Algofobiya yoki algiofobiya — bu ogʻriqdan qoʻrqadigan shaxslarda uchraydigan fobiya turlaridan biridir. Ogʻriqdan gʻayritabiiy va doimiy qoʻrquv boʻlib, ushbu qoʻrquv oddiy odam his qiluvchi qoʻrquvdan anchagina kuchliroqdirBarker, R. L. (1992). Fear and Phobias. Mental Health and the Elderly: A Social Work Perspective, 271.. Fobiyaning ushbu turini xulq-atvor terapiyasi va tashvishlanishga qarshi dorilar bilan davolash mumkin. Bu atama , álgos, „ogʻriq“ va , phóbos, „qoʻrquv“ soʻzlaridan olingan.
Xulq-atvor sozligi boʻyicha psixolog Sabino Mettaning soʻzlariga koʻra, fobik reaksiya oʻrganilgan xatti-harakatlar majmuasidir. Doʻstlarning turli kasalliklari va ogʻriqlari haqida eshitadigan keksa odam bunday reaksiyaning keng tarqalgan namunasi boʻlib kelishi mumkin. Bu odam muammolarni oldindan koʻra boshlaydi va ular bilan biror narsa sodir boʻlishidan oldin natijalarni boshdan kechiradiBarker, R. L. (1992). Fear and Phobias. Mental Health and the Elderly: A Social Work Perspective, 271.. Ushbu muammoga duch kelgan odamlarda, ehtimol, hyperalgesia () mavjud boʻlishi mumkin.
Ogʻriqdan qoʻrqish boʻyicha soʻrov (hozirda FPQ-III), ruhiy salomatlikni tekshirish vositasi boʻlib, oʻtmishda algofobiyani tekshirish uchun qoʻllanganMcNiel, D. & Rainwater, A (1998). Journal of Behavioral Medicine. Volume 21, Number 4..
Sabablar To'satdan qo'rqish holati va tashvish insonni xavfli vaziyatlardan himoya qiluvchi omildir. Agar biror kishi yovvoyi jonzotni ko'rsa, uning ushbu hayvondan qo'rqishi va qochishi tabiiy holatdir. Ammo surunkali og'riq bilan kurashuvchi odamlarda himoya choralari sifatida doimiy qo'rquv va xavotir paydo bo'lishi mumkin. Ular ko'proq og'riq keltirishi yoki og'riqni kuchaytirishi mumkin bo'lgan harakatlar yoki vaziyatlardan qochishadi. Afsuski, og'riq tahdidini bo'rttirib yuborish og'riqni yanada kuchaytirishi mumkin.
Inson miyasidagi qo'rquv va xavotirni tartibga soluvchi kimyoviy moddalar og'riqni qanday qabul qilishni tartibga soladi. Shu asnoda kimyoviy nomutanosiblik ikkala muammoni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Yana qarang Dental fobiya Fobiyalar ro'yxati
Manbalar
Turkum:Fobiya