Nikolay Konstantinovich Gasunayev (1933-yil 12-oktabr, Xiva – 2022-yil 27-sentyabr) – sovet, oʻzbek va rus fantastik yozuvchisi, shoir, tarjimon, jurnalist va adabiyotshunos.
Tarjimai holi Nikolay Gasunayev 1933-yilda Xivada oʻqituvchi oilasida dunyoga keladi, keyinchalik uning oilasi Urganchga koʻchib oʻtgan. Nikolay Gasunayev maktabni tugatgach, Toshkent chet tillar pedagogika institutida tahsil oldi. Universitetni bitirgach, Xorazm viloyati qishloq maktablarida oʻqituvchi, pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Shundan keyin Nikolay Gasunayev viloyat gazetasida, viloyat televideniyesida jurnalist, soʻngra Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Bir muddat Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan. XX asrning 80-yillarida Nikolay Gasunayev yosh yozuvchi-fantastchilarning Butunittifoq uyushmasining Toshkentdagi „Durmen-88“ va Dnepropetrovskdagi „Borisfen-88“ seminarlari tashkilotchilaridan biri edi. 1990-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi. 1995-yilda nafaqaga chiqqach, Nikolay Gasunayev Moskva viloyatiga koʻchib oʻtdiBiografiya – Laboratoriya fantastiki. 2022-yil 27-sentyabrda vafot etdiStranitsa na sayte Ekstelopediya.
Ijodiy faoliyayati Nikolay Gasunayev ijodiy faoliyatini 1959-yilda Xiva haqidagi sheʼrlarini nashr etishdan boshlagan. Adib asar yozishni XX asrning 60-yillarida „Ayboʻgʻir“ qissasi bilan boshlagan. Uning ijodini ayni gullagan mahali „Oʻqilmagan maktub“ detektiv hikoyasi elementlarini oʻz ichiga olgan va „Toʻrt kishilik xonada kulrang mushuk“ nomi bilan chiqqan hikoyasi sabab boʻldi. Keyinchalik adib yana bir nechta fantastik hikoyalar yozdiSalaev, K. B. N. K. Gatsunaev-xorezmiets / K. B. Salaev. – Tekst : neposredstvenniy // Molodoy ucheniy. – 2016. – № 12 (116). – S. 1028—1030..
Uning eng mashhur asari „Yulduzli sayyoh“ ilmiy-fantastik romani boʻlib, unda XXII -asrda yashovchi askar harbiy xizmatni oʻtashni istamaganligi sababli vaqt mashinasi yordamida XIX-asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi davriga tushib qoladi. Qahramon turli davrlarda uzoq safar qilgach, u yerda adolatsizlikka qarshi kurashish uchun avvalgi holatga qaytishga qaror qiladiOB AVTORYe : Nikolay Gatsunaev.
Bundan tashqari, yozuvchi adabiyotshunos, fantastik asarlar antologiyalarini tuzuvchi, tarjimon sifatida ham tanilgan. U oʻzbek yozuvchi va shoirlarning qator sheʼr, asarlarini tarjima qilgan. Xususan, fantast yozuvchi Hojiakbar Shayxov asarlarini oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Gasunayev shuningdek, uch tilda – oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan „Xiva“ hujjatli nashri muallifi hamdir.
Asarlari Roman
1984-yil – Yulduzli sayyoh 1993-yil – Choʻl yoʻlidagi uchta hovli (parcha)
Ertak
1978-yil – Toʻrt kishilik xonada kulrang mushuk 1980-yil – Fortepiano va orkestr uchun konsert 1981-yil – Olmani tashlamang 1982-yil – Uzoqdagi momaqaldiroq aks-sadosi (film hikoyasi) 1988-yil – Qopqon 1988-yil – Oʻzga sayyoraliklar 1988-yil – „Umid“ ekspressi
Doston va sheʼriy toʻplamlar
1967-yil – Janubiy kuz (doston) 1972-yil – Alvon bulutlar 1972-yil – Haqiqat 1974-yil – Dev-qal’a 1979-yil – Bolalik shahri
Hujjatli filmlar
1981-yil – Xiva 2000-yil – Geograf va sayohatchilar: Qisqacha biografik lugʻat
Esse
1992-yil – Oq elk, chiziqli tuya yoki Sevgi deklaratsiyasi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar