Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (; 1971-yil 22-oktyabr,Ko‘mirtepa qishog‘ida ,Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. 2012-yilning noyabr oyidan buyon „Nasaf“ futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Futbolchilik faoliyati 1992—1996-yillarda „Yangiyer“ klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha „Nasaf“da oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati 2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u „Nasaf“ bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda „Nasaf“da ishlagan va ushbu klub bilan AFC Kubogi qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.
2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u „Nasaf“ga bosh murabbiy boʻldi va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana „Nasaf“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Milliy terma jamoa 2017-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (2011, 2017, 2020, 2024) Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022) Oʻzbekiston kubogi sohibi : (4) (2015, 2021, 2022, 2023) Oʻzbekiston kubogi finalchisi (2003, 2011, 2012, 2013, 2016) Oʻzbekiston Superkubogi sohibi : (3) (2016, 2023, 2024) Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi : (2021, 2022) AFC Kubogi sohibi : (1) (2011) AFC Osiyo chempionlar kubogi yarim finalchisi: 2001/2002 AFC Kubogi finalchisi (2021)
Murabbiy sifatida
Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi : 2013, 2016, 2017, 2020, 2021
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari