thumb| Hayit muborak Iyd Muborak ( — muborak bayram) — arabcha Qurbon hayiti va Ramazon hayiti uchun bayram tabrigi. Arablar uchun „Iyd Muborak“ tabrigi har qanday bayramning umumiy tabrigi boʻlib, oʻzbek tilidagi „Bayramingiz bilan!“ tabrigining oʻxshashidir.

Barcha bayramlar uchun tabriklar Arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar anʼanaviy „Iyd Muborak“ tabrigi bilan bir qatorda quyidagi soʻzlar bilan ham bir-birlarini qutlashadi:

Idukum Muborak () ‎ — Bayramingiz muborak boʻlsin! Taqobbala-llohu minna va minkum ( ‎ — Alloh bizdan va sizdan qabul qilsin! Taqobbala-llohu minna va-minkum saliha-l-aʼmal () ‎ — Alloh bizdan ham, sizdan ham solih amallarni qabul qilsin! Iyd muborak va kull am va ummata-l-islom bihayr () Bayram muborak boʻlsin va har yili islom ummati sogʻ (yaxshi holatda) boʻlsin! Jaʼala-llohu ʼidakum muborak ( ‎ — Alloh bayramingizni barakotli qilsin!

Kirib kelgan Ramazon oyi va Ramazon hayiti bilan tabriklash Ramazon oyi kirib kelishi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar quyidagi soʻzlar bilan tabriklaydilar:

Ramazon karim ( ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ — (sizlarga) ‎ Ramazon oyi muborak boʻlsin! Ramazon Muborak ( ‎ — Ramazon oyi muborak! Shahr Muborak ( ‎ — Oy (Ramazon) muborak boʻlsin! Aharra-llohu ʻuyunakum fi Ramazon bi-lyaẕẕati-l-ʻashar va-suḥbati-l-ʻahyar va-rahmati-l-Gʻaffor va-jannati-l-ʻabror () — Alloh taolo Ramazon oyida koʻzlaringizni shirin oqshomlar va tanlanganlar doʻstligi, magʻfiratlilarning rahmati va taqvodorlarning jannati bilan xursand qilsin! Xavatim Muborak ( — Oxirgi kunlar (Ramazonning) muborak boʻlsin!

Haj (Umra) va Qurbon hayiti bilan tabriklash Qurbon hayiti kelishi bilan, shuningdek, Haj (Umra) ziyorati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar bir-birlarini quyidagi soʻzlar bilan tabriklashadi:

Hajjuka maqbulya ( ‎ — Hajingiz qabul boʻlsin! Umratuka maqbulya ( ‎ — Umrangiz qabul boʻlsin! Taqabbala-llohu mink () — Alloh sizdan qabul qilsin! Turkum:Tabriklar Turkum:Islomiy bayramlar Turkum:Hayit