Mohira Abdullayeva (tugʻ. 1994-yil 28-may, Fargʻona viloyati, Oʻzbekistonhttps://vesti.kz/player/52268/) — oʻzbeklik bokschi, 81 kg dan ortiq vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2021-yilgi boks boʻyicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori. 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati bronza medali sovrindori. Mohira Abdullayeva va Aziza Yoqubova kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonlik ayol bokschi medalni qoʻlga kiritdi.
Biografiya 1994-yil 28-mayda Mohira Abdullayeva Fargʻona viloyati tugʻilgan.https://dunyo.news/ru/news/uza-mokhira-abdullaeva-iz-fergany-zavoevala-pervuyu-v-istorii-uzbekistana-medal-na-chempionate-mira-po-boksu-sredi-zhenshchin-628686a15ee4c 2022-yilda Fargʻona davlat universiteti talabasi boʻlgan.https://dunyo.news/ru/news/uza-mokhira-abdullaeva-iz-fergany-zavoevala-pervuyu-v-istorii-uzbekistana-medal-na-chempionate-mira-po-boksu-sredi-zhenshchin-628686a15ee4c
Faoliyati 2021-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Oʻsha yili Belgrad shahrida (Serbiya) boks boʻyicha „58th Belgrade Winner“ xalqaro turniri 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida Mohira Abdullayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyin Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Mohira Abdullayeva 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida yarim finalda hindistonlik Anupamaga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbeklik sportchi magʻlub boʻldi, Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.http://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/AsianChampionships2021.pdfhttps://m.tribuna.uz/oz/news/view/99237?q=%2Fnews%2Fview%2F99237https://m.kun.uz/uz/news/2021/05/31/boks-ozbekiston-milliy-jamoasi-osiyo-chempionatida-6ta-oltin-medalni-qolga-kiritib-umumjamoa-hisobida-1-orinni-egalladi
2022-yilda Istanbulda (Turkiya) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Mohira Abdullayeva 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida chorak final bahsida Kongo Demokratik Respublikasilik bokschi Lisa Kanjingani magʻlubiyata uchratib, yarim finalga yoʻl oldi. Yarim finalda marokashlik Khadija El-Mardiga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbeklik sportchi yarim final jangining 1-raundida jarohat olib, bellashuvni davom ettira olmadi.https://podrobno.uz/cat/sport/zhenskaya-sbornaya-uzbekistana-po-boksu-zavoevala-dve-bronzovye-medali-na-chempionate-mira-v-turtsii/https://sputniknews-uz.com/20220519/boks-ozbekiston-ayollar-terma-jamoasi-jahon-chempionatida-2-ta-bronza-medalni-qolga-kiritdi-24659165.html Natijada, Mohira Abdullayeva Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.https://sputniknews-uz.com/20220517/ozbekistonlik-bokschi-qizlar-mamlakat-boks-tarixida-yangi-sahifa-ochishdi-24605388.htmlhttps://www.gazeta.uz/ru/2022/05/19/boxing/https://stadion.uz/uz/news/detail/334090https://darakchi.uz/ru/144933
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar