Gay Edvard Pirs (1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan)http://www.filmreference.com/film/14/Guy-Pearce.html —millati ingliz, ammo Avstraliyada tugʻulgan. Pirs oʻz karerasini avstraliyalik „Qoʻshnilar“ teleserialida Mayk Yang obrazini tasvirlashdan boshlagan. U ilk bor „Sahro qirolichasi Priskillaning sarguzashtlari“ (1994) filmidagi asosiy roli uchun mashhurlikka erishdi va keyin Kertis Xansonning „LA Confidential“ (1997), Kristofer Nolanning „Memento“ (2000) va Saymon Wellsning „Vaqt mashinasi“ (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Pirs Kormak Makkartining „Yoʻl“ (2009), Ketrin Bigelouning „Buzilgan shkaf“ (2010) jangovar dramasi va Tom Huperning „Qirolning nutqi“ (2010) tarixiy dramasidagi rollari bilan chinakam muaffaqiyatga erishdi. U Ridli Skottning „Prometey“ (2012) va „Oʻzga sayyoralik: Kelishuv“ (2017), Marvelning „Temir odam 3“ (2013) nomli ilmiy-fantastik filmi va „Shotlandiya qirolichasi Meri“ tarixiy filmida (2018) suratga tushgan.

Avstraliya kinosida u „Taklif“ (2005), „Hayvonlar qirolligi“ (2010), „33 ta otkritka“ (2011), „Rover“ (2014), „Odamni ushlab turish“ (2015) va „Aus sehrgarlari“ (2016) filmlarida suratga tushgan. 2012-yildan beri u avstraliyalik kriminal yozuvchi Piter Templning „Jek-Irlandiya hikoyalari“ teledasturlarida bosh rolni oʻynagan. Pirs Todd Xeynsning „Mildred Pirs“ (2011) seriyalida va HBO ning „Mare of Easttown“ jinoyatchilik nomli serialida rol oʻynagan. Pirs „Mildred“ roli uchun „Primetime Emmy“ mukofotini qoʻlga kiritdi va koʻplab mukofotlarga, jumladan, „Oltin globus“ mukofotiga, uchta „kino aktyorlari gildiyasi“ mukofotiga va „Avstraliya kino akademiyasi mukofoti“ga sazovor boʻldi.

Dastlabki hayoti

Pirs Angliyaning Kembridjshir shtatidagi Eli shahrida 1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan. Uning otasi Styuart Pirs boʻlib Yangi Zelandiya Qirollik havo kuchlari uchuvchisi va RAF`larni sinovchi uchuvchi boʻlgan, onasi Anna Koʻking ingliz maktabida oʻqituvchi edihttps://www.upi.com/topic/Guy_Pearce/. Uning Treysi ismli katta opasi borhttps://www.theguardian.com/culture/2018/aug/21/guy-pearce-everybody-feels-fragile-neighbours-the-innocents-netflix. Pirs uch yoshga toʻlganda, oila Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Geelong shahriga koʻchib oʻtdi. Pirs sakkiz yoshga toʻlganda, otasi Navbatdagi RAF`ni sinash vaqtidagi muaffaqiyatsizlik tufayli xalok boʻlganhttps://aviation-safety.net/database/record.php?id=19760806-0https://www.theguardian.com/film/2007/mar/04/2. Pirs Geelong kollejida oʻqigan va Geelong Dramatik Sanʼat Jamiyatining (GSODA) yosh oʻyinchilar aʼzosi boʻlgan. U 16 yoshida u raqobatbardosh havaskor bodibilder boʻlib, Kichik Janob Viktoriya unvoniga erishgan. U 1980-yillarning oxirida Viktoriya shtatining Box Hill North shahrida yashagan va shu yillarda Avstraliyaning „Qoʻshnilar“ dramasi serialida ham rol ijro etgan. Uning birinchi filmdagi chiqishi, hali Geelong kollejida boʻlganida, Viktoriya prorektori tomonidan moliyalashtirilgan, Piter Leyn tomonidan ishlab chiqarilgan va rejissorlik qilingan „Universitetdagi hayot va oʻqish“ filmida edi. Pirs 17 yoshda edi va 21 yoshli talaba rolini ijro etgan.

Faoliyati va yutuqlari

Film va telivediniya

Pirs 1985-yilda Avstraliyaning „Qoʻshnilar“ serialida rol oʻynaganidan soʻng oradan bir necha yil oʻtib Mayk Yang rolini ijro etish uchun televediniyaga taklif etildi. Pirs, shuningdek, „Uyda va tashqarida“ (1988) va Qorli daryo: Makgregor dostoni (1993) kabi boshqa teleseriallarda ham rollar ijro etdi. Rejissor, produser va yozuvchi Frenk Xouson oʻzining dastlabki uchta filmilari „Jannat tuni“, „Ov“ va „Flinn“ filmlarida Pirs bilan ishladi va 1991-yilda „Ov“ filmining premerasi uchun Kann kinofestivaliga borishi uchun moliyalashtirildi. Xauson tomonidan moliyalashtirilgan reklama kampaniyasi Pirsni xalqaro kino sanoati tanishtirdi. Koʻp oʻtmay u oʻzining birinchi yirik kino yutugʻini 1994-yilda „Sahro malikasi Priskillaning sarguzashtlari“ filmidagi rolini qoʻlga kiritdi. Shu vaqtdan boshlab u AQShning bir qancha spektakllarida, jumladan, LA Confidential, Ravenous, Rules of Engagement sahna koʻrinishlarida va „Memento“, „Graf Monte-Kristo“ va „Vaqt mashinasi“ kabi filmlarda yirik rollarni ijro etdi. Pirs „Fabrika qizi“ filmida rassom, Endi Uorxolning „Oʻlimga qarshi harakatlar“ filmida Garri Xud obrazlarini yaratgan. U, shuningdek, Adam Sandler bilan birga „Yoʻl“ va „Uyqudan oldin hikoyalar“ filmlarida ham chiqish qildi. Pirs avstraliyalik Nik Cave tomonidan yozilgan The Hard Word (2002) va The Proposition (2005) kabi avstraliya film sanoatida ham faoliyatini davom etdi. 2009-yilning yanvarida Pirs yetti yillik tanaffusdan soʻng sahnaga qaytdi. U Melburn teatr kompaniyasining Mett Kemeron va Tim Finn hammuallifligida yaratilgan „Kambagʻal bola“ musiqali spektaklida rol ijro etdihttps://www.abc.net.au/7.30/guy-pearce-returns-to-the-stage/2676536. 2009-yilda u The Hurt Locker filmida shtab-serjant Metyu Tompson rolini ijro etgan. 2010-yilda u „Qirolning nutqi“ filmida qirol Edvard VIIIning amakivachchasi Uels shahzodasi Devid rolida paydo boʻldi. Har ikkala film ham eng yaxshi filmlar tanlovida Akademiya mukofotini qoʻlga kiritdi, bu Pirsni Maykl Penyadan (Million Dollar Baby va Crash filmlarida paydo boʻlgan) keyin ketma-ket eng yaxshi filmlarda rol ijro etgan birinchi aktyorga aylantirdi. Pirs 2012-yilda ABC tarmogʻida koʻrsatilgan yozuvchi Piter Templning detektiv romanlariga moslashtirilgan „Jek Irish“ nomli Avstraliya teleserialida shu nomdagi bosh rolni ijro etgan. 2012-yilning may oyida Pirs Devid Michodning „Rover“ filmida bosh rolga tayinlangan. 2013-yilda Pirs „Temir odam 3“ filmida yovuz qahramon Aldrich Killian rolini oʻynadi. Pirs Nil Armfildning „Odamni ushlab turish“ romantik-dramaviy filmida Dik Konigrav rolini ijro etgan.alt=2007-yil Tarnado kino festivali|thumb|246x246px|2007-yil Tarnado kino festivali

Musiqa +Eng mashhur kuy-qoʻshiqlariYillarKuy qoʻshiq nomlariEslatmalarEpizodlar soni1991Qoʻshnilardastlabki muaffaqiyatli ish121994Sekin daryo90-yillarning xit kuyi71997Lanati oʻyinbuyurtma asosida yaratilgan442011Ajoyib tinchliksountrek32012Qora qismatonasiga atab yozilgan122014Qora oʻlimotasining oʻlimiga atab yozilgan12 Aktyorlik bilan bir qatorda, Guy Pirs butun umr musiqa va qoʻshiq yozish bilan ham shugʻullangan. U oʻzining birinchi albomi „Broken Bones“ni 2014-yil noyabrida chiqardihttps://www.pedestrian.tv/music/guy-pearce-is-releasing-his-debut-album-in-november/. Pirs 2015-yil mart oyida Avstraliya va Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan Neighbours 30th: The Stars Reuniteʼning 30 yilligiga bagʻishlangan maxsus hujjatli filmiga sountrek yozdihttps://tvtonight.com.au/2015/02/airdate-neighbours-30th-the-stars-reunite.html. Pirs oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi The Nomadni 2018-yilda chiqardihttp://www.noise11.com/news/joe-henry-has-produced-the-second-guy-pearce-album-20180612. Pirs avstraliyalik Silverchair guruhining „Cross the Night“ klipida va Razorlightning „Before I Fall to Pieces“ klipida suratga tushgan. Bundan tashqari, u Radio eshittirishida „Follow Me Around“ qoʻshigʻi uchun ham bir nechta ishlar bajargan. U Ron Sekssmit, Vik Chesnutt va Robin Xitkok qoʻshiqlarining muqova versiyalarida qoʻshiq kuylagan va gitara chalgan va A Slipping-Down Life uchun saundtrek yozgan.

Shaxsiy hayoti thumb|230x230px|Guy Pirst onasi bilan Pirs 1997-yil mart oyida oʻzining bolalikdagi sevgilisihttps://www.latimes.com/archives psixolog Keyt Mestitsga uylanadihttps://people.com/celebrity/guy-pearce-divorcing-wife-kate-mestitz-after-18-years-of-marriage/. va 2015-yil oktabr oyida Pirs u va Mestits 18 yildan keyin nikohlarini tugatganini tasdiqlashdihttps://people.com/celebrity/guy-pearce-divorcing-wife-kate-mestitz-after-18-years-of-marriage/. Soʻng Pirs gollandiyalik aktrisa Karis van Xouten bilan tanishadi vahttps://www.theguardian.com/culture/2018/aug/21/guy-pearce-everybody-feels-fragile-neighbours-the-innocents-netflix 2016-yil avgustida ularning Monte ismli oʻgʻli tugʻiladihttps://www.hollywoodreporter.com/lifestyle/style/game-thrones-star-carice-van-876876/. Avstraliya futbol ligasida Geelong futbol klubini qoʻllab-quvvatlovchi avstraliyalik futbol muxlisi sifatida Pirs klub bilan ommaviy axborot vositalarida ish olib bordi. Pearce hayvonlar huquqlari, hayvonlar farovonligi va Yer ekotizimini himoya qilish toʻgʻrisidagi bir qator xayriya tashkilotlarini moliyaviy va amaliy qoʻllab-quvvatlaydi. Mukofotlar va nominatsiyalar thumb|Guy Pirst Oltin Globus taqdimotida qizil yoʻlakchada 2011-yil 18-sentabrda Pirs Todd Xeynsning Mildred filmidagi Monti Beragon rolidagi ijrosi bilan filmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor uchun „Primetime Emmy“ mukofotini qoʻlga kiritdihttps://www.emmys.com/bios/guy-pearce. Pirs batakror ijrolari uchun „Oltin globus“ mukofotiga ham sazovor boʻlgan. Pirs uch marta „kinoaktyorlar gildiyasi mukofoti“ga nomzod boʻlgan va „Qirolning nutqi“ (2010) filmidagi eng yaxshi aktyorlar rolini qoʻlga kiritganhttps://www.hollywoodreporter.com/news/general-news/sag-award-winner-announced-94453/.

Yil Film nomi Rol Izohlar 1990 Jannat Tuni Paul Dysart 1991 Ov Sharp 1994 Prisillaning sarguzashtlari, sahro malikasi Adam Whitely/Felicia Jollygoodfellow 1996 Dushman bilan tanishish Brett 1997 Flyinn Errol Flynn Maxfiy Det. Lt. Ed Exley 1998 Yangi dunyo Jimmy Compton 1999 Ochkoʻz Kapitan Jon Tushkun hayot Drumstrings Casey 2000 Nikoh qoidalari Maj. Mark Biggs Memento Leonard Shelby 2002 Mushkul hayot Dale Vaqt mashinasi Alexander HartdegenOltin globusga nomzodi qoʻyilgan Graf Monte Kristo Fernand Mondego Toki uygʻonmagunimizgacha Dr. Sam Franks 2004 Aka-uka Aidan McRory 2005 Tenglik Charlie Burns 2006 Birinchi qor Jimmy Starks Ferma qizi Andy Warhol 2008 Oʻlim bilan kurashib Harry Houdini Beqiyos yaratiq Dr. Bruce Laraby Xoin Roy Clayton Oqshom ertaklari Kendall 2009 Tegrangda Mr. Barber Yoʻl The Veteran Hurt Locker Staff Sergeant. Matt Thompson 2010 Qirol nutqi King Edward VIII Hayvonlar qirolligi Det. Nathan Leckie 2011 33 atkritka Dean Randall Zulmatdan qoʻrqma Alex Hirst Adolat izlab Simon 2012 tubsizlik Marion Snow Prometey Peter Weyland 2012 Adolatsiz Charley Rakes 2013 Jim boʻl Keith Reynolds Temir odam 3 Aldrich Killiansalbiy obraz Muhabbat va nafrat Ken Gaudette 2014 Rower Eric 2015 Oqibat Trevor Qoʻlimdan tut Dick Conigrave Oyla Lorne qisqa mitrajli film Tenglik Jonas 2016 Dohiy F. Scott Fitzgerald Aql toshi The Reverend 2017 Oʻzga bilan kelishuv Peter Weyland ikkinchi darajali rol 2018 Safarida yolgʻiz Keith Hall Mohir josus Robert Furman Adashgan Evan Birch Shotlandiya malikasi William Cecil 2019 Domino Joe Martin Oxirgi Vermer Han van Meegeren 2020 Tinchlikka rahna Jim Dillon Bloodshot Dr. Emil Harting 2021 7-kun Peter Costello Tavba qilmas Secretary Thomas Clay 414- hudud David Carmichael Ortga qaytish Frank (voice) 2022 Xotira Vincent Serra 2023 Jahannam mashinasi Bruce Cogburn Kelgusidagi loyiha

Musiqiy loyihasi YilSarlavhaRolIjrochi2021Ortimdan ergashAsosiy bastakorRadiller Havola va manbalar

Turkum:Avstraliyalik erkak aktyorlar