Tromboz – maʼlum patologik holat natijasida tirik organizm qon tomiri ichida (intravaskular) qon ivish jarayoni. Ushbu jarayonlardan soʻng tomir ichida hosil boʻlgan qon laxtasi (eritrotsit, trombotsitlar va fibrindan iboratOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000-2005-yil) tromb deb nomlanadi. (tromb – tirik organizm yuragida yoki tomirlarida hosil boʻlgan qon tarkibli qattiq massa). Tromboz venalarda hamda arteriyalarda uchrashi mumkin. (periferik venalarda koʻp uchraydi). Intravaskular hosil boʻlgan tromb tomirlarda qon aylanishi (gemodinamika)ga toʻsqinlik qilishi, baʼzan qon oqimi bilan harakatlanib turli aʼzo tomirlari bekilib qolishi yaʼni emboliyaga sabab boʻlishi mumkinFurie B, Furie BC (2008). "Mechanisms of thrombus formation". New England Journal of Medicine. 359 (9): 938–949. doi:10.1056/NEJMra0801082. PMID 18753650Handin RI (2005). "Chapter 53: bleeding and thrombosis". In Kasper DL, Braunwald E, Fauci AS, et al. (eds.). Harrison's Principles of Internal Medicine (16th ed.). New York, NY: McGraw-Hill. ISBN978-0-07-139140-5.

Virxov uchligi Virxov tromb shakllanishiga 3 omil sabab boʻlishini koʻrsatadi va bu Virxov uchligi (Virxov triadasi) nomini oladi:

Endoteliyning jarohatlanishi: endoteliy quyidagi holatlarda jarohatlanishi mumkin: ateroskleroz, gipertenziya, arterial kasalliklar, tizimli kasalliklar, qandli diabet, giperxolesterinemiya vahokazo. Qon oqimidagi oʻzgarishlar: odatda operatsiya oʻtkazgan (tomir jarohatlari) bemorlarda yoki yotib qolgan bemorlarda (muskullar kontraksiyasi hisobiga). Qonning giperkoagulatsion xususiyati: 1)fibrinogen, protrombin, VIa,VIIa va Xa faktorlar kabilarning oshishi 2) trombotsitlar soni va ularning adgezivlik xususiyati oshishi 3)antitrombin III va fibrinogen parchalanish mahsulotlari kabi koagulatsion ingibitorlarning kamayishiIndu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.

Trombogenez ketma-ketligi Tromb hosil boʻlishiga olib keladigan hodisalar ketma ketligi quyidagilardan iborat:

Trombotsitlar adgeziyasi Endoteliyga trombotsitlar adgeziyasi trombogenezning birinchi qadami hisoblanadi. Trombotsitlar massasi boshqa trombotsitlar kelib birikishi hisobiga oshadi. Harakatdagi leykotsitlar xuddi pashshalar yopishqoq pashsha qogʻozga yopishgandek trombotsitlarga yopishadi. Koagulatsiya sistemasining aktivlanishi Trombotsitlar tromboplastinlarni ajratadi va ular esa koagulatsiya sistemasini faollaydi. Shu tarzda fibrin filamentlari barcha qismga tarqaladi. Trombotsitlar adgezion kompleksi boshqa bir kompleks bilan fibrin filamentlari orqali bogʻlanadi. Fibrin tarmogʻida RBC (qizil qon tanachalari) va WBC (oq qon tanachalari)lar chalkashishi sodir boʻladi va oxirida tromb deb ataladigan qattiq ivigan mahsulot hosil boʻladi. Qizil hujayralar parchalanadi va gemoglobinni yoʻqotadi, shu sababli hosil boʻlganiga maʼlum vaqt oʻtgan tromb sargʻish-yashil rangda, unga yangi qoʻshilgan tromb esa qizgʻish rangda boʻladiArtur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.

Tromb turlari Trombning 3 turi farqlanadi: 1) Qizil tromb venoz tromblar odatda qizil, yumshoq va okklyuziv boʻladi. 2) Oq tromb arterialarda hosil boʻladi, odatda, oq, devoriy va mustahkam boʻladi. 3) Aralash yoki laminatlangan tromblar ham keng tarqalgan boʻlib, Zahn chiziqlari deb nomlanuvchi qizil va oq qon hujayralaridan tuzilgan boʻladi.

Tromb oqibatlari Qon tomirlar ichidagi tromb hajmi va joyi oʻzgarib turadi. Tromblar quyidagi mexanizmlardan biri orqali organizmga zararli taʼsir qilishi mumkin:

Ishemiya va infarkt Tromb maʼlum organ qismining qon bilan taʼminlanishini kamaytirishi yoki butunlay toʻxtatishi natijasida ishemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Oxir oqibat esa infarkt (aʼzo hujayralarining oʻlimi) kelib chiqishi mumkin. Arterial tromb koʻpincha ishemiya va infarkt sababchisi boʻlishi mumkin. Masalan, koronar arteriyalardagi tromb miokard ishemiyasi va infarktiga sababchi boʻlishi mumkin.

Tromboembolizm Tromb yoki uning qismi ajralib (tromb 3 qismdan tuzilgan boʻladi, bosh, tana, dum. Koʻpincha trombning dum qismi uziladi) qon oqimi orqali uzoqdagi tomirlarda embollar (tiqin) hosil qilishi mumkin. Yurak va vena tromblari arterial trombga qaraganda koʻproq embol hosil qilishi aniqlanga. Embollarga misollar:

Pulmonar embolizm: Oyoq venalarida hosil boʻlgan tromblarning uzilishi oʻpka arteriyalarida embollar hosil qilishi mumkin. Serebral embolizm: yurak yoki uyqu arteriyalarida hosil boʻlgan tromblar miya arteriyalarida embollar hosil qilishi mumkin.

Trombning oldini olish Tromb shakllanishi yoki kattalashishini oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

Trombositlar adgeziyasini oldini oladigan dorilar: aspirin, dextran, dipiridamol Antikoagulantlar: geparin va dikumarol singari Oyoq mushaklarining vaqti vaqti bilan kompressiyasi yoki elektrik stimulatsiyasi: postoperatsion vena tromblari shakllanishini oldini olishda dori vositalariga yordam tariqasida qoʻllanadi.

Antigemostatik mexanizmlar

Qonning “in vivo” usulda ivishini antigemostatik faktorlar balansga solib turadi. Antigemostatik faktorlar quyidagilardan iborat:

Trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi faktorlar Koagulatsiyaga qarshi faktorlar (sirkulator antikoagulantlar) Fibrinoliz faktorlari (fibrinolitik mexanizm)

Agregatsiyaning oldini oluvchilar Prostatsiklin

Prostatsiklinlar tromboksan-A2 shakllanishini ingibirlash orqali trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladigan endogen faktor hisoblanadi. Odatda, tromboksan-A2 va prostatsiklinlar (asosan, prostaglandin I2) orasida balans mavjud boʻlib, laxta tarqalishining oldini oladi yaʼni trombotsit laxtasi lokalizatsiyasini saqlaydi. Shuningdek, aspirin ham tromboksan-A2 shakllanishi ingibirlaydi. Shu sababli tromb shakllanishi oldini oladi. Bu xususiyati bilan aspirin miokard infarkti va insult bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻl keladi.

Sirkulator antikoagulantlar Organizm sirkulatsiyasi tarkibidagi tabiiy antikoagulantlar organizm antikoagulant mexanizmini tashkil qiladi va ularga: 1) geparin 2) Antitrombin III yoki geparin kofaktori-II 3) protein-C

Geparin Birinchi marta jigardan ajratilgan kuchli, tabiiy antikoagulant hisoblanib, shu sababli geparin nomi berilgan. (lotinchada "hepar" jigar maʼnosini anglatadi). Shuningdek, bir qancha aʼzolardan ham topilgan. Uning tarkibidagi polisaxaridlar (glikozaminoglikanlar) bir qancha sulfat guruhlarini oʻzida saqlaydi. Molekular ogʻirligi esa 15 000 -18 000 Da.

Sekretsiyasi Geparin bazofillar va semiz hujayralar tomonidan sintezlanadi. (jigar, oʻpka va biriktiruvchi toʻqimaga boy organlarda). Geparinning parchalanishi esa jigarda geparinaza fermenti taʼsirida amalga oshadi. Geparin operatsiyadan yoki travmadan keyin tomirlar ichida qon ivishini oldini oladigan faktorlardan biri.

Taʼsir mexanizmi Geparin bevosita antikoagulant xossaga kam ega yoki umuman ega emas, ammo antitrombin III bilan birga, trombinni olib tashlash maqsadida antitrombin III ning effektivligini 100 barobar oshiradi (tromb shakllanish davomida protrombindan shakllangan trombin fibrin iplariga soʻriladi, shunday qilib geparin trombning haddan ortiq tarqalishining oldini oladi). Yaʼniki trombin antitrombin III bilan kompleks hosil qiladi va trombinning fibrinogenga taʼsirini bloklaydi. Shunday qilib, geparinning antikoagulant mexanizmi:

protrombinning trombinga oʻtishini oldini oladi trombinning fibrinogenga taʼsirini ingibirlaydi antitrombin III ishini yengillashtiradi yaʼni IX, X, XI, XII faol shakllarini ingibirlaydi.

Antitrombin III Antitrombin III vaskular endoteliyda boʻlgani kabi plazmada ham mavjud. U proteaza ingibitori boʻlib, bir qancha koagulatsion faktorlar (aktiv IX, X, XI va XII) hamda trombinni inaktivatsiyalaydi.

Protein C Protein C jigarda sintezlanadigan plazma oqsili boʻlib, trombomodulin va protein-S bilan birgalikda koagulatsiya tizimini kontrol qilib turadigan negativ qaytar aloqani tashkil qiladi. Aktiv Protein C (APC) VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek, plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.

Trombomodulin Miyaning mikrosirkulatsiyasidan tashqari barcha endoteliy hujayralaridan ishlab chiqariluvchi trombinni bogʻlovchi oqsil. U trombinni protein-C aktivatoriga aylantiradi.

Aktiv Protein C (APC) VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek, plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.

Fibrinolitik mexanizm Fibrinoliz fibrinning erishiga olib keluvchi jarayonlar yigʻindisini anglatadi. Fibrinolitik sistemaning muhim komponenti plazmin yoki fibrinolizin deb nomlanadi, ular qonda inaktiv holatda boʻlganda plazminogen yoki profibrinolizin deb nomlanadi. Fibrinolitik yoki plazmin tizimi qon laxtalarini lizisi amalga oshiradi va toʻqimalarni qon ivish mahsulotlaridan sekinlik bilan tozalaydi. U shuningdek, qon ivishi natijasida yopilib qolgan tomirlarning qayta ochilishini taʼminlaydi. Ayniqsa periferiyalardagi kichik qon tomirlar ochilishini taʼminlaydi, agar plazmin sistemasi yoʻq boʻlganda, bu tomirlar okklyuziyaga uchrab ketardi.

Plazminogen Plazminogen jigar tomonidan sintezlanadigan betta globulin oqsili hisoblanadi. Strukturaviy jihatdan odam plazminogeni 560ta aminokislatadan iborat ogʻir zanjir va 241ta aminokislatadan tuzilgan yengil zanjirdan tuzilgan. Ogʻir zanjir amino terminali disulfit bogʻlar bilan bogʻlangan 5ta halqadan (ilmoqdan) iborat. Ushbu ilmoqlar ""kring"lar deb nomlanadi. "Kring"lar – fibrin va boshqa ivish faktorlari hamda protrombinni bogʻlash saytlari hisoblanadi.

Plazmin Plazminogendan hosil boʻluvchi kuchli proteaza hisoblanadi. U fibrin va fibrinogenni (shuningdek, V, VIII, XII – faktorlarni va protrombinni) lizisga uchratadi va trombin ingibitoridek fibrin parchalanish mahsulotlari (FDP)ni hosil qiladi. Tanada 2ta plazminogen aktivator tizim mavjud: ichki va tashqi

Tashqi plazminogen aktivator tizimi asosiy plazminogen aktivator yoʻlidek tuyuladi, chunki uning yoʻqolishida spontan fibrin choʻkmasi paydo boʻladi. Jarohatlarning tuzalishi kechikadi, oʻsishda defektlar yuzaga keladi. Tashqi aktivator tizim quyidagi agentlar orqali boshqariladi:

1. Toʻqima plazminogen aktivatori (TPA) – shuningdek, vaskular plazminogen aktivatori deb nomlanadi hamda vaskular endoteliydan ajraladi. Tomir devoridan TPA ning ajralishi trombotsitlardan serotinin hamda adrenalin ajralishiga bogʻliq hisoblanadi. Qachonki jismoniy yoki ruhiy stress yoki jismoniy mashqlarda simpatik stimulatsiya hisobidan adrenalin ajralishi yuzaga keladi, bu vaqtda TPA ham kuchli tarzda ajraladi va fibrinni olib tashlaydi. Bundan maqsad qon aylanishini yaxshilash boʻlsada, agar shunday vaziyatlarda qon ketishi yuzaga kelsa uning ivishini ham qiyinlashtiradi. Masalan zoʻravonlik bilan oʻlim kuzatilganda yoki jang maydonida oʻlgan odamning qoni suyuq boʻlishi stress vaqtidagi (adrenalinning kuchli ajralishi, natijada TPA ajralishi bilan bogʻliq) fibrinoliz hisobidan boʻladi. Shuningdek, TPA ajralishini stimullovchi yana bir jarayon – fibrinning oʻzidir. TPA hozir ishlab chiqarilishi mumkin boʻlib, klinikada qoʻllanadi. Miokard infarkti boshlanganidan koʻp oʻtmay bemorlarga berilsa koronar arteriyalardagi quyqalarni lizisga uchratadi.

2. Urokinaza tipidagi plazminogen aktivatori (UPA) UPA bir qancha toʻqimalarining endotelial hujayralaridan, buyrak va oʻsma hujayralaridan topilgan. UPA buyrak hujayralaridan ajralib TPA singari litik holatni keltirib chiqaradi. Bakterial enzimlar hisoblangan streptokinaza va stafilokinaza TPA va UPA ga oʻxshash. Ular ham miokard infarktidagi tromblarni lizis qilishda tibbiyotda qoʻllanadi.

Ichki plazminogen aktivator tizimi