Frank Henry Pierre Ribéry((); 1983-yil 7-aprelda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Serie A Salernitana klubida toʻp tepadi hamda jamoa sardori hisoblanadi. U asosan vinger sifatida maydonda harakat qiladi. Asosan chap qanotda tezligi, kuchi, mahorati va aniq uzatmasi bilan mashhur. Riberi tez, ayyor va qoyilmaqom dribling egasidir. Toʻpni oyoqlari ostida nazorat qila oluvchi futbolchi sifatida taʼriflangan. „Bavariya“ bilan birga u jahon sahnasida oʻz avlodining eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olingan. Fransiya terma jamoasining oldingi sardoriZinedin Zidan bir vaqtlar Riberini „fransuz futbolining javohiri“ deb atagan edi.
Riberining faoliyati 1989-yilda mahalliy „Konti Bulon“ klubida yosh futbolchi sifatida boshlangan. U yetti yildan soʻng „Lill“ professional jamoasiga oʻtish uchun klubni tark etadi. Ammo moslashishda qiyinchiliklarga duch kelganidan keyin uch yildan soʻng Lil bilan ham xayrlashadi. 1999-yilda Riberi US Boulogne tarkibida kelib qoʻshiladi va jamoas ikki yil davomida maydonda harakat qiladi. Faoliyatining keyingi ikki yilini havaskorlar divizionida ikkita klub (Alès va Brest) da oʻtkazgandan soʻng, Riberi 2004-yilda Liga 1ning Metz klubiga oʻtadi. Klub bilan olti oy oʻtgach, Riberi 2005-yilning yanvarida Turkiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Turkiya kubogini qoʻlga kiritgan "Galatasaroy " jamoasi tarkibida toʻp tepishni boshladi. „Galatasaroy“da olti oy harakat qilgandan soʻng, u „ Marsel“ klubi tarkibiga qoʻshilish uchun Fransiyaga qaytish uchun munozarali tarzda klubni tark etadi. Riberi ikki mavsumni klubda oʻtkazdi va „Marsel“ga ketma-ket mavsumlarda Fransiya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.
2007-yilda Riberi Germaniyaning „Bavariya“ klubiga oʻsha paytdagi rekord darajadagi 25 million yevro evaziga qoʻshildi. „Bavariya“ bilan u toʻqqiz marta Bundesliga chempioni (oʻsha paytda Bundesliga rekordi), olti marotaba DFB-Pokal gʻolibligi, bir martaUEFA Chempionlar Ligasi va bir marotaba FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozongan. Oʻn ikki mavsum davomida, jumladan, beshta dubl va bir trebl, bu oʻsha paytdagi klub rekordi 24 titulni tashkil etadi. Klubning 2012—13-yilgi treblga erishgan mavsumida Riberi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan birga 2013-yilgi FIFA „Oltin toʻp“ uchun top uchlik nomzodlar roʻyxatida koʻrsatildi. „Bavariya“dagi uzoq yillik faoliyati davomida Riberi oʻzining hamkasbi vinger Aren Robben bilan samarali hamkorligi bilan ham tanilgan — ular birgalikda Robbery laqabi bilan muxlislar orasida obroʻ qozonishgan. U 2019-yilning yozida „Bavariya“ni tark etdi va keyinchalik Italiyaning „Fiorentina“ klubiga oʻtdi, Robben esa futbolchilik faoliyatini butunlayga yakunladi.
2006-yildan 2014-yilgacha Riberi 81 uchrashuvda Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U ikkita FIFA Jahon chempionatida (2006 va 2010) va ikkita UEFA Yvropa chempionatida (2008 va 2012) jamoa uchun toʻp tepgan. Individual ravishda Riberi uch karra Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini sohibi, shuningdek, Germaniyaning yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritib, har ikki sovrinni qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. U, shuningdek, UEFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasi tarkibiga loyiq deb topiladi va Fransiyada yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb eʼlon qilinadi. 2013-yilda Riberi UEFAning Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. 2013-yilda u The Guardian nashrining dunyoning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida ham toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Yoshligi Riberi 1983-yil 7-aprelda Pas-de-Kalening Bulon-sur-Mer shahrida tugʻilgan va shahar chetidagi kam taʼminlangan mahallada oʻsgan. U ikki yoshga toʻlganida oilasi bilan tugʻilib oʻsgan shahrida avtohalokatga uchrab, yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketishgan. Halokat natijasi uning butun tanasida yuzdan ortiq choklar paydo boʻlgan va yuzining oʻng tomonida ikkita uzun chandiq saqlanib qolgan. Qoshlarida esa jiddiy jarohat izlari saqlanib qolgan. 2003-yilda Stade Brestoisga qoʻshilishdan oldin u otasi bilan qurilish ishchisi boʻlib ishlagan. Riberi oʻsha davrlardagi mashaqqatlarni „oʻrganish tajribasi“ deb atagan.
Jamoalardagi faoliyati
Dastlabki yillar Riberi futbolchilik faoliyatini olti yoshida FC Conti de Boulogne-sur-Mer havaskor klubining yoshlar jamoasida oʻz futbolchilik faoliyati uchun ilk qadamlarni tashlagan. Yetti yillik faoliyatdan soʻng, 1996-yilda u ikkinchi divizionda oʻynagan „Lill“ professional jamoasiga qoʻshildi. Lillda boʻlganida, Riberi sportda ustunlik qildi, ammo akademik va xulq-atvor muammolari boʻyicha toʻsiqlarga duch keldi. Ushbu harakatlar natijasida Lill klubi rahbariyati u bilan shartnomani bekor qilishga majbur boʻlishadi. 2012-yilda „Bavariya“ tarkibida sobiq jamoasi „Lill“ga qarshi CHempionlar ligasi oʻyini oldidan matbuot anjumanida Riberi tirsagi singanidan soʻng Lill akademiyasidan qoʻyib yuborilganini va „Lill“ rasmiylari avvalroq uni akademiyadan chetlatmoqchi boʻlganini taʼkidlaydi.
Lillni tark etgandan soʻng, Riberi oʻz shahriga qaytib, shaharning eng katta klubi — Bulonga qoʻshiladi. Zaxira jamoasida bir yil oʻynagach, kattalar jamoasiga koʻtarildi. Riberi oʻzining debyut mavsumida bor-yoʻgʻi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi, chunki Fransiya futbolining toʻrtinchi divizioni boʻlgan CFAda oʻynagan Bulon uchinchi darajali Championnat Nationalga koʻtarilgan edi. Klubdagi ikkinchi mavsumida Riberi liganing 25ta oʻyinida maydonga tushib, beshta gol urdi. Bulon 17-oʻrinni egallagan edi. Bu holat esa toʻrtinchi divizionga qaytishni anglatardi. Riberining kuchli oʻyinlari unga milliy klub Olimpik Alesga oʻtishga sabab boʻldi. Klubdagi yagona mavsumida Riberi 18 ta oʻyinda maydonga tushib, atigi bitta gol urgan.
Mavsumdan soʻng, xavfsiz yakunlanganiga qaramay, klub bankrot deb eʼlon qilingandan soʻng, Alès DNCG tomonidan Fransiya futbolining oltinchi divizioni boʻlgan „Divizion d’Honneur“ga tushib ketadi. Olingan xabar Riberining yana bir Championat National klubi Stade Brest bilan shartnoma imzolashiga olib keldi. Brestda Riberi oʻzini ligada 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan birinchi oʻyinchi sifatida koʻrsatdi. Riberi va umuman jamoaning oʻyini klubni ligada ikkinchi oʻrinni egallashiga olib keldi va shu tariqa Liga 2 ga koʻtarildi.
Brestdagi muvaffaqiyatiga qaramay, Riberi Fransiya futbolining yuqori divizioni boʻlgan Liga 1da oʻynashga intildi. Metzning menejeri Jan Fernandes uni yoqtirib, tekinga oʻz safiga qoʻshib olganida uning orzusi amalga oshdi. Riberi Metzda atigi yarim mavsum oʻtkazdi, ammo 2004-yil avgust oyida UNFP tomonidan oyning eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻlishi bilan taassurot qoldirdi. U 6-noyabr kuni „Tuluza“ bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda „Metz“ uchun ligadagi yagona golini kiritdi. Uning yarim himoyaning oʻng tomonidagi ajoyib oʻyini Metz muxlislarini uni sobiq Metz futbolchisi Robert Pires bilan solishtirishga olib keldi. Muddatni uzaytirish boʻyicha muzokaralar murosasiz yakunlanganidan soʻng, Riberi Turkiyaga koʻchib oʻtdi. U yerda u 2005-yilning 1-fevralida uch yarim yillik shartnoma imzolab, Galatasaroy jamoasiga oʻtdiRibéry ripe for Galatasaray.
Galatasaray SK "Galatasaroy" jamoasiga Riberini bosh murabbiy Georghe Hagi olib keldi va klub 3-oʻrinni egallagani holda Riberi 14ta liga oʻyinida maydonga tushdi. „Galatasaroy“ tarafdorlari klubda oʻynab yurgan vaqtida uning oyoqlari ostidagi toʻp bilan tez tezlashishi va yuzining oʻng tomonida joylashgan katta chandiq tufayli „Scarface“ laqabini qoʻyishgan. Turkiya kubogida Riberi klubning raqibi Fenerbaxcheni musobaqaning yakuniy oʻyinida 5:1 hisobida magʻlub etishida muhim rol oʻynadi. U 16-daqiqada hisobni ochdi va yana bir golga assistentlik qildi. Keyinchalik Riberi 52-daqiqada almashtirildi va „Galatasaroy“ 3:1 hisobida oldinda ketdi. Kubok uchun kechgan baxsdagi gʻalabi Riberi uchun birinchi katta yutuqqa erishish uchun yoʻl ochib berdi.
Marselga oʻtish thumb| Riberi 2005-yil oktabr oyida „Marsel“ bilan „Lill“ga qarshi oʻyinda 2005-yil 15-iyunda Riberi Fransiyaga qaytib, Liga 1 klubi Marselga qoʻshilib, besh yillik shartnoma asosida sobiq bosh murabbiy Jan Fernandes qoʻl ostida toʻp surishini eʼlon qildi. „Galatasaroy“ uchun bu harakat hayratlanarli boʻldi, chunki Riberi Metzga 2 million yevro yillik maosh taklif qilingan edi. Riberi unga klub tomonidan maoshi berilmaganini taʼkidladi va FIFA dan shartnomani bekor qilishni soʻradi. U shuningdek, mavsum davomida bir paytlar sobiq agenti va Galatasaroy direktori tomonidan beysbol tayoqchasi bilan tahdid qilinganini tasdiqladi. Uning harakatini eʼlon qilganidan bir kun oʻtib „Galatasaroy“ mutasaddilari va menejeri Erik Gerets futbolchini klubga xiyonat qilgani uchun tanqid qildi va FIFAdan vaziyatni oʻrganishni soʻrash niyatida ekanini maʼlum qildi.
2005-yil iyul oyida FIFA Riberi foydasiga qaror chiqardi va Galatasaroyning oʻyinchining aybi haqidagi daʼvolarini rad etdi. Bunga javoban turk klubi FIFA qaroriga eʼtiroz bildirish qarorini eʼlon qilib, Xalqaro Sport arbitraj sudiga murojaat qildi. 2007-yil 25-aprelda sud ularning apellyatsiyasini qanoatlantirmadi va sud oʻz bayonotida Riberining 2004-05-yilgi mavsum oxirida turk klubi bilan shartnomasini asosli sabablarga koʻra bekor qilganini va shuning uchun Galatasaroy hech qanday huquqqa ega emasligini eʼlon qildi.
2005-06-yilgi mavsum Kelgach, Riberiga 7-raqamli futbolka topshirildi va 2005-yilning 30-iyulida „Bordo“ga qarshi oʻyinda (2:0) sariq kartochka olgan holda oʻz debyutini amalga oshirdi. 17-sentabr kuni u „Troyes“ ustidan qozonilgan gʻalabada (2:1) klub uchun birinchi golini kiritdi. Ikki hafta oʻtgach, Riberi oʻzining sobiq jamoasi Metz va Nitssa ustidan gʻalaba qozonib, ketma-ket oʻyinlarda gol urdi. 19-noyabr kuni Riberi „Nant“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golni urdi. Gol deyarli 35 metr uzoqlikdan kiritiladi. Keyinchalik, tarafdorlar tomonidan mavsumning goli deb topildi.
Fransiya kubogida Riberi „Gavre“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va „Marsel“ning „Renn“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan yarim final uchrashuvida birinchi golni urdi. Gʻalaba „Marsel“ni 2006-yilgi finalga olib chiqdi, u yerda ular Le Classique raqibi Parij Sen-Jermen bilan toʻqnash kelishdi, bu esa Riberining ketma-ket ikkinchi kubok finalida ishtirok etishiga sazovor boʻldi. Afsuski, Marsel Parij klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Yevropada Riberi UEFA Intertoto kubogida Italiyaning „Latsio“ klubi va Ispaniyaning „Deportivo de La Korunya“ klubi darvozasiga ikkita gol urdi. UEFA kubogida u Marselning 32-turidan oʻrin olgan Premer-liganing „Bolton Uonderers“ klubiga qarshi javob oʻyinida bitta gol urdi va gol urdi. Keyinchalik Riberi Milliy Professional Futbolchilar Ittifoqi (UNFP) tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
2006-07-yilgi mavsum Riberining 2006-yilgi Jahon chempionatida xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatidan soʻng, Angliyaning „ Arsenal“ klubi futbolchi uchun 15 million yevro miqdorda taklif kiritadi va uchun jiddiy kurash olib boradi. Biroq, fransuz uchun 30 million yevro taklif qilgan Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi „Arsenal“ni magʻlub qiladi. Marsel direktorlariga koʻra, Olimpik Lionning raqiblari ham Riberining xizmatlarini qidirdi, prezident Pape Diuf esa, Lion prezidenti Fransiya terma jamoasiga va Riberining oʻzi 2006-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati vaqtida tashrif buyurgani aniqlanganidan keyin Jan-Mishel Aulasni Riberini qoʻllab-quvvatlaganlikda aybladi. Keyinchalik Diuf Aulasni xatti-harakatlari uchun Ligue de Football Professionnel (LFP) ga shikoyat qilish bilan tahdid qildi. U Riberining sobiq agenti Bruno Xaydershaydni futbolchiga yomon maslahat berganlikda ayblashgacha bordi. Marsel Riberining shartnomasi tugashiga qariyb toʻrt yil qolganda, uni oʻyindan chetlatgan deb eʼlon qilishda davom etdi. 2006-yil 11-avgustda Riberi 2006-07-yilgi mavsumda klubda qolish niyatini tasdiqladi. thumb| Riberi hakam Herve Piccirilloga qarshi.