Mahmud Rahimov (1955- yil 1-iyun, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 24-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Tarjimai hol va faoliyati Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. SSSR chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalar safida oʻynaganСафаров В. А. Энциклопедия футбола в Узбекистане 1912—2012. — Т. 2014. — С. 429..
1995 -yilda Toshkent viloyatining “Doʻstlik” jamoasiga rahbar etib tayinlangan boʻlsa, oradan bir yillar oʻtib klub bosh murabbiyi boʻlgan.
1999-yili Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻsha yillarda BAA termasini ortda qoldirib Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Rahimov vafotidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Yuriy Sarkisyan boshqargan. Sarkasyan boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi 2000-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchragan va oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan.
Vafotidan soʻng Rahimov 1999-yilda “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi” deb tan olingan. Toshkent viloyatida har yili yosh futbolchilar oʻrtasida Mahmud Rahimov xotirasiga bagʻishlangan turnir oʻtkazib kelinmoqda.
Yutuqlari
1999-yilda OFKning eng yaxshi murabbiyi
Manbalar
Havolalar
Footballfacts.ru Mahmud Rahimov championat.asia Mahmud Rahimov
Turkum:Kishilar Turkum:Murabbiylar Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari