„Buket“ (, yaʼni „Guldasta“) — sovet va rus qoʻshiqchisi Aleksandr Barikin ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq musiqasini Barikinning oʻzi shoir Nikolay Rubtsov 1987-yil yozgan sheʼrga bastalagan.

„Buket“ qoʻshigʻi ilk bor 1987-yil „Po vashim pismam“ rukni doirasida Barikin hamda Vladimir Kuzminning qoʻshma singli oʻlaroq chiqarilgan. 1988-yilda esa Barikinning „Buket“ nomli albomiga kiritilgan.

Qoʻshiq „Pesnya goda-87“ festivalida ijro etilganidan keyin butun Sovet Ittifoqi boʻylab tanilgan. „Buket“ chiqarilishi ortidan Barikinni rock musiqani tark etib, estrada artistiga aylanganlikda ayblashgan. Shuning uchun Barikin oʻz qoʻshigʻini yoqtirmay qoʻygan.

Qoʻshiqni Barikin oʻzining „Karnaval“ guruhi bilan studiyada yozib olgan. Aleksandr Kalyanov hamda O. Stupka ovoz rejissori vazifasini oʻtagan, A. Lushkin esa ashula yozuvini tahrir qilgan. Qoʻshiq yozilishini Barikin quyidagicha xotirlagan:

Manbalar

Havolalar

Turkum:Aleksandr Barikin qoʻshiqlari Turkum:1987-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar