Hiromi Ikeda (1975-yil 22-dekabrda tugʻilgan, sobiq ism-sharifi; Xiromi Isozaki ) – yaponiyalik sobiq futbolchi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Ikeda 1975-yil 22-dekabrda Honjo shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Tasaki Perule futbol klubiga qoʻshildi. Hiromi klubdagi dastlabki mavsmi, 1995-yilda Eng yaxshi yosh oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, 10 yil davomida (1999—2008) liganing eng yaxshi oʻn bir oʻyinchilaridan biri sifatida tanlangan. 2008-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan. 2008-yilgi mavsum oxirida futboldagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan. U L.Ligada 236 ta oʻyinda maydonga tushgan. Yaponiyaning juda koʻplab OAV muhbirlari Ikedaning butsalarini „mixga ilishini“ keng matbuotda yoritishgan va bu Yaponiya ayollar futboli uchun katta yoʻqotish ekanligini taʼkidalab oʻtishgan.

Terma jamoadagi faoliyati

1997-yil 8-iyunda Ikeda Yaponiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi debyut qilganhttp://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/data/WGame.pdf. U 1999, 2003, 2007-yillardagi jahon chempionatlarida terma jamoa aʼzosi boʻlgan, shuningdek, 2004 va 2008-yillardagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Hiromi 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida sardor sifatida oʻynagan, chunki jamoaning asosiy sardori Yumi Obe zaxirada qoldirilgan edi. Ikeda Olimpiya oʻyinlari davomida haqiqiy yetakchi ekanligi isbotlagan. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin u 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha terma jamoa sardor boʻlgan. 2008-yilgacha Yaponiya terma jamoasi safida 119 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol muallifi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

Ikeda 2007-yilda turmushga chiqqanidan soʻng oʻz ism-sharifini Hiromi Isodzaki () dan Hiromi Ikeda () ga oʻzartirgan.

Milliy terma jamoadagi statistikasi

YaponiyaYilOʻyinGol199760199890199980200050200110320026020031112004100200590200617020071602008120Umumiy1194

Terma jamoadagi gollari № Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir 4. 2003-yil 13-Iyun Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand 5–0 7–0 2003 AFC Ayollar oʻrtasidagi chempionat Yutuqlar Klubda Tasaki Perula 2003-yil Futbol boʻyicha yaponiya chempionatida gʻoliblikni jamoasi bilan qoʻlga kiritgan Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori: (1999, 2002, 2003, 2006)

Terma jamoa tarkibida 2008-yilda oʻtkazilgan ayollar futboli boʻyicha sharqiy Osiyo chempionati gʻolibihttp://www.eaff.com/10fa/fa10/index.htmlhttp://uk.eurosport.yahoo.com/10052012/2/japan-wants-australia-east-asian-cup.html

Shaxsiy yutuqlar 1995-yilda L Liganing Eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi gʻolibasi

Manbalar

Havolalar

Hiromi Ikeda – FIFA competition record

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yaponiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli himoyachilari Turkum:Tasaki Perule FC futbolchilari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari