Kötürüm Bâyezid yoki Celaleddin Bayezid () — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1361-1385-yillar orasida boshqarganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109. Beklikning ahvoli Boyazidning taxtga o‘tirganining aniq yili maʼlum bo‘lmasa-da, 1361-yilda o‘ziga bag‘ishlab tarjima qilingan masnaviyga asoslanib, taxtga 1361-yil yoki undan oldinroq o‘tirgani taxmin qilinadi.
Beklik bu davrda Usmonlilar imperiyasi bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. Ammo bu munosabatlar oʻgʻli Sulaymonning isyoni va Murod Ining Onadoʻli siyosati tufayli yomonlasha boshlaganYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 69.. Hukmdorlik davri Boyazid taxtga o‘tirganining dastlabki yillarida dengiz va quruqlikdan bosqinlar uyushtirib, genuyaliklar va venetsiyaliklarga koʻplab ziyon yetkazdi. Shu sababli venetsiyaliklar bu bosqinlarga qarshi Vizantiya va Genuya bilan ittifoq tuzishga harakat qilishdiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 70..
Bu davrda beklik va Usmonlilar oʻrtasidagi munosabatlar doʻstona boʻlishiga qaramasdan, Usmonlilar imperiyasining Yevropadagi fathlari va Onadoʻlidagi bekliklar, xususan, Germiyanoğlu va Hamitoğlu hududlarini bosib olishidan xavotirlangan Boyazid, Usmonlilar bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolishga va davom ettirishga harakat qildiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 71.. Shuningdek, kuyovi Amasya amiri Ahmadning yordamini olishga ham umid bogʻladiUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 126.. Beklikning ikkiga boʻlinishi Otasini oʻldirgani sababli oʻch olish uchun 1381-yilda Kadı Burhaneddinga qarshi harbiy safar boshlagan Amasya hokimi Amir Ahmed Boyaziddan yordam soʻradi. Boyazid oʻgʻli İsfendiyar Beyni qoʻshin bilan Amasyaga joʻnatdi. Urushda Amir Ahmed magʻlubiyatga uchradi. Isfendiyar bir muddat otasining yoniga qaytmay, Amasyada qoldiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 72. .
Boyazid bu voqealar yuz berayotgan vaqtda oʻgʻli Iskenderni beklik valiahdi deb eʼlon qilgan edi. Boshqa oʻgʻli Suleyman valiahd Iskenderni oʻldirdi. Bundan jahli chiqqan Boyazid oʻgʻli Suleymanning qizi va oʻgʻlini, yaʼni oʻz nabiralarini qatl ettirdi. Suleyman taxtga daʼvogar boʻldi va Usmonlilar imperiyasidan boshpana topdi.
O‘g‘li Usmonlilar saltanatidan panoh topgan paytda o‘ziga yordam izlagan Boyazid Kadı Burhaneddinga murojaat qildi. Kadı Burhaneddinga yordam soʻrab maktub yozgan Boyazid, kechirim soʻradi va Amir Ahmed hududlariga kirgan Merzifonni askarlariga talon-toroj ettirganini ham pushaymonlik bilan tilga oldiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 73..
Keyingi haftada usmonli sultoni Murod I Suleymanni usmonli qoʻshini bilan Kastamonuga joʻnatdi. Kastamonuda boʻlib oʻtgan jangda magʻlubiyatga uchragan Boyazid, Sinopga chekindi. Kastamonu shahri Suleymanning qoʻliga oʻtdi. Ushbu voqealardan xabardor boʻlgan İsfendiyar Bey, Sinopga otasining yoniga ketdi.
Kastamonuga kelgan sulton Murod I mintaqani oʻz davlati hududiga qoʻshib olishga harakat qilgan boʻlsa ham, oʻziga qarshi chiqqan xalqqa qarshilik koʻrsata olmasligini anglab, bosib olgan qalʼalarini Boyazidga qoldirib, Kastamonuni tark etganini eʼlon qiladi. HUdudlar oʻgʻlini bartaraf qilgan Boyazid qoʻliga qayta oʻtadiUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 127..
Oxirgi yillari va oʻlimi Otasi tomonidan Kastamonudan quvilgan Sulaymon 1384-yilda yana Murod I oldida panoh topdi, sultonning dastagini olib, hududni qaytarib oldi. Ushbu voqealar yuz berayotgan vaqtda Boyazid kasallangan edi va qarshilik koʻrsatmasdan Sinopga chekindiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 74.. 1386-yilda oʻgʻli İsfendiyar Beyning yonida vafot etdi. Qabri Sinopdagi İsfendiyarlar maqbarasida joylashganYakupoğlu, Cevdet. (2018). a.g.m, syf. 68..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1386-yilda vafot etganlar Turkum:Candaroğulları bekligi Turkum:Kastamonu tarixi