„Tears Donʼt Fall“ Uelsda tuzilgan Bullet for My Valentine heavy metal guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning The Poison nomli ilk studiyaviy albomining toʻrtinchi singli oʻlaroq 2006-yilning 17-iyunida chiqarilgan. Trustkill Records leybli tomonidan eʼlon qilingan. „Eng yaxshi singl“ nominatsiyasida Kerrang! mukofotini oldi. Qoʻshiq AQShda chop etiladigan Billboard jurnali yuritadigan Hot Mainstream Rock va Alternative Rock hit-paradlarida mos ravishda 24- va 32-pogʻonaga koʻtarildi. 2013-yilda guruh ushbu qoʻshiqning davomi boʻlmish „Tears Donʼt Fall (Part 2)“ ni omma eʼtiboriga taqdim etdi, bu ashula guruhning Temper Temper nomli toʻrtinchi studiyaviy albomida eʼlon qilindi.

Klipi Qoʻshiq klipiga Tony Petrossian rejissorlik qilib, u erkak va ayol oʻrtasidagi munosabatning qisqacha tarixi haqida hikoya qiladi. Klip juftlikning mashinadagi ishqiy munosabatlaridan boshlanadi. Ertasiga ham ayol xuddi kechagidek munosabat xohlaydi, biroq erkak buni istamaydi. Juftlik mashinada ketishayotganida, yoqilgʻi tugaydi. Erkak mashinasiga yoqilgʻi quyayotganida, ayol unga yaqinlashadi, oqibatda yoqilgʻi solingan kanistra erkakning qoʻlidan tushib ketib, toʻkiladi. Bundan jahli chiqqan erkak ayolni oʻzini qoldirib, mashinani haydab ketadi. Erkak mashinasi bilan mehmonxonada toʻxtaydi va oq-sariq sochli qiz bilan munosabatlarni boshlaydi. Yoʻlda qolib ketgan ayol esa yayov yurib, erkak kelgan mehmonxonaga yetib keladi. U erkak tashlab ketgan kanistrani olib, toʻgʻri yangi juftlik birga boʻlgan mehmonxona xonasiga kirib boradi hamda yondirib yuborish maqsadida juftlik va oʻziga benzin sepadi. Soʻng, zajigalkani yotoq ustiga tashlaydi, ammo u oʻt olmaydi. Chunki, kanistradagi benzin emas, oddiy suv boʻladi. Keyin, ayol dahshatga tushgan juftlikka qarab, istehzoli jilmayadi. Shuningdek, klip davomida Bullet for My Valentinening kuchli yomgʻir ostida ijro etayotgani ham koʻrsatiladi.

2022-yil mart holatiga koʻra, klip YouTubeda 202 million oshiq marta koʻrilgan.

Hit-paradlar Hit-parad (2006) Oʻrni (Suomen virallinen lista)17

Jamoa Matthew „Matt“ Tuck — asosiy vokal, ritm- va solo-gitara Michael „Padge“ Paget — solo-gitara, bek-vokal Michael „Moose“ Thomas — barabanlar Jason „Jay“ James — bas-gitara, bek-vokal Manbalar

Havolalar Rasmiy klip

Turkum:2006-yil qoʻshiqlari Turkum:Bullet for My Valentine qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar