Avi Wigderson () (); 9-sentyabr 1956-yilda tugʻilgan) – Isroillik matematik va kompyuter injeneri. Wigderson Princetondagi Ilgʻor tadqiqotlar instituti matematika maktabining Herbert H. Maass professoridir. Uning ilmiy qiziqishlari murakkablik nazariyasi, parallel algoritmlar, grafiklar nazariyasi, kriptografiya, taqsimlangan hisoblash va neyron tarmoqlardan iborat. Wigderson 2021-yilda nazariy informatika sohasidagi ishlari uchun Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Hayoti Avi Wigderzon 1956-yilda Isroilning Hayfa shahrida tugʻilgan. 1980-yilda Technionda bakalavriat bosqichini tamomlagach, AQShda joylashgan Princeton universitetiga aspiranturada oʻqish uchun borgan. Wigderzon 1983-yilda Richard Lipton rahbarligida „Hisoblash murakkabligi boʻyicha tadqiqotlar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan soʻng, kompyuter fanlari boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Faoliyati Wigderzon Berkeleydagi Californiya universitetida, San Jose, Kaliforniya tadqiqot markazida va matematika fanlari tadqiqot institutida qisqa vaqt ishlagandan soʻng, 1986-yilda Quddus yahudiy universitetiga toʻliq ishga joylashgan.

U 1999-yilda AQShdagi Ilgʻor tadqiqotlar institutiga ishga joylashgan. 2003-yilda esa Quddus yahudiy universitetida toʻliq kunlik asosda ishlashdan bosh tortganQisqacha hayoti from Wigdersonʼs web site, retrieved 3-may 2010-yil.

Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining, 2013-yilda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM ilmiy xodimi etib tayinlangan.

Mukofotlari 1994-yil Wigderson „hisoblash murakkabligi nazariyasi“ uchun Nevanlinna mukofoti bilan taqdirlangan. 2009-yil Omer Reingold va Salil Vadhan bilan birga grafiklarning zig-zag mahsuloti ustida ishlagani uchun Gödel mukofotini qoʻlga kiritgan. Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. 2013-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylanganNational Academy of Sciences Members and Foreign Associates Elected , National Academy of Sciences, 30 April 2013.. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM Fellow aʼzosi boʻlgan. 2019-yilda Wigderson „tasodifiylashtirilgan hisoblash, kriptografiya, sxema murakkabligi, isbot murakkabligi, parallel hisoblash va asosiy grafik xususiyatlarini tushunish kabi sohalarda informatika asoslariga qoʻshgan hissasi uchun“ Knuth mukofotiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Havolalar Avi Wigdersonʼs home page https://web.archive.org/web/20220920172545/http://www.nasonline.org/member-directory/members/20029965.html

Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari