabbiyligidagi „Roma“ Italiya chempioni boʻldi. 2002-yili esa Braziliya terma jamoasi jahon chempioni boʻlishdi.
Oʻng qanot himoyachisi boʻlgan Cafu 2003/04-yilgi mavsumda „Milan“ klubi tarkibida Italiya chempioni va Italiya superkubogi sohibi boʻldi. 2004/05-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining finaliga chiqdi. Istanbulda boʻlgan Angliyaning „Liverpul“ klubiga qarshi oʻyinda jamoalar 120 daqiqa oʻynashdi va 3:3 hisobida natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida raqib jamoaning qoʻli baland keldi. 2005/06-yilgi mavsumdan boshlab Cafuga „Milan“ safida ehtiyoj kamayib bordi. 2006/07-yilgi mavsumda „Milan“ „Lazio“ klubidan Cafuning oʻrniga Massimo Oddoni sotib oldi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Carlos Alberto Perreira 2006-yilgi jahon chempionatida Cafuni asosiy tarkibdagi oʻng qanot himoyachisi sifatida tayinladi. Chorak finalda Zidane murabbiyiligidagi Fransiya terma jamoasidan magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Braziliya futbol jamoatchiligi terma jamoaga yangi murabbiy – Dungani tayinlashdi. U terma jamoani yoshartirish siyosatini qoʻlladi. Roberto Carlos, Ronaldo, Dida va Cafu kabi „faxriylar“ni jamoadan chiqardi. Cafu terma jamoa safida Jahon chempionatlarida 20 ta oʻyin oʻtkazib, eng koʻp oʻyinlar soni boʻyicha polshalik Gjegoj Lyato bilan 6-7-oʻrinlarni boʻlishib olgan. Braziliya terma jamoasida 16 yil ichida 142 ta oʻyin oʻtkazib, terma jamoa safida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord qoʻydi.
Kafu 2007/08-yilgi mavsumni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi. Uning tezligi va jismoniy tayyorgarligi Carlo Ancelottini qoniqtirmay qoldi. Mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
2008-yil fevral oyida 37 yoshli braziliyalik futbolchi Kiyevning „Arsenal“ klubida faoliyatini boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar klubning mashhurligini oshirish uchun qilgan PR ekanligi maʼlum boʻldiKafu smіshno vіd togo, щo vіn poїde grati v kiїvskiy „Arsenal“… (champion.com.ua).
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlar San-Paulo klubida
San-Paulo shtati chempioni – 1989, 1991, 1992. Libertadores kubogi gʻolibi – 1992, 1993. Qitʼalararo kubogi gʻolibi – 1992, 1993. Libertadores superkubogi gʻolibi – 1993. Rekopa chempioni – 1993, 1994.
Real Saragosa klubida
Yevropa kubok egalari kubogi sohibi – 1994/95.
Palmeyras
San-Paulu shtati chempioni – 1996.
Roma
Italiya chempioni – 2000/01. Italiya superkubogi sohibi – 2001.
Milan
Italiya chempioni – 2003/04. Italiya superkubogi sohibi – 2004. Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi – 2006/07. Klublar oʻrtasidagi Jahon chempioni – 2007. Yevropa superkubogi sohibi – 2003, 2007.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempioni – 1994, 2002. Jahon chempionati kumush medali sohibi – 1998. Amerika kubogi sohibi – 1997, 1999. Konfederasiyalar kubogi gʻolibi – 1997. Jahon chempionatlari ishtirokchisi – 1994, 1998, 2002, 2006.
Shaxsiy yutuqlar Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1994. UEFAning mavsum ramziy jamoasida – 2004, 2005. FIFPRO – 2005. „Milan“ futbol klubi shon-sharaf zaliga kiritilgan. „Roma“ futbol klubi shon-sharaf zaliga kiritilgan. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Official Cafu Foundation site Cafu profile by Aaron Marcus – acmilan-online.com Career stats – acmilan.com
Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:São Paulo futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:SE Palmeiras futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA 100 Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar