Kastamonu — Turkiya Respublikasining Kastamonu viloyatining markazi hisoblanadi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahr aholisi 102,059 kishi boʻlib, shundan 64,606 nafari shahar markazida istiqomat qiladi . (2010-yilda shahar markazi aholisi — 91,012 kishi boʻlganStatistical Institute.) Shahar 1,834 km2-maydonni egallaydi va 904 m balandlikda joylashgan.

Tarix thumb|left|200px|Hukumatning tarixiy idorasi thumb|middle|200px|Kastamonu qadimgi Usmonli uyi thumb|middle|200px|Kastamonu Respublika yodgorligi Shaharga miloddan avvalgi XVIII asrda asos solingan deb taxmin qilinadi. Shahar Rim imperiyasi davrida Timonion (yunonchada: Τιμόνιον) nomi bilan atalgan.

Shahar nomining oʻzgarishi X asrga toʻgʻri keladi. Vizantiya imperatori Isaak I Komnenosning otasi boʻlgan mashhur sarkarda Manuel Erotikos Komnenosga imperator Vasiliy II Kastamonu atrofidagi yerlarni bergan. Keyin Manuel Erotikos Komnenos u yerda Kastra Komnenon (Κάστρα Κομνηνῶν) nomli qalʼa qurdirdi. Kastra Komnenon nomi Kastamone deb qisqartirilgan, keyin esa Kastamoni va Kastamonu nomi bilan turkiylashganRunciman, pp. 54-55.

Ibn Battuta shaharga tashrif buyurib, uni „eng katta va eng yaxshi shaharlardan biri, bu yerda tovarlar koʻp va narxlar past“ deb yozib qoldirgan. U bu yerda qirq kun yashagan.

Shaharning mashhur soʻfiy avliyosi Shayx Shabon Veliy boʻlgan.

Shahar oʻrta asrlarda Candaroğulları bekligi va Çobanoğulları bekligining poytaxti vazifasini bajargan. Iqtisodiy tarixi XX asr boshlarida Kastamonu atrofida nikel qazib olingan.

Taʼlim Kastamonuda 2006-yilda oldin Anqara universiteti va Gazi universiteti qoshida boʻlgan mavjud kollejlar, maktablar va institutlarni oʻz ichiga olgan Kastamonu universiteti tashkil etilgan. Kastamonudagi taniqli oʻrta maktabl: Abdurrahmon Pasa Lisesi boʻlib, shuningdek, Kastamonu Lisesi sifatida ham tanilgan. Ushbu ltsey Usmonlilar imperiyasining oxirida Onadoʻlida tashkil etilgan birinchi zamonaviy oʻrta maktab hisoblanadi. Kastamonu Mustafo Kaya Lisesi Istanbul, Anqara va Izmirdan soʻngra Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli oʻrta maktablardan biri sanaladi. Aholisi Yil Umumiy Shahar markazi Shahar atrofi 1965 67.093 23.485 43.608 1970 79.279 29.338 49.941 1975 80.099 29.993 50.106 1980 88.321 35.464 52.857 1985 98.109 46.986 51.123 1990 94.279 51.560 42.719 2000 102.059 64.606 37.453 2007 115.332 80.582 34.750 2008 115.871 80.946 34.925 2009 119.867 86.085 33.782 2010 123.972 91.012 32.960 2011 125.787 93.347 32.440 2012 128.537 96.217 32.320 2013 132.710 98.456 34.254 2014 137.391 103.724 33.667 2015 140.944 110.908 30.036 2016 146.103 114.131 31.972 2017 145.754 116.737 29.017 2018 148.931 118.282 30.649 2019 152.553 124.454 28.099 2020 151.500 124.018 27.482 Izoh: 1987-yilda İhsangazi shaharchasining ajralib chqishi ortidan, shahar aholisi kamaygan<noinclude>

Iqlim Kastamonu qishi sovuq va yozi iliq boʻlgan nam kontinental iqlimga ega. Yogʻingarchilik yil davomida bir tekis taqsimlanib, bahor oylarida sezilarli oʻsish kuzatiladi.

Transport thumb|middle|200px|Kastamonu aeroporti Kastamonu asosiy avtovokzali Turkiyaning koʻpgina yirik shaharlariga avtobus qatnoviga ega. Kastamonu aeroporti faol xizmat koʻrsatadi. Kastamonu, shuningdek, Gʻarbiy Qora dengiz mintaqasi uchun asosiy temir yoʻl punkti hisoblanadi. Taniqli mahalliy insonlar Latifî (1491-1582), Usmonli yozuvchisi Iovan Tsaous (Yiannis Eitziridis) (1893-1942), yunon musiqachi va kompozitor Oğuz Atay (1934-1977), romannavis Rıfat Ilgaz (1911-1993), romannavis Halit Akmansü (1883-1923), Usmonli va Turkiya qoʻshinlarida harbiy ofitser Galireya

Manbalar

Turkum:Kastamonu tarixi