Arcane (ekranda Arcane: League of Legends deb nomlanadi) — Riot Games uchun Christian Linke va Alex Yee tomonidan yaratilgan jangari-sarguzasht teleserialdir. Fortiche tomonidan ishlab chiqarilgan va Netflix tomonidan tarqatilgan. Serial Riotning League of Legends xayoliy olamida yaratilgan va eʼtibor, asosan, opa-singil Vi va Jinxga qaratilgan. Serial 2019-yilda League of Legendsning 10 yilligini nishonlash marosimida eʼlon qilingan va birinchi marta 2021-yil noyabr oyida chiqarilgan.

Arcanening birinchi mavsumi animatsiya, hikoya, dunyo qurish, harakatlar ketma-ketligi, personajlar, hissiy vazn, musiqa va ovozli aktyorlikka qaratilgan maqtovlar bilan universal eʼtirofga sazovor boʻldi. Baʼzilar serial ham hech qachon League of Legends oʻyinlarini oʻynamagan oddiy tomoshabinlarni, ham oʻyinning uzoq vaqtdan beri muxlislarini birdek oʻziga jalb etishini taʼkidladilar. Shuningdek, u premyeradan keyin bir hafta ichida Netflixning eng yuqori reytingli seriali sifatida rekord oʻrnatdi, 52 mamlakat orasida Netflix Top 10 taligida birinchi oʻrinni egalladi va AQShda ikkinchi oʻrinni egalladi.

2021-yil 20-noyabrda Arcanening birinchi mavsumi yakunlangach, Riot Games va Netflix 2022-yil uchun rejalashtirilgan 2-fasl ishlab chiqilayotganini eʼlon qildi.

Muqaddima Boy, utopik Piltover shahri va zulmga uchragan xaroba Zaun shahri oʻrtasidagi tartibsizliklar orasida opa-singillar Vi va Jinx oʻzlarini qarama-qarshi eʼtiqodlar va sirli texnologiyalar sababli avj olib borayotgan urushning qarama-qarshi tomonlarida topadilar.

Aktyorlar va qahramonlar

Asosiy

Vi (Violet) rolida Hailee Steinfeld Powder / Jinx rolida Ella Purnell Yosh Powder rolida Mia Sinclair Jenness Jayce Talis rolida Kevin Alejandro Caitlyn Kiramman rolida Ketie Leung Yosh Caitlyn Kiramman rolida Molly Harris Silco rolida Jason Spisak Viktor rolida Harri Lloyd Mel Medarda rolida Toks Olagundoye Vander rolida JB Blanc Ekko rolida Reed Shannon Yosh Ekko rolida Miles Brown Cecil B. Heimerdinger rolida Mick Wingert

Boshqa

Sevika rolida Amirah Vann Marcus va Tobias Kiramman rolida Remy Hii Cassandra Kiramman va Eve rolida Abigail Marlowe Mylo rolida Yuri Lowenthal Claggor rolida Roger Craig Smith Deckard va Salo rolida Josh Keaton Benzo rolida Fred Tatasciore Huck rolida Bill Lobley Grayson rolida Shohreh Aghdashloo Singed rolida Brett Tucker Shoola va Jules rolida Mara Junot Vern, Hoskel va Harold rollarida Dave B. Mitchell Fin rolida Miyavi Elora rolida Erica Lindbeck Ambessa Medarda rolida Ellen Thomas Babette rolida Mira Furlan Sky Young rolida Kimberly Brooks Imagine Dragons rolida oʻzlari JID rolida oʻzi Ray Chen rolida oʻzi

Saundtrek 2021-yil 20-noyabrda Amazon Musicda birinchi mavsum qoʻshiqlari chiqarildi. Serial Xitoyda Eason Chan tomonidan ijro etilgan „gàngīng (Gu Yong Chje)“ nomli boshqacha ochilish mavzusiga ega edi.

Yana qarang

League of Legends (Afsonalar Ligasi)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:Animatsion teleseriallar