Vilson - Konovalov kasalligi Ta`rifi Vilson-Konovalov kasalligi kam uchraydigan irsiy distrofik kasallik bo'lib, organizmda misning ortiqcha to'planishi tufayli rivojlanadi. Metallning ko'p qismi miyada, ko'zda (xarakterli pigmentatsiya shakllanishi bilan), jigar va buyraklarda to'planadi. Shu bilan birga, organlarda metabolizm buziladi va distrofik o'zgarishlar rivojlanadi. Tarixi Kasallik birinchi marta 1912-yilda ingliz nevrologi Samuel Uilson tomonidan tasvirlangan. U nashr etilgan o`z maqolasida ushbu kasallikdagi ichki organlardagi o'zgarishlarning belgilari va xususiyatlarini tasvirlab bergan. Odatda, birinchi belgilar bemorlarning yoshligidanoq sezilarli bo'lishini, keyinchalik rigidlik kuchayib, yutishda qiyinchilik, yumshoq tanglay, til, lablarning motor faoliyatining pasayishi (nutq buzilishining sababi dizartriya)ni ta`kidlab o`tgan. Keyinchalik noixtiyoriy harakatlar rivojlanadi, ruhiy buzilishlar – sababsiz past yoki yuqori kayfiyat, sababsiz tajovuz, keyingi bosqichlarda befarqlik, gallyutsinatsiyalar bilan almashadi.
Rus nevrologi Nikolay Vasilyevich Konovalov ko'p yillar davomida Vilson kasalligini o'rgangan. Bu unga kasallikning turli shakllarining asl to'liq tasnifini yaratishga imkon berdi. Konovalovning muammoni o'rganishga qo'shgan ulkan hissasi uchun olimning nomi kasallikning nomiga abadiy qo`shildi.
Kasallikning paydo bo'lish chastotasi 100 000 aholiga 1 dan 9 tagacha. Etiologiyasi thumb|Autosoma retsessiv yo`l bilan nasldan naslga o`tadi Kasallikning asosiy sababi mis ionlarining seruloplazmin oqsiliga qo'shilishi uchun mas'ul bo'lgan ATP7B genining mutatsiyasidir. Umuman olganda, ushbu genning 300 dan ortiq mutatsiyasi tasvirlangan. Mutatsiyalar bazasi doimiy ravishda yangi variantlar bilan kengayib bormoqda. Xalqaro hisob-kitoblarga ko'ra, har 100 kishidan 1 nafari g'ayritabiiy genning tashuvchisi hisoblanadi.Bu turdagi irsiyat bilan kasallik faqat patologik gen ikkala ota-onadan o'tsa, alomatlar bilan namoyon bo'ladi. O'g'il bolalar va qizlar bir xil chastotada kasallanadilar. Patogenezi thumb|Seruloplazmin Vilson-Konovalov kasalligining rivojlanishining asosiy mexanizmi organizmdagi metabolik jarayonlarning buzilishi bo'lib, buning natijasida mis turli organlar va to'qimalarda ularning funktsiyalarining progressiv buzilishi bilan to'planadi. Bundan tashqari, kasallikning qanday namoyon bo'lishini belgilaydigan ATP7B genidagi turli xil mutatsiyalar turli alomatlar uchun javobgardir.
ATP7B geni odamlarda misning kimyoviy reaktsiyalarini tezlashtiradigan oqsillarni kodlaydi: ATFaza 7A va ATFaza 7B. Birinchi ferment ichaklarda misning so'rilishini va uning miyaga kirib borishini ta'minlaydi. mRNK fermenti ATFaza 7B jigar hujayralari va miyadagi kapillyar tomirlarda joylashishi aniqlangan. Misning miyadan qonga va qondan safroga chiqishiga yordam beradi. Ushbu biologik faol moddaning yetishmasligi Vilson- Konovalov kasalligini keltirib chiqaradi.
Misning organizmda to'planishi surunkali zaharlanishni (intoksikatsiya) keltirib chiqaradi. Jigar va miyada to'plangan mis bu organlarning hujayralarining o'limiga yordam beradi. Bu yallig'lanish reaktsiyasini va jigarda biriktiruvchi to'qimalarning ko'payishini keltirib chiqaradi - bu jigar kanallarining fibroziga, keyinchalik esa sirroz rivojlanishiga olib keladi. Nerv hujayralarining nobud bo'lishi va ularning miyada erishi (lizis) bo'shliqlar (kistalar) hosil qiladi. Boshqa organlar va to'qimalarda esa o'zgarishlar odatda kichikdir. Parchalangan hujayralardan mis tashqi omillar ta'sirida (infektsiya, intoksikatsiya, dori vositalariga reaktsiyalar) qonga chiqarilganda, qon plazmasidagi mis konsentratsiyasi bir necha marta oshishi mumkin. Bu qizil qon hujayralarining katta tezlikda parchalanishiga olib keladi, bu og'ir, ko'pincha o'limga olib keladigan asoratga – fulminant (lotincha fulmino – chaqmoqdek, bir lahzada rivojlanuvchi) jigar yetishmovchiligiga olib keladi.
Vilson-Konovalov kasalligining turli xil belgilari nafaqat misning to'planishi, balki organizmning o'z hujayralarining parchalanish mahsulotlari bilan zaharlanishi(autointoksikatsiya)dan ham kelib chiqadi.
Belgilari Kasallikning belgilari to'rt guruhga bo'linadi: jigar shikastlanishiga oid belgilar nevrologik belgilar; ruhiy alomatlar; boshqa ichki organlardagi o'zgarishlar. Kasallikning eng muhim ko'rinishlari - jigar shikastlanishi, nevrologik va ruhiy alomatlar, ko'zning o'zgarishi.
+ Vilson- Konovalov kasalligida ichki organlarning shikastlanish belgilari Shikastlanuvchi organ Belgilari Jigar shikastlanishi Simptomsiz gepatomegaliya (jigarning kattalashishi) biokimyoviy ko'rsatkichlarning sitolitik faolligi (hujayralarni nobud bo`lganligini ko`rsatuvchi ko'rsatkichlari) steatogepatit; o'tkir (fulminant) gepatit; jigar sirrozi. Markaziy nerv sistemasi shikastlanishi harakatlanishda buzilishlar (tremor, majburiy harakatlar); so'lak oqishi, dizartriya (nutqning buzilishi); distoniya (mushaklar tonusini ularning turiga qarab turlicha buzilishi); psevdobulbar sindromi (majburiy kulgi, yig'lash,avtomatik chaynash harakatlari, yutish buzilishi); migrenga o'xshash bosh og'rig'i; uyqusizlik; distonik atakalar (qo`qqisdan kuchli tovush, yorug'likka nisbatan mushaklar tonusini oshishi natijasida qandaydir bir faol harakatni bajarishga urinish.)Psixiatrik alomatlar depressiya; nevrotik xulq-atvor (noadekvat, bunda nima sodir bo'layotganini tanqid qilish saqlanib qolgan(psixozdan farqli o'laroq), qondirilmagan ehtiyojlarga erishish uchun sodir bo'ladiga, takroriy harakatlar bilan tavsiflanadi; shaxsiyatning o'zgarishi (keyinchalik his-tuyg'ularning zaiflashishi bilan kayfiyatning o'zgarishi, o`qishini yoki ishini to'xtatish va mavjud ko'nikma va qobiliyatlarni, maqsadlarni, qiziqishlarni va motivatsiyani yo'qotish, keyinchalik ularga bo'lgan qiziqishni yo'qotish bilan o'z ehtiyojlarini qondirmaslik); psixoz: o'zini va boshqalarni idrok etishning patologik o'zgarishi (gallyutsinatsiyalar) yoki obsesif e'tiqodlar bilan normal fikrlash mantig'ining buzilishi va o'z harakatlarini tanqid qilishni yo'qolishi bilan namoyon bo'ladigan ruhiy kasalliklar.Boshqa tizimlar gemolitik anemiya; dermatologik ko'rinishlar: " tirnoqlardagi yarim halqaning ko`karib qolishi", buyrak patologiyasi: aminoatsiduriya (siydikda aminokislotalarning chiqarilishi), og'riq sindromi bilan nefrolitiaz; skeletning patologiyasi: erta osteoporoz, artrit (bo'g'imlarning yallig'lanishi); yurak shikastlanishi: kardiomiopatiya, aritmiyalar; pankreatit (oshqozon osti bezining yallig'lanishi), xolelitiaz; gipoparatiroidizm, gigantizm; hayz davrining buzilishi, bepushtlik, takroriy abortlar; ko'zning shikastlanishi: shox pardaning atrofi rangining yashil rangga xos o'zgarishi bilan Kayzer-Fleischer halqalarining paydo bo'lishi, katarakta gavharni xiralashishi.
Jigardagi o'zgarishlar kasallikning birinchi alomatlari orasida ajralib turadi (ko'pincha ular 4-5 yoshda paydo bo'ladi). Ba'zida Vilson kasalligi - Konovalov o'tkir yoki surunkali gepatit bilan namoyon bo'ladi, buni jigarning yallig'lanishli bakterial yoki virusli yallig'lanishli shikastlanishi bilan adashtirib qo`yishlari mumkin. Patologik jarayon sariqlikning tez rivojlanishi bilan boshlanadi: teri va ko'rinadigan shilliq pardalar, ko'zning oqi sariq rangga ega bo'ladi. Intoksikatsiya va asteniya belgilari (umumiy zaiflik, charchoqning kuchayishi, kayfiyatning beqarorligi) terining rangi o'zgarishiga qo'shilishi mumkin. Anoreksiya kuzatilishi mumkin - ishtahani yo'qolishi va ovqatdan voz kechish.
Vilson-Konovalov kasalligida nevrologik alomatlar va ruhiy kasallikning namoyon bo'lishi 35% va 10% hollarda, odatda 10 yoshdan 35 yoshgacha bo'ladi, garchi 55 yoshda boshlangan kechki holatlar ham mavjud. thumb|Mushak distoniyasi Nevrologik ko'rinishlari harakatsiz turganda oyoq-qo'llarning titrashi. mushak distoniyasi sindromi mushaklar tonusidagi o'zgarishlar yurishning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, mushaklarning allaqachon ko'rsatilgan buzilishlari tufayli nutq o'zgaradi. Tupukning ko'payishi ham kuzatiladi.
Psixiatrik alomatlar bemorlarning taxminan uchdan birida barcha boshqa alomatlardan oldinroq paydo bo`ladi. Ko'rinishlar o'ziga xos bo'lmaganligi sababli, ularni odatda Vilson – Konovalov kasalligi bilan bog'lashmaydi Bolalarning aqliy rivojlanishida kechikish yoki to'xtash, maktabda o`qishining pasayishi va diqqatni jamlash qobiliyati sustligi bilan ifodalanadi. Kayfiyatning keskin o'zgarishlari –yuqori kayfiyatning o'tkinchi qo'rquv va asossiz tashvish hissi bilan almashishi kuzatiladi. O'tkir psixiatrik kasalliklar (psixozlar) kam uchraydi. Voyaga etgan bemorlarda fikrlash jarayonlarining tezligi pasayadi ammo o'tmishdagi voqealar uchun xotira bilan saqlanadi. Asossiz kulish va yig'lash, og'iz bo'shlig'i mushaklarining og'riqli reflekslari kuchayadi.
Kayzer – Fleysher halqalari thumb|Keyzer - Fleysher halqasi Vilson kasalligida ko'zning shikastlanishi Kayzer – Fleysher halqalari va mis to`plangan kataraktalarni o'z ichiga oladi. Ammo faqat mutaxassis bu alomatlarni to'g'ri talqin qilishi mumkin, chunki ular mis bilan zaharlanishda ham uchraydi. Kayzer – Fleysher halqalari har doim ham oodiy ko'z bilan ko'rinmaydi, ba'zida ular faqat yorug` lampa yordamida oftalmologik tekshiruv paytida aniqlanadi.
Tasnifi Kasallikning klinik xususiyatlariga, jigar va markaziy asab tizimining zararlanishining kombinatsiyasiga asoslangan holda tasniflash ko'pincha qoʻllanadi,. Vilson – Konovalov kasalligi quyidagi shakllarga bo'linadi:
asimptomatik shakl; jigar shakli; miya shakli; aralash shakl. Shuningdek, gepato-serebral distrofiyaning beshta shaklini o'z ichiga olgan Konovalov tasnifi ham qoʻllanadi: thumb|Jigar sirrozi
Abdominal shakli - gepatopatiya, Vilson gepatiti, jigar sirrozi va fulminar jigar yetishmovchiligi bilan namoyon bo'ladigan jigarning og'ir shikastlanishi. Asab tizimi tomonidan simptomlar boshlanishidan oldin ham o'limga olib kelishi mumkin. Bu shakli bir necha oydan 3-5 yilgacha davom etadi.
Rigid – aritmogiperkinetik (erta) shakl - tez kechishi bilan tavsiflanadi va bolalikdan boshlanadi. Harakat sekinlashadi, qo'llar va oyoqlar beixtiyoriy ravishda, mushaklarning beixtiyoriy qisqarishi bilan birgalikda spiral tarzda harakatlanishi mumkin. Nutqning buzilishi (dizartriya) va yutish qiyinlashuvi (disfagiya), beixtiyor kulish va yig'lash, hissiy buzilishlar va aqlning o'rtacha pasayishi xarakterlidir. Kasallikning bu shakli 2-3 yil davom etadi, o'lim bilan tugaydi.
Tremor-rigid shakli boshqalarga qaraganda tez-tez uchraydi, o'smirlik davrida boshlanadi, sekin davom etadi, ba'zida to'liq yoki to'liq bo'lmagan tiklanish davrlari va keskin yomonlashuv, tana haroratining 37-38 °C gacha ko'tarilishi bilan birga keladi. Sekundiga 2-8 chayqalish chastotasi bilan kuchli mushaklarning qattiqligi va ritmik titroqning bir vaqtning o'zida rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bu alomatlar harakat va hayajon bilan keskin kuchayadi, ammo dam olish va uyquda yo'qoladi. Ba'zida disfagiya va dizartriya kuzatiladi. Kasallikning bu shakli bilan o'rtacha umr ko'rish taxminan 6 yil.
Titroq shakli 20-30 yoshdan boshlab o'zini namoyon qiladi, nisbatan sekin (10-15 yil va undan ko'proq) rivojlanadi, titroq ustunlik qiladi, mushaklar rigidligi faqat kasallikning oxirida paydo bo'ladi, ba'zida mushak tonusining pasayishi kuzatiladi; yuz ifodalarining yetishmasligi, sekin monoton nutq, jiddiy ruhiy o'zgarishlar, tez-tez hissiy o`zgarishlar kuzatiladi. Ekstrapiramidal-kortikal shakli boshqalarga qaraganda kamroq tarqalgan. Gepatoserebral distrofiyasiga xos bo'lgan buzilishlar to'satdan falaj (piramidal parez), konvulsiv (epileptiform) tutilishlar va og'ir aqliy yetishmovchilik bilan yanada murakkablashadi. 6-8 yil davom etadi, o'lim bilan tugaydi.
Kasallik kechishini ikkita bosqichga bo'lish mumkin:
yashirin - kasallikning tashqi ko'rinishlarining yo'qligi bilan tavsiflanadi, xarakterli o'zgarishlar faqat laboratoriya tadqiqotida aniqlanadi;