Zeta () - texnik uzum navi. Vengriyada oq sharob ishlab chiqarish uchun yetishtiriladi.

Kelib chiqishi Bu nav Vengriyaning Pech shahrida 1951-yilda Bouvier × Furmint navlarini payvandlash orqali hosil qilingan. Chatishtirishni selektsioner Ferents Kiray Oremus vino zavodida Oremus nomi bilan amalga oshirgan. 1990-yilda navni keng miqyosda yetishtirishga ruxsat berilgan. 1999-yili vengriyalik yozuvchi Geza Gardonining „Koʻrinmas odam“ romani qahramoni Zeta sharafiga Zeta deb oʻzgartirilgan.

Yetishtiriladigan hududi Vengriyaning Tokaj-Hegyalya hududida yetishtiriladi.

Asosiy xususiyatlari Bargi oʻrtacha kattalikda, uch yoki besh boʻlakli. Band chiqarish chuqurchasi yopiq, tomchi shaklidagi yoriqchali. Shingili kichik oʻlchamda, silindrsimon, shalviragan, kamdan-kam hollarda — oʻrtacha zichlikda. Rezavorlari yumaloq, toʻliq pishganida oltin rangda, quyoshga qarab turgan tomoni qahrabo tusda. Poʻsti yupqa, moʻrt. Magʻzi yengil, oʻziga xos xushboʻy hidli, sersuv. Shakar miqdori odatda juda yuqori, 22-27 % oraligʻida, ishqoriyligi standart. Serhosil, ayniqsa, payvandtag Furmint navi bilan qiyoslaganda. Erta-oʻrta pishar. Texnik yetuklik faol haroratlar yigʻindisi 2500-2600°C darajani tashkil etgan sentabr oyining oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Bu nav payvandtag Furmintdan 5-6 hafta oldin yetiladi. Asosiy uzum kasalliklariga qarshi chidamlilik zaif. Yetarli himoya qilinmasa, chirish kasalligi kuchli ziyon yetkazadi, oidiumga unchalik emas. Noqulay iqlim sharoitida kulrang chirish kasalligiga ham koʻp uchraydi.

Qoʻllanilishi Bu nav, garchi baʼzi sharob ishlab chiqaruvchilar quruq oshxona sharoblarini tayyorlash uchun foydalanishsa-da, tokaj vinolarini ishlab chiqarishda yordamchi vosita sifatida baholanadi, Baʼzan bir navli sharoblarni tayyorlash uchun ishlatishadi. Bunday sharoblar oq mevalar (yashil olma, nok) qoʻshimchalari bilan ajralib turadi. Ushbu uzumdan tayyorlangan sharoblar uzoq saqlanishi mumkin.

Sinonimlari Oremus, Oremus.

Adabiyotlar

Jancis Robinson, Julia Harding, José Vouillamoz. Zéta // Wine Grapes — A complete guide to 1,368 vine varieties, including their origins and flavours (angl.). — Penguin Books, 2012. — ISBN 978-1-846-14446-2.

Manbalar

Turkum: Vengriya Sharoblari