Oqmasjid Juma masjidi (), yoki Buyuk Juma masjidi (, Qrimning Oqmasjid (Simferopol) shahridagi eng yirik masjid boʻlib, Qrim yarimoroli Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin 2015-yildan buyon qurilishi davom etmoqda. Rejaga koʻra, qurilish 2020-yil 21-aprelda yakunlanishi kerak edi, biroq reja 2021-yilga koʻchirildi.

Tarixi Qrim-tatarlar jamiyati 1996-yildan beri hozirgi joyida masjid qurishga ruxsat soʻrashgan. Biroq bu soʻrovlar Sevastopol shahar kengashi tomonidan turli sabablarga koʻra rad etilgan (ijobiy qaror 2004-yilda qabul qilingan, ammo u 2008-yilda bekor qilingan). Uning joylashuvini Yalta shossesi 22-uydan Logovaya koʻchasi 6-uyga oʻzgartirish taklif qilindi. 2008-yil yanvar oyida tatarlar kengashning harakatsizligiga norozilik sifatida oʻsha joyda chodirlar qurdilar va 100 000 ga yaqin ohaktosh boʻlaklarini tashishni boshladilar. left|thumb| 2011-yil 3 martda hududga o'rnatilgan tosh lavha 2008-yil fevral oyida Qrim Avtonom Respublikasi Xoʻjalik sudi shahar kengashidan Yalta shossesi boʻylab qurilish uchun ruxsat berishni talab qilganida, Simferopolning oʻsha paytdagi rahbari Gennadiy Babenko shunday dedi:

2009-yil oktabr oyida Nyu-York Tayms gazetasi loyiha va u bilan bogʻliq boʻlgan mahalliy aholi oʻrtasidagi ziddiyatlar haqida xabar berdi. Tatarlarning rahbariyat taklif qilgan muqobil joylarda ruxsat berish haqidagi vaʼdalariga amal qilmasligidan xavotirlarini keltirdi. Qrim-tatar xalqi majlisi aʼzosi Refat Chubarovning soʻzlariga koʻra, masjid loyihasi uchun 10 million dollardan oshiq mablagʻ sarflanishi kutilmoqda. Bu mablagʻning katta qismi Turkiya va boshqa xorijiy donorlar tomonidan taqdim etiladi.

Nihoyat, 2011-yil 15-fevralda shahar Kengashi rozi boʻldi va Qrim musulmonlari diniy boshqarmasiga 2,8 gektar yer uchastkasida qurilish uchun ruxsat berdi va mart oyida Qrim tatarlari jamiyati boʻlajak masjid joylashadigan hududga katta yodgorlik toshi qoʻydi. Biroq, qurilish faqat 2014-yil aprel oyida Ukraina va Turkiya prezidentlari oʻrtasidagi sammit vaqtida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Bunda ular ham qurilish maydonchasini ochilishida ishtirok etishlari kerak edi. Loyiha Rossiya anneksiyasi tufayli keyinga qoldirildi.

Qurilish ishlari 2015-yil sentabrida qayta boshlanib, yakuniy muddat bir necha marta 2020-yil boshidan 2021-yilga koʻchirildi 2015-yil sentabrida qisman tan olingan Qrim bosh muftiysi Emirali Ablayev qurilish loyihasi Turkiya hukumati tomonidan moliyalashtirilishi va turk qurilish kompaniyasi tomonidan qurilishi haqida eʼlon qildi. Biroq, mahalliy va Rossiya homiylarining shaxsiy xayr-ehsonlari ham toʻplandi.

Manbalar

Turkum:Masjidlar Turkum:Qrim